oliy ta’lim muassasalarida sportni qadriyat sifatida rivojlantirish, talabalar o‘rtasida sog‘lom
turmush tarzini ommalashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish;
yoshlarning qonun hujjatlari mazmun-mohiyatidan xabardorligi, huquqiy ongi va
madaniyatini rivojlantirish, ularda sog‘lom
turmush tarziga rioya etish, inson huquqlari, gender
tengligi, tinchlikparvarlik va millatlararo totuvlik, vijdon erkinligi, barcha millat va elatlarning tillari,
urf-odatlari va an’analarini hurmat qilish kabi umuminsoniy qadriyatlar bilan birga milliy-axloqiy
qadriyatlarni kamol toptirish, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy faollik, mustahkam fuqarolik pozitsiyasini
shakllantirish;
imkoniyati cheklangan talabalarning ijtimoiy moslashuvi uchun keng sharoitlar yaratish,
inklyuzivlik g‘oyalarini targ‘ib qilish;
yoshlar tarbiyasida ota-onalar, mahallalar va oliy ta’lim muassasalari hamkorligini
tizimli
tashkil etish;
oliy ta’lim muassasalarida sotsiologik va pedagogik-psixologik xizmat guruhlari ishini
takomillashtirib borish, talaba-yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilani mustahkamlash borasidagi
targ‘ibot ishlarini kuchaytirish;
talaba-yoshlarni hunar o‘rganish, yangi bilim egallash, o‘z ustida ishlash,
zamonaviy
texnologiya yutuqlaridan maqsadli foydalanish, tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirishga undash
orqali ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish uchun ta’lim muassasalarida shart-sharoitlar
yaratish;
talaba-yoshlarni turli axborot xurujlari, yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolishi, ular tomonidan
ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etilishi holatlarining oldini olish, Vatanimiz istiqboli yo‘lida
birlashtirish maqsadida ta’lim-tarbiyaning ta’sirchan usullari, zamonaviy axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan
keng foydalanish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etishda ularning
qiziqishini e’tiborga olish va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash;
“Maktab — ma’naviyat va ma’rifat o‘chog‘i” konsepsiyasi doirasida oliy ta’lim
muassasalarining
umumta’lim
maktablari
bilan
o‘quvchi-yoshlarni
ma’naviy-ma’rifiy
dunyoqarashini shakllantirish, huquqiy savodxonligini oshirish, kasbga yo‘naltirish va mustaqil
hayotga tayyorlash kabi masalalarda mentorlik modeli asosida hamkorligini rivojlantirish.