96
2.
OILA DAVLAT HIMOYASIDA
Oila muhofazasi davlatda
turli qonunlarni qabul qilish,
shuningdek,
jamo at jamg‘armalari va tashkilotlari tomonidan ma’naviy
va moddiy
qo‘llab-quvvatlash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Binobarin,
mustaqillik
yillarida respublikada «Bolalar jamg‘armasi», «Mahalla», «Ekosan», mil-
liy «Qizil Yarim oy jamiyati» singari ko‘p bolali va kam ta’minlangan
oilalarga,
bolalarga, yolg‘iz qariyalarga va
hokazolarga imkoni boricha
madad berayotgan jamoat jamg‘armalari tashkil qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan 1993-yil
7-mayda mamlakatda birinchi orden – «
Sog‘lom avlod uchun» ordeni
ta’sis etildi.
Onalik va bolalikni muhofaza qilishda, sog‘lom avlod kamol topishi
uchun moddiy shart-sharoitlar va ma’naviy muhitni ta’minlashda alohida
xizmat ko‘rsatgan shaxslar «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan taqdirla-
nadilar.
3.
NIKOH TUZISH SHARTLARI
Nikoh tuzish uchun kuyov va kelinning ixtiyoriy roziligi zarur, shu-
ningdek, ular muayyan yoshga to‘lgan bo‘lishi shart (qizlar va yigit lar –
18 yoshdan).
Ixtiyoriy rozilik nikoh tuzish masalasi
hal etilayotganda uchinchi
shaxs larning tazyiqi bo‘lmasligi kerakligini anglatadi. Uchinchi shaxslar,
shu jumladan, ota-onalar tomonidan nikohlanishga to‘sqinlik jinoiy jazo-
lanadigan harakatga aylanishi mumkin. Qarindosh-urug‘lar
maslahatlar
berishlari, nikoh to‘yiga tayyorlanishga yordam ko‘rsatishlari, moddiy va
ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlashlari mumkin.
http://eduportal.uz