|
-bob. Aholini tayyorlash shakllari va davriyligi
|
bet | 4/9 | Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 36,72 Kb. | | #156703 |
Bog'liq AHOLINI FAVQULODDA VAZIYATLARDA3-bob. Aholini tayyorlash shakllari va davriyligi
8. Aholini tayyorlash, ularning nazariy bilimlarini va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash, FVDT kuch va vositalarining hamkorlikda harakat qilishini takomillashtirish, shuningdek, tayyorgarlik darajasini baholash quyidagi shakllardagi tadbirlarni o‘tkazish orqali amalga oshiriladi:
Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida — 5 yilda bir marta uch kecha-kunduzgacha;
tumanlar va shaharlarda — 3 yilda bir marta uch kecha-kunduzgacha;
davlat boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlarda — 1 yilda bir marta bir kecha-kunduzgacha;
qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarini o‘tkazishda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga (keyingi o‘rinlarda Favqulodda vaziyatlar vazirligi deb ataladi) to‘g‘ridan to‘g‘ri hamda tezkor bo‘ysunadigan kuch va vositalar jalb etilishi mumkin;
Maxsus-taktik o‘quv mashqlari:
tashkilotlarda — 3 yilda bir marta olti soatgacha;
o‘ta muhim va toifalangan obyektlarda — 1 yilda bir marta olti soatgacha.
Kompleks o‘quv mashqlari:
xodimlar soni 200 dan ortiq bo‘lgan tashkilotlarda hamda 400 dan ortiq o‘ringa ega bo‘lgan davolash-profilaktika muassasalarida — 2 yilda bir marta bir kecha-kunduzgacha;
qolgan tashkilotlarda — 2 yilda bir marta olti soatgacha.
O‘ta muhim va toifalangan obyektlarda o‘tkaziladigan o‘quv mashqlariga ushbu obyektlarning xavfi doirasiga tushuvchi hududda yashayotgan aholi jalb etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
“Yosh qutqaruvchi” musobaqalari umumiy o‘rta, o‘rta-maxsus va professional ta’lim muassasalarida 1 yilda bir marta o‘tkaziladi.
(8-bandning o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
O‘quv mashqlari, mashg‘ulotlar va musobaqalar, shuningdek, boshqa amaliy tadbirlarga jalb qilinayotgan tashkilotlar rahbarlari, mutaxassislari, qutqaruv tuzilmalari shaxsiy tarkibi va aholi xavfsizlik qoidalari bilan tanishtirilishi zarur.
|
| |