-bob. Oliy ta’lim tizimini rivojlantirishning strategik maqsadlari va ustuvor yo‘nalishlari




Download 383,32 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/15
Sana20.02.2024
Hajmi383,32 Kb.
#159712
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
3-bob. Oliy ta’lim tizimini rivojlantirishning strategik maqsadlari va ustuvor yo‘nalishlari 
Oliy ta’lim tizimining rivojlanishi mazkur Konsepsiya 
ilovasida
belgilangan maqsadli 
ko‘rsatkichlarga erishishga asoslanadi. 
Quyidagilar oliy ta’lim tizimini rivojlantirishning strategik maqsadlari hisoblanadi: 
mamlakatni modernizatsiya qilish, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan barqaror rivojlantirish uchun 
yuqori malakali kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, inson kapitalini mehnat bozori talablari asosida 
rivojlantirish;
oliy ta’lim bilan qamrov darajasini oshirish, xalqaro standartlar asosida yuqori malakali, 
kreativ va tizimli fikrlaydigan, mustaqil qaror qabul qila oladigan kadrlar tayyorlash, ularning 
intellektual qobiliyatlarini namoyon etishi va ma’naviy barkamol shaxs sifatida shakllanishi uchun 
zarur shart-sharoit yaratish;
sohada sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, uning jozibadorligini oshirish, jahon 
miqyosidagi raqobatbardoshligini ta’minlash. 
Uzoq istiqboldagi maqsadli vazifalardan kelib chiqib, oliy ta’lim tizimini rivojlantirish 
quyidagi ustuvor yo‘nalishlar asosida amalga oshiriladi:
oliy ta’lim bilan qamrovni kengaytirish, oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini 
oshirish; 
ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy etish; 
oliy ta’lim muassasalarida ilmiy-tadqiqot ishlari natijadorligini oshirish, yoshlarni ilmiy 
faoliyatga keng jalb etish, ilm-fanning innovatsion infratuzilmasini shakllantirish; 
ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar ta’sirchanligini oshirish; 
yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash jarayoniga kadrlar buyurtmachilarini faol jalb 
etish; 
oliy ta’lim muassasalarining moliyaviy mustaqilligi va barqarorligini ta’minlash, moddiy-
texnik ta’minotini mustahkamlash; 
oliy ta’lim muassasalarini tizimli rivojlantirish va boshqaruv faoliyatini takomillashtirish; 
korrupsiyaga qarshi kurashish, shaffoflikni ta’minlashning ta’sirchan mexanizmlarini joriy 
etish; 
oliy ta’lim tizimining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, xalqaro miqyosda tanilishi va 
raqobatbardoshligini ta’minlash. 

Download 383,32 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Download 383,32 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-bob. Oliy ta’lim tizimini rivojlantirishning strategik maqsadlari va ustuvor yo‘nalishlari

Download 383,32 Kb.
Pdf ko'rish