Farmoni o‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘G‘risida




Download 383,32 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/15
Sana20.02.2024
Hajmi383,32 Kb.
#159712
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
ОЧИҚ ДАРС-2023 , 3 Кураш лекция (2), 1. Ikki vektorning skalyar ko`paytmasi Ikki vektor orasidagi bur, K.B.X.T.mustaql ta\'lim


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 
FARMONI 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM TIZIMINI 2030-YILGACHA 
RIVOJLANTIRISH KONSEPSIYASINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA 
O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini 
belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan 
yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, oliy ta’limni 
modernizatsiya qilish, ilg‘or ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot 
tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida: 
1. Quyidagilar: 
a) O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi 
(keyingi o‘rinlarda — Konsepsiya) 
1-ilovaga 
muvofiq tasdiqlansin va unda quyidagilar nazarda 
tutilsin: 
oliy ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, hududlarda davlat va nodavlat 
oliy ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish asosida oliy ta’lim bilan qamrov darajasini 50 foizdan 
oshirish, sohada sog‘lom raqobat muhitini yaratish; 
O‘zbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetini mamlakatimiz oliy ta’lim 
muassasalarining flagmaniga aylantirish; 
respublikadagi kamida 10 ta oliy ta’lim muassasasini xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar 
(Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education yoki Academic 
Ranking of World Universities) reytingining birinchi 1 000 ta o‘rindagi oliy ta’lim muassasalari 
ro‘yxatiga, shu jumladan O‘zbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetini birinchi 
500 ta o‘rindagi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga kiritish; 
oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga 
o‘tkazish; 
xalqaro tajribalardan kelib chiqib, oliy ta’limning ilg‘or standartlarini joriy etish, jumladan 
o‘quv dasturlarida nazariy bilim olishga yo‘naltirilgan ta’limdan amaliy ko‘nikmalarni 
shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish; 
oliy ta’lim mazmunini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, ijtimoiy soha va iqtisodiyot 
tarmoqlarining barqaror rivojlanishiga munosib hissa qo‘shadigan, mehnat bozorida o‘z o‘rnini topa 
oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish; 
oliy ta’lim muassasalarining akademik mustaqilligini ta’minlash; 
oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy-tadqiqotlar natijalarini 
tijoratlashtirish faoliyatining uzviy bog‘liqligini nazarda tutuvchi “Universitet 3.0” konsepsiyasini 
bosqichma-bosqich joriy etish
xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish, pullik xizmatlar ko‘lamini kengaytirish va boshqa 
budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga oliy ta’lim muassasalarida texnopark, forsayt, texnologiyalar 
transferi, startap, akselerator markazlarini tashkil etish hamda ularni tegishli tarmoq, soha va 
hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tadqiq qiluvchi va prognozlashtiruvchi ilmiy-amaliy 
muassasalar darajasiga olib chiqish; 
oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, ilmiy izlanuvchilari, doktorantlari, 
bakalavriat va magistratura talabalarining yuqori impakt-faktorga ega nufuzli xalqaro ilmiy 
jurnallarda maqolalar chop etishi, maqolalarga iqtiboslik ko‘rsatkichlari oshishi, shuningdek 
respublika ilmiy jurnallarini xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasiga bosqichma-bosqich 
kiritilishini ta’minlash; 
O‘zbekiston oliy ta’lim tizimini Markaziy Osiyoda xalqaro ta’lim dasturlarini amalga 
oshiruvchi “xab”ga aylantirish; 
oliy ta’limning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, xorijiy ta’lim va ilm-fan 
texnologiyalarini jalb etish


