|
-bob. Aholining favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yong‘inlar profilaktikasi bo‘yicha tayyorgarligini oshirish hamda faol ishtirokini ta’minlash
|
bet | 5/9 | Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 36,72 Kb. | | #156703 |
Bog'liq AHOLINI FAVQULODDA VAZIYATLARDA4-bob. Aholining favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yong‘inlar profilaktikasi bo‘yicha tayyorgarligini oshirish hamda faol ishtirokini ta’minlash
9. Har haftaning chorshanba kunlari tashkilotlarda va mahallalarda aholining favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yong‘inlar profilaktikasi bo‘yicha tayyorgarligini oshirish hamda faol ishtirokini ta’minlash tadbirlari o‘tkaziladi.
FVDT tarkibidagi vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlari tomonidan ushbu kun davomida quyidagi asosiy tadbirlar keng qamrovda amalga oshiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida band bo‘lgan aholi, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari, umumiy o‘rta ta’lim maktablari va o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari hamda oliy ta’lim muassasalari talabalari bilan seminarlar va mavzuli o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi, ularga targ‘ibot-tashviqot materiallari tarqatiladi va zarur tadbirlar yuzasidan tavsiyalar beriladi;
(9-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida band bo‘lmagan aholi bilan suhbatlar o‘tkaziladi, ma’ruzalar o‘qiladi, ularga eslatmalar, bukletlar va lifletlar tarqatiladi, shuningdek, favqulodda vaziyatlar, shu jumladan, yong‘inlarga olib keladigan omillarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish, ular sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakat qilish usullari o‘rgatiladi;
aholi ko‘p to‘planadigan joylarda va jamoat transportida favqulodda vaziyatlar, shu jumladan, yong‘inlarning oldini olishga qaratilgan plakatlar, shuningdek, ulardagi mavjud tablolar va monitorlarga, Internet saytlariga ijtimoiy roliklar joylashtiriladi;
ommaviy axborot vositalari orqali axborot-tahliliy va mavzuli teleko‘rsatuvlar efirga uzatiladi, sohaga oid dolzarb masalalar bo‘yicha davra suhbatlari o‘tkaziladi, radioeshittirishlar uzatiladi va maqolalar chop etiladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
-bob. Aholining favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yong‘inlar profilaktikasi bo‘yicha tayyorgarligini oshirish hamda faol ishtirokini ta’minlash
|