7
Konstitutsiya bilan konstitutsiyaviy huquq o‘rtasidagi farq shunda-
ki, Konstitutsiya konstitutsiyaviy huquq tarmog‘i, o‘quv
fani sifatida
konstitutsiyani o‘rganish predmetining asosiy negizi hisoblanadi, ya’ni
konstitutsiyaviy huquq – huquq tarmog‘i, Konstitutsiya esa ana shu
tarmoq manbayi
.
Quyidagi vaziyatni tasavvur qiling.
Mamlakatda huquq-tartibot, qonunlar va
huquq normalari bеkor qilingan. Оdamlar qonunga rioya etmay qo‘ygan, boshqa
fuqarolar huquqlarini hurmat qilmay qo‘yishdi, jinoyatga jazo tayinlash va jazodan
ozod qilish huquqini o‘z iхtiyorlariga olganlar
.
Nima deb o‘ylaysiz, bunday vaziyatda davlatda qanday hodisalar ro‘y beradi?
Qonunlar mavjud emasligidan kim ko‘p jabr ko‘radi?
Mamlakatdagi huquq tartiboti qanday shart-sharoitga bog‘liq dеb o‘ylaysiz
?