-§. Ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy etish




Download 383,32 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/15
Sana20.02.2024
Hajmi383,32 Kb.
#159712
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
2-§. Ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy etish 
Ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy etish bo‘yicha 
quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi: 
raqamli iqtisodiyot uchun yuqori malakali muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini 
tashkil etish;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ta’lim texnologiyalarining 
mustahkam integratsiyasini ta’minlash, bu borada pedagog kadrlarning kasbiy mahoratini uzluksiz 
rivojlantirib borish uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish;
ta’lim jarayonlarini raqamli texnologiyalar asosida individuallashtirish, masofaviy ta’lim 
xizmatlarini rivojlantirish, vebinar, onlayn, “blended learning”, “flipped classroom” texnologiyalarini 
amaliyotga keng joriy etish; 
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida masofaviy ta’lim dasturlarini 
tashkil etish; 
ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar, seminarlarni onlayn kuzatish va o‘zlashtirish imkonini 
beruvchi, shuningdek ularni elektron axborot saqlovchilarga yuklovchi “E-MINBAR” platformasini 
amaliyotga joriy etish, ta’lim jarayonlarida “bulutli texnologiyalar”dan foydalanish;
masofadan turib foydalanish imkonini beruvchi elektron kutubxona tizimini keng joriy etish, 
talabalarning oliy ta’lim muassasasida o‘qishni tamomlaganlaridan so‘ng kutubxona fondi, axborot 
bazalaridan foydalanishini yo‘lga qo‘yish orqali ularning kasbiy malakasini uzluksiz oshirib borish 
imkoniyatlarini kengaytirish;
milliy elektron ta’lim resurslari yaratilishini jadallashtirish, xorijiy elektron ta’lim 
resurslarini tarjima qilish ishlarini tashkil etish, ta’lim jarayonida elektron resurslar salmog‘ini 
bosqichma-bosqich oshirib borish, elektron o‘quv adabiyotlar yaratish, ularni mobil qurilmalarga 
yuklab olish maqsadida kutubxonalarda QR-kod yordamida elektron resurslar haqidagi axborotlarni 
joylashtirish tizimini yaratish; 
oliy ta’lim muassasasining konferensiya materiallari, bitiruv-malakaviy ishlar, magistrlik va 
doktorlik dissertatsiyalaridan iborat ilmiy-texnik ma’lumotlar elektron bazasini yaratish, kelgusidagi 
ilmiy-texnik ma’lumotlar yangiligini ta’minlash maqsadida antiplagiat tizimidan foydalanishni keng 
joriy etish; 
ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarining o‘ziga xosligidan kelib chiqib, ta’lim 
jarayonida xalqaro miqyosda keng qo‘llaniladigan zamonaviy dasturiy mahsulotlardan foydalanishni 
rivojlantirish;
oliy ta’lim muassasalaridan olinadigan turli hisobot va ma’lumotlar sonini keskin 
kamaytirish, ularni tayyorlashning qog‘oz shaklidan voz kechish, boshqaruv tizimi va o‘quv 
jarayonlari, kutubxona va hujjatlar aylanmasini elektronlashtirishni ta’minlovchi “Elektron 
universitet” platformasiga bosqichma-bosqich o‘tish, ta’lim jarayoni ishtirokchilari faoliyati 
samaradorligini monitoring qilishning elektron tizimini joriy etish; 
oliy ta’lim muassasalari pedagog xodimlari, bakalavriat, magistratura talabalari va 
doktorantlariga oid ma’lumotlarni o‘zida aks ettiruvchi va muntazam yangilanib boruvchi elektron 
baza (Student Record System) yuritilishini yo‘lga qo‘yish asosida uning milliy tizimini yaratish;
xalqaro moliya tashkilotlari ko‘magida oliy ta’lim sohasidagi o‘quv-uslubiy, me’yoriy-
huquqiy hujjatlar, statistik ma’lumotlar, shuningdek davlat interaktiv xizmatlari ko‘rsatishga doir 
ma’lumotlarni o‘zida mujassam etgan va muntazam yangilanib turadigan oliy ta’limning yagona 
axborot platformasi — “Oliy ta’lim boshqaruvi axborot tizimi”ni ishga tushirish, unda vakant 
o‘rinlarga o‘tkazilayotgan tanlovlarga oid e’lonlarni hamda arizalarni onlayn qabul qilish 
imkoniyatlarini nazarda tutish. 

Download 383,32 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Download 383,32 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-§. Ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy etish

Download 383,32 Kb.
Pdf ko'rish