• Aholi toifasi Tayyorgarlikdan o‘tadigan guruhlar
  • Davriyligi Tayyorlash joyi va shakli
  • O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim qarorlari
  • Aholining barcha qatlamlarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash tartibi




    Download 36,72 Kb.
    bet9/9
    Sana14.02.2024
    Hajmi36,72 Kb.
    #156703
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    AHOLINI FAVQULODDA VAZIYATLARDA

    Aholining barcha qatlamlarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash tartibi
    SXEMASI
    Oldingi tahrirga qarang.

    Aholi toifasi




    Tayyorgarlikdan o‘tadigan guruhlar




    Davriyligi




    Tayyorlash joyi va shakli






















    Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida band bo‘lgan aholi, shu jumladan, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari, xodimlari, ishchi va xizmatchilari hamda harbiy xizmatchilar




    Davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari




    FVDTning aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha yillik asosiy tadbirlar rejasiga muvofiq




    O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi boshlig‘i tomonidan o‘tkaziladigan yig‘inlar va o‘quv mashqlarida































    Respublika va viloyat miqyosidagi tashkilotlarning rahbarlari va mas’ul mutaxassislari, shuningdek, tumanlar va shaharlar hokimlari hamda ularning o‘rinbosarlari




    3 yilda bir marta, jamlash rejasiga muvofiq




    O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi
    akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi institutining malaka oshirish va qayta tayyorlash o‘quv kurslarida































    Tumanlar va sh?harlar miqyosidagi tashkilotlarning rahbarlari va mas’ul mutaxassislari, qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari, shuningdek, fuqaro muhofazasi tuzilmalari boshliqlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining rahbarlari




    3 yilda bir marta, jamlash rejasiga muvofiq




    Hududiy favqulodda vaziyatlar boshqarmalari Hayot faoliyati xavfsizligi o‘quv markazlarining malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarida































    Tashkilotlarning xodimlari, ishchi va xizmatchilari hamda harbiy xizmatchilar




    Doimiy ravishda, tayyorlash dasturlariga muvofiq




    Xizmat va ishdan ajralmagan holda, xizmat va ish joylarida tashkil etiladigan o‘quv mashg‘ulotlarida































    Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari, umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari va oliy ta’lim muassasalarining talabalari




    Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari




    Doimiy ravishda maktabgacha ta’limning davlat talablari va o‘quv dasturlariga muvofiq




    Ta’lim-tarbiya jarayonida muammoli-vaziyatli o‘yinlar va mashg‘ulotlarda































    Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari




    O‘quv yili davomida, umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlariga muvofiq




    O‘qish jarayonida darslarda, sport o‘yinlari va musobaqalarida, shuningdek, maktabdan tashqari ta’lim muassasalari va hududiy markazlarning favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash majmualaridagi mashg‘ulotlarda































    O‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari va oliy ta’lim muassasalari talabalari




    O‘quv yili davomida, o‘rta maxsus, professional ta’lim va oliy ta’limning davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlariga muvofiq




    O‘qish jarayonida darslarda, sport o‘yinlari va musobaqalarida, shuningdek, hududiy markazlarning Favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash majmualaridagi mashg‘ulotlarda































    Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida band bo‘lmagan aholi, shu jumladan, jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar hamda O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan turistlar




    Ishlab chiq�rish va xizmat ko‘rsatish sohalarida band bo‘lmagan aholi, shu jumladan, jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar




    O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadigan yillik asosiy tadbirlar rejasi asosida




    Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida tashkil etilgan o‘quv-maslahat punktlarida suhbatlar o‘tkazish, ma’ruzalar o‘qish, o‘quv filmlarini namoyish etish, o‘quv mashqlari va mashg‘ulotlarga jalb etish, shuningdek, qo‘llanmalar va eslatmalarni tarqatish, radio va teledasturlarni efirga uzatish hamda jahon Internet tarmog‘ida sohaga oid ma’lumotlarni joylashtirish orqali































    O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan turistlar




    Tashrif davomida har bir guruh bilan alohida




    Ularga xizmat ko‘rsatuvchi jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha suhbatlar o‘tkazish, yo‘riqnoma, buklet va eslatmalarni tarqatish orqali










    (ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
    Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-sentabrdagi 754-son qaroriga
    2-ILOVA
    O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim qarorlari
    RUYXATI
    1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi aholisini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga tayyorlash tartibi to‘g‘risida” 1998-yil 7-oktabrdagi 427-son qarori.
    2. Vazirlar Mahkamasining “Aholining favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorgarligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 21-avgustdagi 650-son qaroriga 3-ilovaning 1-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QXT, 2017-y., 34-son, 892-modda).
    3. Vazirlar Mahkamasining “Yong‘inlar profilaktikasi kunlarini o‘tkazish va yong‘in xavfsizligi choralarini kuchaytirish to‘g‘risida” 2017-yil 2-sentabrdagi 688-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QXT, 2017-y., 36-son, 954-modda).
    4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2019-yil 3-iyundagi 457-son qaroriga 1-ilovaning 28-bandi.


    (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.09.2019-y., 09/19/754/3727-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son; 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
    Download 36,72 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 36,72 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Aholining barcha qatlamlarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash tartibi

    Download 36,72 Kb.