|
-bob. Aholini tayyorlash tadbirlarini moliyalashtirish
|
bet | 8/9 | Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 36,72 Kb. | | #156703 |
Bog'liq AHOLINI FAVQULODDA VAZIYATLARDA9-bob. Aholini tayyorlash tadbirlarini moliyalashtirish
Oldingi tahrirga qarang.
16. Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari, boshqa davlat tashkilotlarining rahbarlari, mas’ul mutaxassislari, qutqaruv xizmatlari, qutqaruv va fuqaro muhofazasi tuzilmalari, ular tarkibiga kirmagan xodim va xizmatchilarni hamda harbiy xizmatchilarni tayyorlash, shuningdek, ular tomonidan o‘tkaziladigan o‘quv mashqlari va mashg‘ulotlarni moliyalashtirish, ushbu tashkilotlarning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
17. Nodavlat tashkilotlar rahbarlari, mas’ul mutaxassislari, qutqaruv tuzilmalari va fuqaro muhofazasi tuzilmalari, ular tarkibiga kirmagan ishchi va xizmatchilarni tayyorlashni moliyalashtirish ularning o‘z mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida band bo‘lmagan aholi, shu jumladan, jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarni tayyorlashni moliyalashtirish mahalliy budjetlar hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
19. Fuqaro muhofazasi instituti, Markaz hamda hududiy markazlarda shartnoma asosida aholini tayyorlash narxlari (preyskuranti) Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlanadi.
10-bob. Yakunlovchi qoida
Oldingi tahrirga qarang.
20. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Aholining barcha qatlamlarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
|
| |