28
Butun insoniyat tarixida sayyoramizda 15
mingdan ortiq urushlar
bo‘lib o‘tgan. Ularda 3,5 mlrd atrofida odam halok bo‘lgan. Shuning
uchun ham kishilar hamma vaqt vujudga
kelgan muammolarni tinchlik
yo‘li bilan hal etish haqida bosh qotirganlar.
Ikkinchi jahon urushi (1939–1945-yillar) tugaganidan keyin tinchlikni
va xavfsizlikni qo‘llab-quvvatlash va saqlash maqsadida 1945-yil 24-ok-
tabrda San-Fransisko (AQSH) shahrida 51 ta mamlakat vakillari Tinchlik
konstitutsiyasi deb hisoblashga haqli bo‘lgan Birlashgan Millatlar
Tashkiloti (BMT) Nizomini imzolagan edi.
Hozirgi vaqtda 193 ta davlat, shu jumladan, O‘zbekiston ham BMT
a’zosidir. O‘zbekiston 1992-yil 2-martda BMTning to‘la huquqli a’zosi
bo‘lgan.
Barcha davlatlar – BMT ishtirokchilari o‘z faoliyatlarida quyida-
gi prinsiplarga rioya qilish majburiyatini oladilar:
–
xalqaro norma va shartnomalarga amal qilish;
–
kelishmovchiliklarni tinch yo‘l bilan tartibga solish;
–
kuch bilan xavf solish yoki uni qo‘llashdan tiyilish;
–
ichki ishlarga va hamkorlik ishlariga aralashmaslik.
Mustaqillik e’lon qilingan dastlabki kunlardanoq O‘zbekiston Res-
publikasi dunyo hamjamiyatiga kirish yo‘lini tanladi:
Jumladan, 1993-yil 26-fevralda mamlakatimiz YXHT (Yevropa xavf-
sizlik va hamkorlik bo‘yicha Xalqaro tashkilot)ga;
– 1993-yil 29-oktabrda – Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta’lim,
fan va
madaniyatga ixtisoslashgan
muassasasi – YUNESKOga;
–
1995-yil 22-dekabrda BMTning
YUNISEF Xalqaro Favqulodda Bo-
lalar fondiga;
–
2001-yil 15-iyunda SHHT (Shanxay
hamkorlik tashkiloti)ga
va boshqa
tashkilotlarga qabul qilindi.
O‘zbekiston MDH mamlakatla-
ri,
Yevropa Ittifoqi, Xalqaro valu-
ta jamg‘armasi,
Butunjahon banki,
Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB) va
http://eduportal.uz
29
Islom Hamkorlik Tashkiloti (IHT) va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan
faol hamkorlik olib bormoqda.
Hozirda dunyoning 146 dan ortiq mamlakati O‘zbekistonni mustaqil
davlat sifatida tan olgan. Shunday qilib, davlatimiz dunyo hamjamiyatida
xalqaro huquq subyekti sifatida o‘zining munosib o‘rnini egalladi.