• 2-topshiriq.
  • N I Z O M – U S T A V
  • G. S. Keldiyorova, N. A. Ablayeva




    Download 444 Kb.
    bet6/33
    Sana18.05.2022
    Hajmi444 Kb.
    #21294
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
    Bog'liq
    ish yoritish 64 toshKTI
    18-mavzu, Bir she\'r tarixi, chekhroza maths, 6VScYR4fIoAfOynyxLWPCR3orbaFZZnYc1wmB3wO, 4-mavzu krossvord Rashidova M, 1697284019, SKANAVI YANGISI
    Topshiriqlar:
    1-topshiriq. Quyidagi so‘z va birikmalar yordamida gaplar tuzing, tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘yishga harakat qiling.
    Qabul qilib olingan narsalar, ilova, bir tomondan, e’tiborga olib, o‘quv yurtini tugatgach, ko‘chib kelganligi sababli, so‘zga chiqdilar, a’zolari, quyidagilar aniqlandi, shu haqdakim, tomonlarning huquqiy manzillari, o‘quv yurti talabasining majburiyatlari, va boshqa buyumlar bilan ta’minlash, quyidagilar haqida tuzildi, da’vogar, javobgar


    2-topshiriq. Ish yuritishda ilgari qo‘llangan quyidagi so‘zlarning hozirgi tilimizdan ma’nodoshlarini toping va ular ishtirokida gaplar tuzing:
    munshaot, yorliq, patta, noma, chopar, munshiy, farmoni oliy, mirzaboshi, devonbegi.
    3-mavzu.
    T A S H K I L I Y H U J J A T L A R
    Tashkiliy hujjatlar, mazmunan tashkilot, muassasa va korxonalarning huquqiy maqomi, tarkibiy tarmoqlari va xodimlari, boshqaruv jarayonida jamoa ishtirokining qayd qilinishi, boshqa tashkilotlar bilan aloqalarning huquqiy tomonlari kabi masalalarni aks ettiradi. Guvohnoma, yo‘riqnoma, nizom qoida, ustav, shartnomalar ana shunday hujjatlar sirasiga kiradi.
    N I Z O M – U S T A V
    Tashkilot yoki uning tarkibiy bo‘linmalari, kichik yoki qo‘shma korxona va shu kabilar tuzilishi, huquqi, vazifalari, burchlari, ishni tashkil qilishlari tartibotini bеlgilaydigan huquqiy hujjat nizom deyiladi. Nizom ayrim mansabdor shaxslarga va turli tadbirlar (ko‘rik, musobaqa, tanlov va boshqalar)ga nisbatan ham tuzilishi mumkin.
    Ko‘pincha nizom muassasalar ta’sis etilishi yoki tashkil topishi paytida tuziladi va yuqori tashkilotlar farmoyoishi bilan (yoki tеgishli hokimiyat tomonidan) tasdiqlanadi. Muassasalarning tarkibiy qismlari ularning rahbarlari tomonidan tuziladi va muassasa rahbari farmoyishi bilan yoki tasdiqlash ustxatini qo‘yish bilan kuchga kiradi.
    Muvaqqat komissiyalar, guruhlar va shu kabilarning huquqiy maqomlari ham nizom bilan bеlgilanadi.

    Download 444 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




    Download 444 Kb.