|
-bob. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining aholini tayyorlash sohasidagi ishtiroki
|
bet | 7/9 | Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 36,72 Kb. | | #156703 |
Bog'liq AHOLINI FAVQULODDA VAZIYATLARDA7-bob. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining aholini tayyorlash sohasidagi ishtiroki
13. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari aholini tayyorlash sohasida:
ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida band bo‘lmagan aholi, shu jumladan, jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar bilan suhbatlar, ma’ruzalar va uchrashuvlarni tashkil etadi va o‘tkazadi;
FVDT xizmatlari tomonidan tayyorlangan eslatmalar, metodik qo‘llanmalar va boshqa targ‘ibot materiallarini tarqatadi;
o‘quv mashqlari va mashg‘ulotlarga mahalliy aholini jalb qiladi.
8-bob. Fuqarolarning aholini tayyorlash sohasida huquq va majburiyatlari
14. Fuqarolar aholini tayyorlash sohasida quyidagi huquqlarga ega:
jamoaviy va shaxsiy himoya vositalaridan, tashkilotlarning favqulodda vaziyatlarda aholini muhofaza qilish uchun mo‘ljallangan boshqa mol-mulkidan foydalanishni o‘rganish;
fuqaro muhofazasi tadbirlarini bajarishda ishtirok etish va tegishli tayyorgarlikdan o‘tish;
aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek, fuqaro muhofazasi sohasida bilim olish hamda o‘quv mashqlarida ishtirok etish;
o‘quv mashqlari va mashg‘ulotlar davomida o‘zlari duch kelishi mumkin bo‘lgan xavf to‘g‘risida xabardor qilinish hamda texnika, yong‘in va yo‘l harakati xavfsizligi qoidalari bo‘yicha yo‘riqnomalar olish;
o‘quv mashqlari va mashg‘ulotlarda ishtiroki jarayonida sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni qonunchilikda belgilangan tartibda qoplatish.
15. Fuqarolar aholini tayyorlash sohasida:
muhofazalanishning asosiy usullarini bilish, favqulodda vaziyatlar oqibatida jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsata olish hamda o‘z bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirib borishga;
favqulodda vaziyatlar xavfi tug‘ilganda va sodir bo‘lganda ogohlantirish signallarini, harakat qilish tartibini, jamoaviy va shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish qoidalarini bilishga majbur.
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqarolar aholini tayyorlash sohasida qonunchilikda belgilangan boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(15-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
|
| |