-§. Oliy ta’lim muassasalarida ilmiy-tadqiqot ishlari natijadorligini oshirish, yoshlarni ilmiy




Download 383,32 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/15
Sana20.02.2024
Hajmi383,32 Kb.
#159712
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
3-§. Oliy ta’lim muassasalarida ilmiy-tadqiqot ishlari natijadorligini oshirish, yoshlarni ilmiy 
faoliyatga keng jalb etish, ilm-fanning innovatsion infratuzilmasini shakllantirish 


Oliy ta’lim muassasalarida ilmiy-tadqiqot ishlari natijadorligini oshirish, yoshlarni ilmiy 
faoliyatga keng jalb etish, ilm-fanning innovatsion infratuzilmasini shakllantirish bo‘yicha quyidagi 
tadbirlar amalga oshiriladi: 
oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlar natijalarini 
tijoratlashtirish uzviy bog‘liqligini nazarda tutuvchi “Universitet 3.0” konsepsiyasini bosqichma-
bosqich joriy etish; 
xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish, pullik xizmatlar ko‘lamini kengaytirish va boshqa 
budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga oliy ta’lim muassasalari tarkibida texnopark, forsayt, 
texnologiyalar transferi, startap, akselerator markazlarni tashkil etish hamda ularni tegishli tarmoq, 
soha va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tadqiq qilish va prognozlashtirish bo‘yicha 
faoliyat olib borishlarini ta’minlash; 
professor-o‘qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar, doktorantlar, magistratura va bakalavriat 
talabalarini tashkil etiladigan texnoparklarda ilmiy va innovatsion faoliyat olib borishlariga erishish
budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga startap loyihalari asosida tijoratlashtirish salohiyati 
yuqori bo‘lgan yangi mahsulotlar va texnika-texnologiyalarni yaratish orqali oliy ta’lim muassasalari 
huzurida ilmiy-tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etish bilan shug‘ullanuvchi “spin-off” va “spin-
out” korxonalarini tashkil etish, akademik tadbirkorlikni rivojlantirish; 
xalqaro SsiVal axborot-tahlil tizimi yordamida jahondagi ilmiy-tadqiqot natijalarini tahlil 
qilib borish asosida ilm-fanning ilg‘or yutuqlari bilan uyg‘un rivojlanishini ta’minlash; 
nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish faoliyatini qo‘llab-quvvatlash 
mexanizmlarini joriy etish; 
oliy ta’lim muassasalari ilmiy jurnallarining Scopus, ScienceDirect va boshqa xalqaro ilmiy-
texnik ma’lumotlar bazalariga bosqichma-bosqich kiritilishini ta’minlash;
fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish, mavjud ilmiy 
maktablarni saqlab qolish va yangilarini yaratish, ularning kadrlar salohiyatini mustahkamlash, bunda 
iqtidorli yoshlarning ilm-fanga keng jalb etilishini rag‘batlantirish; 
xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasiga kiruvchi nufuzli ilmiy nashrlarda maqolalar e’lon 
qilish orqali faoliyatining ilmiy natijalari xalqaro darajada tan olinishini belgilovchi ko‘rsatkich 
“Xirsh” indeksi (h-indeks) yuqori bo‘lgan olimlar, professor-o‘qituvchilar hamda yosh ilmiy 
izlanuvchilarni budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan moddiy rag‘batlantirib borish tizimini joriy 
etish; 
oliy ta’lim muassasalarida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar sifatini ko‘tarish, ularni 
statistik, texnik va boshqa ma’lumotlar bilan ta’minlash mexanizmlarini yaratish, bu borada tegishli 
me’yoriy-huquqiy hujjatlarni qabul qilish; 
professor-o‘qituvchilar tarkibining ilmiy daraja va unvonlarga ega xodimlar yoshi nuqtai 
nazaridan optimal nisbatiga erishish; 
ilmiy-tadqiqot muassasalari olimlarini ta’lim jarayoni va ilmiy rahbarlikka jalb qilish, 
magistratura va doktorantura bosqichlaridagi ilmiy ishlarni mazkur ilmiy-tadqiqot muassasalarida 
olib borilishi hamda himoya qilinishini ta’minlash; 
jahon ilmiy tadqiqotlar bozori tendensiyalaridan kelib chiqib, har bir oliy ta’lim 
muassasasida (fakultet, kafedra va laboratoriyalar kesimida) ilmiy tadqiqotlarni tor va fanlar 
tutashligidagi sohalarga ixtisoslashtirish, ularni ishlab chiqarish va hududiy rivojlanish ehtiyojlariga 
moslashtirish, qiyosiy ustunlikka ega bo‘lgan istiqbolli ilmiy yo‘nalishlarni belgilash, ushbu 
yo‘nalishlarda yuqori malakali professor-o‘qituvchilar va talabalar salmog‘ini oshirish;
Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya 
markazi, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti huzuridagi O‘quv-amaliy to‘qimachilik 
texnoparki hamda Urganch davlat universiteti huzuridagi “Xorazm” innovatsion texnoparkining 
faoliyati samaradorligini oshirish; 
xalqaro moliya institutlarining imtiyozli mablag‘larini keng jalb qilish orqali innovatsion 
faoliyat infratuzilmasini takomillashtirish maqsadida “Hujayra va molekulyar biotexnologiya”, 
“Tibbiy genetika”, “Ekofiziologiya”, “Materialshunoslik”, “Energiya tejovchi texnologiyalar, 
nazorat-o‘lchov va avtomatlashtirilgan tizimlar”, “Qurilish materiallari” hamda “Oziq-ovqat 


