|
Mudofaa va milliy xavfsizlik / Favqulodda vaziyatlar. Ommaviy tartibsizliklar]
|
bet | 1/9 | Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 36,72 Kb. | | #156703 |
Bog'liq AHOLINI FAVQULODDA VAZIYATLARDA
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.11.00 Favquloddagi holatlar va jamiyat xavfsizligining boshqa masalalari]
[TSZ:
1.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Favqulodda vaziyatlar. Ommaviy tartibsizliklar]
Aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida” 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash tartibini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Aholining barcha qatlamlarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Quyidagilar aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlashning asosiy vazifalari etib belgilansin:
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari, ishchi va xizmatchilarining favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish hamda fuqaro muhofazasi bo‘yicha bilimlarini izchil oshirib borish va ko‘nikmalarini hosil qilish;
qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari, shuningdek, fuqaro muhofazasi tuzilmalarini favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga tayyorlash;
Oldingi tahrirga qarang.
aholini, shu jumladan, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida band bo‘lmaganlarni, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari, umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim muassasalari talabalarini favqulodda vaziyatlarda muhofazalanish, jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish, jamoaviy va shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish qoidalari va usullariga o‘rgatish.
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
3. Belgilansinki:
aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash idoraviy mansubligi va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar barcha tashkilotlarda ish vaqtida hamda yashash joylarida o‘tkaziladi;
aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash tadbirlariga metodik rahbarlik qilish, ularni muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi va Maktabgacha ta’lim vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishgan holda hayotiy faoliyat xavfsizligi va fuqaro muhofazasi yo‘nalishlaridagi o‘quv dasturlarini zamonaviy talablar asosida takomillashtirsinlar va 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab ta’lim jarayoniga joriy etilishini ta’minlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan birgalikda 2023-yil 1-yanvarga qadar harbiy-ma’muriy sektorlarni rivojlantirish jamg‘armasining mahalliy darajadagi mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga favqulodda vaziyatlar boshqarmalari hayotiy faoliyat xavfsizligi o‘quv markazlarida zamonaviy ko‘rgazmali materiallar, interaktiv o‘qitish vositalari bilan jihozlangan favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash majmualarini tashkil etsinlar.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
6. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri vazifasini bajaruvchi T.A. Xudaybergenov zimmasiga yuklansin.
|
| |