O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV




Download 36,72 Kb.
bet2/9
Sana14.02.2024
Hajmi36,72 Kb.
#156703
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
AHOLINI FAVQULODDA VAZIYATLARDA

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 9-sentabr,
754-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-sentabrdagi 754-son qaroriga
1-ILOVA
Aholining barcha qatlamlarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom aholining barcha qatlamlarini tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlarda (keyingi o‘rinlarda favqulodda vaziyatlar deb ataladi) harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
kompleks o‘quv mashqlari — obyektlar rahbarlarini, qutqaruv tuzilmalari va fuqaro muhofazasi tuzilmalari a’zolarini, ular tarkibiga kirmagan ishchi va xizmatchilarini, ishlab chiqarish faoliyatini to‘xtatmagan holda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish hamda fuqaro muhofazasi bo‘yicha kompleks tadbirlarni bajarishga tayyorlashning asosiy shakli;
qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari — O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimining (keyingi o‘rinlarda FVDT deb ataladi) barcha darajalardagi rahbarlarini va boshqaruv organlarini favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ular sodir bo‘lganda bartaraf etish ishlariga rahbarlik qilishga hamda fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlashning oliy shakli;
maxsus-taktik o‘quv mashqlari — qutqaruv tuzilmalari va fuqaro muhofazasi tuzilmalarini qutqaruv ishlari va kechiktirib bo‘lmaydigan boshqa ishlarni bajarishga hamda fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlashning asosiy va samarali shakli;
obyekt o‘quv mashg‘ulotlari — obyektlar rahbarlari, qutqaruv tuzilmalari va fuqaro muhofazasi tuzilmalari, shuningdek, tuzilmalar tarkibiga kirmagan ishchi va xizmatchilarga favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish hamda fuqaro muhofazasi bo‘yicha nazariy tayyorlashning asosiy shakli.
3. Quyidagilar aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlashning asosiy vazifalari hisoblanadi:
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari, ishchi va xizmatchilarining favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish hamda fuqaro muhofazasi bo‘yicha bilimlarini izchil oshirib borish va ko‘nikmalarini hosil qilish;
qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari, shuningdek, fuqaro muhofazasi tuzilmalarini favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga tayyorlash;
Oldingi tahrirga qarang.
aholini, shu jumladan, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida band bo‘lmaganlarni, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari, umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim muassasalari talabalarini favqulodda vaziyatlarda muhofazalanish, jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish, jamoaviy va shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish qoidalari va usullariga o‘rgatish.
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
4. Barcha aholi qatlamlari quyidagi toifalarga bo‘lingan holda favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorgarlikdan o‘tkaziladi:
ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida band bo‘lgan aholi, shu jumladan, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari, xodimlari, ishchi va xizmatchilari hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilari (keyingi o‘rinlarda harbiy xizmatchilar deb ataladi);
Oldingi tahrirga qarang.
maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari, umumiy o‘rta ta’lim maktablari va o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari hamda oliy ta’lim muassasalari talabalari;
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida band bo‘lmagan aholi, shu jumladan, jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar hamda O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan turistlar.
5. Aholining barcha toifalarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash (keyingi o‘rinlarda aholini tayyorlash deb ataladi) ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.

Download 36,72 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 36,72 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV

Download 36,72 Kb.