mahsulotlari va texnologiyasi” yo‘nalishlari bo‘yicha 7 ta oliy ta’lim muassasalariaro ilmiy-tadqiqot 
laboratoriyasini tashkil etish; 
O‘zbekiston Milliy universiteti huzurida Nanotexnologiyalarni rivojlantirish markazi, 
Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot instituti, Biofizika va biokimyo 
instituti, Intellektual dasturiy tizimlar ilmiy-amaliy markazida zamonaviy ilmiy-tadqiqotlar amalga 
oshirilishini ta’minlash va rivojlantirib borish
ilm-fan sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar 
akademiyasining tegishli institutlari hamda nufuzli xorijiy oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalari 
bilan yetakchi mahalliy oliy ta’lim muassasalarining faol hamkorligini yo‘lga qo‘yish, bunda 
mentorlik modelidan keng foydalanish; 
professor-o‘qituvchilar tomonidan yuritilishi lozim bo‘lgan turli jurnal va o‘quv-uslubiy 
hujjatlar sonini qat’iy qisqartirish orqali ularning ilmiy faoliyatini jadallashtirish
ilmiy-tadqiqot ishlarini ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlaridagi, shu jumladan hududiy 
miqyosdagi mavjud muammolarning innovatsion yechimiga qaratish, fanlar tutashligidagi 
muammolarni keng tadqiq etish; 
iqtidorli yoshlarni aniqlash, akademik litseylarga jalb qilish, oliy ta’lim muassasalariga 
saralab olish, chuqurlashtirilgan ta’lim dasturlari asosida o‘qitish, ularning fan olimpiadalaridagi 
ishtirokini kengaytirish, ilmiy faoliyatga bo‘lgan qiziqishini oshirish, “ustoz-shogird” tizimi asosida 
tegishli sohada yuqori natijalarga erishgan malakali mutaxassislarga biriktirish, bu boradagi 
ma’lumotlar elektron bazasini yaratish;
oliy ta’lim muassasalarining Yoshlar akademiyasi hamda Fan va texnologiyalar bo‘yicha 
respublika kengashi bilan hamkorligini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirib borish; 
oliy ta’lim muassasalari ilmiy salohiyatini oshirish, maqsadli doktorantura orqali ilmiy va 
ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish
xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda qo‘shma ilmiy daraja dasturlarini ishlab 
chiqish; 
oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutlari faoliyatini xorijiy tajriba asosida 
takomillashtirish, ilmiy kengashlar va himoyalar tizimini xalqaro tajribaga muvofiqlashtirish; 
ilmiy darajalar va unvonlar berish vakolatini bosqichma-bosqich oliy ta’lim muassasalariga 
berish; 
doktoranturaga qabul qilish shartlarini belgilashda oliy ta’lim muassasalariga erkinlik berish, 
talabgorlarni saralab olishda ularning ilmiy yutuqlariga alohida e’tibor qaratish; 
ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar majlislarini hududlardagi oliy ta’lim 
muassasalaridan turib onlayn kuzatish platformasini yaratish. 

Download 383,32 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Download 383,32 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-§. Oliy ta’lim muassasalarida ilmiy-tadqiqot ishlari natijadorligini oshirish, yoshlarni ilmiy

Download 383,32 Kb.
Pdf ko'rish