26
1.
«Mamlakatimizning qat’iy pozitsiyasi ilgarigidek o‘zgarmaydi,
har qanday harbiy-siyosiy bloklarga qo‘shilmaslik, О‘zbekiston hu-
dudida boshqa davlatlar harbiy bazalari va obyektlarini joylashtirish-
ga, shuningdek, mamlakatimizdan tashqarida harbiy xizmatchilarimiz
bo‘lib turishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘lib qolmoqda».
2.
«Yaqin qo‘shnilarimiz bo‘lmish Turkmaniston, Qozog‘iston,
Qirg‘iziston, Tojikiston bilan munosabatlarda ochiqlik, xayrixohlik va
pragmatik siyosat yuritishga sodiq bo‘lib qolaveramiz».
3.
«MDH mamlakatlari bilan munosabatlarni
rivojlantirishga,
Strategik hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma, Ittifoqchilik to‘g‘risidagi
shartnoma va boshqa muhim bitimlar asosida Rossiya Federatsiyasi
bilan do‘stona aloqalarni har tomonlama mustahkamlashga alohida
o‘rin ajratiladi. Bu hujjatlar har ikki mamlakat
manfaatlariga javob
beradi hamda mintaqada barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlashga
xizmat qiladi».
4.
«Vaziyatni izdan chiqarishni xohlovchi, adovat, dushmanlik,
mojaro urug‘ini sochuvchi, hatto qon to‘kishni istovchi kuchlar mav-
judligi sir emas. Notinch zamonda va
notinch mintaqada yashab ke-
layotganimizni to‘g‘ridan to‘g‘ri va ochiqdan ochiq tan olishimiz ke-
rak».
http://eduportal.uz
27
5.
«Vatanimiz ishonchli himoyasini, uning mudofaa layoqatini
mustahkamlashni, davlat chegaralari daxlsizligini ta’minlovchi va ka-
folatlovchi chora-tadbirlar majmuasini ro‘yobga chiqarishni davom et-
tirish zarur. Ichki va tashqi kuchlarning mamlakatimiz suvereniteti va
mustaqilligiga har qanday tajovuzi qattiqqo‘llik bilan bartaraf etiladi».
Тashqi siyosat
– o‘z chegaralaridan
tashqarida xalqaro hayotda
ishti rok etgan holda davlatning boshqa davlatlar, хalqaro tashkilotlar
bilan
munosabatlarini, davlatning хalqaro munosabatlardagi umumiy
siyo satini amalga oshirishidan iborat faoliyati.
Xalqaro huquq
– xalqaro muloqot jarayonida davlatlararo va
xalqaro tashkilotlar bilan munosabatlarni tartibga solib turuvchi yuri-
dik qoidalar majmuyi.