Magistratura talabalarining 40,8 foizi gumanitar va pedagogik, 23,3 foizi ishlab chiqarish-
texnik, 13,3 foizi ijtimoiy soha, iqtisod va huquq, 5,9 foizi qishloq va suv xo‘jaligi, 13,5 foizi sog‘liqni
saqlash va ijtimoiy ta’minot, 3,2 foizi xizmat ko‘rsatish bilim sohalariga oid ta’lim yo‘nalishlari
bo‘yicha tahsil olmoqdalar.
2019/2020 o‘quv yili uchun qabul parametrlari 121 mingtani tashkil etdi va o‘tgan yilga
nisbatan 18 foizga, 2016-yilga nisbatan esa 92 foizga oshdi.
Respublikaning 16 ta oliy ta’lim muassasasida 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab xorijiy oliy
ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash faoliyati
yo‘lga qo‘yildi.
O‘zbekiston Milliy universiteti huzurida Nanotexnologiyalarni rivojlantirish markazi,
Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot instituti, Biofizika va biokimyo
instituti, Intellektual dasturiy tizimlar ilmiy-amaliy markazi tashkil etildi.
Bugungi kunda oliy ta’lim muassasalaridagi ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar soni
84 tani tashkil qilmoqda (2017-yilda 48 ta). So‘nggi 3 yilda 1 693 nafar professor-o‘qituvchi doktorlik
dissertatsiyasini himoya qilishi natijasida oliy ta’lim muassasalarida ilmiy darajaga ega pedagog
xodimlar soni 9 636 nafarga yetdi (shundan 2 130 nafari fan doktori (DSc), 7 506 nafari fan nomzodi
(PhD) hamda respublika oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyati 5,1 foizga oshishiga erishildi.
So‘nggi 3 yilda oliy ta’lim muassasalarining 1 611 nafar professor-o‘qituvchisi xorijiy oliy
ta’lim muassasalarida stajirovka o‘tashi va malaka oshirishi ta’minlandi. Xalqaro hamkorlik doirasida
xorijiy oliy ta’lim va ilmiy muassasalar magistratura mutaxassisligiga 112 nafar, doktoranturasiga 51
nafar yoshlar ta’lim olishga qabul qilindi.
“El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali 46 nafar professor-o‘qituvchining Kanada, Buyuk
Britaniya va Italiya davlatlarida stajirovka o‘tashi ta’minlandi.
2017 — 2019-yillarda ta’lim jarayoniga 1 154 nafar xorijlik yuqori malakali pedagog xodim
va olim jalb etildi (AQShdan 94 nafar, Yevropa mamlakatlaridan 445 nafar, Osiyo mamlakatlaridan
299 nafar, MDH mamlakatlaridan 316 nafar).
Oliy ta’lim muassasalarida fan doktori ilmiy darajasiga ega
professorlarning bazaviy
lavozim maoshlari 2016-yilga nisbatan 3,2 baravarga oshirildi.
Yuqori malakali kadrlar tayyorlash borasida oliy ta’lim tizimi oldida bugungi kunda o‘z
yechimini kutayotgan bir qator dolzarb muammo va kamchiliklar saqlanib qolmoqda, shu jumladan:
a) oliy ta’lim bilan qamrov va ta’lim sifatini ta’minlash sohasida:
oliy ta’lim bilan qamrov darajasi pastligicha qolmoqda;
amaldagi malaka talablari, o‘quv reja va dasturlari mazmun jihatidan bitiruvchilarda amaliy
ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilmagan, o‘quv rejalarida nomutaxassislik fanlari ulushi
yuqoriligicha qolmoqda;
oliy ta’lim muassasalari va kadrlar buyurtmachilari bilan o‘zaro hamkorlikda kadrlar
tayyorlash bo‘yicha ishlar samarali yo‘lga qo‘yilmagan, ish beruvchilarning oliy ta’lim mazmunini
shakllantirishdagi ishtiroki yetarli emas;
talabalarda tanqidiy fikrlash, axborotni mustaqil izlash va tahlil qilish ko‘nikmalari
shakllantirilmagan;
ishlab chiqarish korxonalarida amaliy mashg‘ulotlar samarali tashkil etilmagan,
tayyorlanayotgan mutaxassislar malakaviy darajasi mehnat bozorining zamonaviy talablariga
yetarlicha javob
bermaydi;
professor-o‘qituvchilarning xorijiy tillar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini
o‘zlashtirish darajasi pastligi sababli ularning kasbiy mahorati bugungi kun talablaridan ortda
qolmoqda;
o‘quv adabiyotlari yetishmovchiligi saqlanib qolib, mavjudlarining aksariyat qismi zamon
talablariga javob bermaydi, o‘quv adabiyotlari sifatini yaxshilash, xorijiy adabiyotlardan qo‘shimcha
yoki muqobil o‘quv adabiyotlari sifatida foydalanish ishlari yetarli darajada tashkil etilmagan;
oliy ta’lim muassasalarida fan olimpiadalarini o‘tkazishning shaffof mexanizmlari joriy
