8
Huquqiy tartibot
–
jamiyatdagi munosabatlarning ma’lum
bir ho-
lati bo‘lib, unga mamlakatning Asosiy qonuni – Konstitutsiya va bosh-
qa huquqiy me’yorlariga majburiy ravishda hamma rioya qilishi,
shaxs
huquq va erkinliklari ta’minlanishi natijasida erishiladi
.
Konstitutsiyaviy huquq
milliy huquq tizimida huquqning yetakchi
tarmog‘idir, chunki eng oliy yuridik kuchga ega bo‘lgan Konstitutsiya
uning asosiy manbayi bo‘lib xizmat qiladi
.
O‘zbekiston
Respublikasi
asosiy huquq
tarmoqlari
Ma’muriy huquq
Fuqarolik
huquqi
Mehnat huquqi
Oila huquqi
Yer huquqi
Ekologik huquq
Moliyaviy huquq
Jinoyat huquqi
Konstitutsiyaviy
huquq
Yodda tuting!
Konstitutsiya butun huquqiy tizimning asosi bo‘lib
xizmat qila-
di, negaki huquqning rivojlanishi Konstitutsiyadan boshlanadi, aynan
uning o‘zi boshqa barcha qonunlar va normativ-huquqiy hujjatlarga
hayot baxsh etadi. Konstitutsiyaning oliy yuridik kuchi ham mana
shunda namoyon bo‘ladi. Qolgan barcha huquqiy hujjatlar Asosiy qo-
nun – Konstitutsiyadan kelib chiqadi va unga muvofiq bo‘lishi kerak
.
Huquq tizimini piramida ko‘rinishida tasavvur qilib ko‘ring.
Konstitutsiya ana shu piramida cho‘qqisida turadi, desak, uning cho‘qqi-
sidan eng quyi qismigacha bo‘lgan yonbag‘irlarida
boshqa barcha nor-
mativ hujjatlar – qonunlar, kodekslar, qarorlar, farmonlar, tarmoqqa oid
normativlar va hokazolar joy olganligini yaqqol ko‘rasiz.
Konstitutsiyaviy huquq normalari qolgan barcha yuridik normalar,
huquqning har bir tarmog‘i, har qaysi qonun va qonunosti hujjatining
poydevori sanaladi. Shuning uchun ham konstitutsiyaviy
huquq har bir
mamlakat milliy huquq tizimida yetakchi mavqega ega
.
http://eduportal.uz