talaba-yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks 
chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan beshta tashabbusni amaliyotga tatbiq etish; 
oliy ta’lim muassasalarining infratuzilmasi va moddiy-texnik bazasini, shu jumladan xalqaro 
moliya institutlarining imtiyozli mablag‘larini keng jalb qilish hisobiga yaxshilash, ularni bosqichma-
bosqich o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkazish va moliyaviy barqarorligini ta’minlash; 
ta’limning ishlab chiqarish korxonalari va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan o‘zaro manfaatli 
hamkorligini yo‘lga qo‘yish; 
aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, shu jumladan imkoniyati cheklangan 
shaxslarning oliy ta’lim bilan qamrov darajasini oshirish, ular uchun infratuzilmaga oid sharoitlarni 
yaxshilash; 
b) O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini 
2019-yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”
 2-ilovaga 
muvofiq tasdiqlansin. 
Konsepsiya tegishli davrga mo‘ljallangan maqsadli parametrlar va asosiy yo‘nalishlardan 
kelib chiqib, har yili alohida tasdiqlanadigan “Yo‘l xaritasi” orqali bosqichma-bosqich amalga 
oshirilishi belgilab qo‘yilsin. 
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Vazirlar 
Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining Oliy va o‘rta maxsus 
ta’lim vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi hamda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari 
rektorlari kengashi negizida nodavlat notijorat tashkilot shaklidagi Respublika oliy ta’lim kengashini 
(keyingi o‘rinlarda — Kengash) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 
3. Kengashning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin: 
professor-o‘qituvchilar, talabalar o‘rtasida so‘rovlar o‘tkazish, jamoatchilik va ish 
beruvchilarning fikrini o‘rganish hamda ilg‘or xorijiy tajribalarni tahlil qilish orqali oliy ta’lim sifatini 
oshirish, o‘quv dasturlarini takomillashtirish va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish 
yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish; 
oliy ta’limni davlat tomonidan boshqarish tizimi samaradorligiga va professor-o‘qituvchilar 
uchun yaratilgan sharoitlar, ular tomonidan ta’lim berishda qo‘llanilayotgan ta’lim-tarbiya 
usullarining ta’sirchanligiga xolisona baho berish; 
ta’lim berishda yuqori sifatni ta’minlash yuzasidan ta’sirchan jamoatchilik nazoratini 
o‘rnatish, bu borada ommaviy axborot vositalari va boshqa fuqarolik jamiyati institutlari bilan 
yaqindan hamkorlik qilish
oliy ta’lim muassasalarida shaffoflik, xolislik va obyektivlikni ta’minlash, korrupsiyaga 
sharoit yaratuvchi omillarni bartaraf etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va 
amalga oshirilishi bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish; 
oliy ta’lim tizimida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish va 
pedagoglarning ilmiy-innovatsion faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha ishlarni mazmunli va maqsadli 
tashkil etish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish; 
xalqaro aloqalar natijadorligini tahlil qilib borish, qo‘shma dasturlar samaradorligini 
baholash, hamkorlikning yangi shakllarini rivojlantirish, chet ellik professor-o‘qituvchilar va 
xorijdagi vatandoshlarni oliy ta’lim tizimiga jalb etish bo‘yicha takliflar tayyorlash; 
oliy ta’lim muassasalari faoliyati samaradorligini baholash va takomillashtirish bo‘yicha 
ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish asosida ularni respublika oliy ta’lim muassasalari sharoitida 
qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish. 
4. Belgilab qo‘yilsinki: 
Kengashning faoliyati natijalari, ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining hay’at majlisida yiliga kamida ikki marta 
Kengash a’zolari bilan birgalikda ko‘rib chiqiladi, natijasi yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinadi; 
Kengash tomonidan tayyorlangan taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta 
maxsus ta’lim vazirligi, tarkibida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar hamda oliy 
ta’lim muassasalari tomonidan majburiy tartibda ko‘rib chiqiladi, ular Kengashga vazifalarini amalga 
oshirishda har tomonlama ko‘mak beradilar, so‘ralgan zarur ma’lumotlarni taqdim etib boradilar; 


Kengash faoliyati natijalari, oliy ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif 
va tavsiyalar yuzasidan har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va 
Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib boradi. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda Kengash faoliyatini 
tashkil etish bo‘yicha Hukumat qarorini qabul qilsin. 

Download 383,32 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Download 383,32 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Farmoni o‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘G‘risida

Download 383,32 Kb.
Pdf ko'rish