etilmagan, olimpiadalar g‘oliblari bilan ishlash tizimli ravishda yo‘lga qo‘yilmagan;
iqtidorli yoshlar orasidan oliy ta’lim muassasalariga talabalarni saralab olish mexanizmlari
mavjud emas;
pedagog xodimlarning malaka oshirish tizimi samarali tashkil etilmagan, jumladan malaka
oshirish muassasalarida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazish uchun yuqori malakali professor-
o‘qituvchilar jalb qilinmagan, malaka oshirishga jalb etishda tinglovchilarning salohiyati inobatga
olinmaydi;
oliy ta’limda ma’naviy-axloqiy mazmunni kuchaytirish, yoshlarni
milliy qadriyatlarga
hurmat, insonparvarlik va yuksak ma’naviy g‘oyalar asosida vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda
yot g‘oya va mafkuralarga qarshi immunitetni mustahkamlash borasidagi ishlarni yanada
rivojlantirish zarurati mavjud;
b) ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyat sohasida:
oliy ta’lim muassasalari ilmiy faoliyati hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish
istiqbollaridan kelib chiqib tashkil etilmagan, tahlillar asosida innovatsion rivojlanishni
prognozlashtirish faoliyati yo‘lga qo‘yilmagan;
innovatsion faoliyat, tadqiqot natijalarini amaliyotga keng joriy etish, ilmiy ishlanmalarni
tijoratlashtirish, ilmiy-tadqiqot ishlariga iqtidorli yoshlarni jalb etish natijadorligi yetarli emas, ta’lim,
fan va ishlab chiqarishning mustahkam integratsiyasi ta’minlanmagan;
oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyati atigi 36,4 foizni tashkil etmoqda;
ilmiy darajaga ega xodimlarning o‘rtacha yoshi 49 bo‘lib (fan doktorlari — 56 yosh, falsafa
doktorlari va fan nomzodlari — 43 yosh), yuqoriligicha qolmoqda, fan
doktorlari orasida nafaqa
yoshidagilarning ulushi 45 foizni tashkil etmoqda;
ilmiy-tadqiqot ishlari ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlaridagi mavjud muammolar
yechimiga qaratilmagan;
so‘nggi yillarda nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda chop etilgan maqolalarga iqtiboslar soni
kamaymoqda;
ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanayotgan professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar va
yosh olimlar faoliyatini rag‘batlantirishning ta’sirchan mexanizmlari yaratilmagan;
v) oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash sohasida:
talabalar turar joylari, kutubxona, o‘quv
ustaxonalari, laboratoriyalar, sport
sog‘lomlashtirish va ijtimoiy infratuzilma obyektlari quvvatlari mavjud ehtiyojni qanoatlantirmaydi,
ularning aksariyat qismida bugungi kun talablariga javob beradigan moddiy-texnik baza
shakllantirilmagan;
oliy ta’lim muassasalarining zamonaviy o‘quv va ilmiy laboratoriyalar bilan jihozlanish
darajasi yetarli emas, xalqaro standartlarga javob beradigan o‘quv laboratoriya uskunalarining
salmog‘i atigi 10
foizni tashkil etadi, shu bilan birga o‘quv jarayoni laboratoriya materiallari
(reaktivlar, kimyoviy idish, butlovchi, biologik materiallar va boshqa obyektlar) bilan yetarlicha
ta’minlanmaydi;
oliy ta’lim muassasalari moliyaviy xarajatlarining asosiy qismi ish haqiga sarflanib, o‘quv
va ilmiy laboratoriyalarni yangilashga, bino va inshootlarni ta’mirlashga yetarlicha mablag‘
yo‘naltirilmayapti;
g) oliy ta’limning jozibadorligini oshirish, xalqaro miqyosda raqobatbardoshlikni ta’minlash
sohasida:
respublika oliy ta’lim muassasalari xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar reytingining birinchi
1 000 ta o‘rindagi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga, ularning rasmiy veb-saytlari Webometrics
xalqaro reytingining 1 000 talik ro‘yxatiga kirmagan;
ta’lim dasturlari va talabalar bilimini baholash tizimi xalqaro standartlarga
moslashtirilmagan;
mavjud talabalar turar joylari hamda ijtimoiy infratuzilma obyektlari
xorijiy talabalar
ehtiyojlariga moslashtirilmagan;
xorijiy fuqarolarni mamlakatimizda ta’lim olishga keng jalb qilish borasidagi targ‘ibot
ishlari, jumladan PR-loyihalar (O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari kunlarini tashkil qilish,