-§. Oliy ta’lim bilan qamrovni kengaytirish, oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini




Download 383,32 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/15
Sana20.02.2024
Hajmi383,32 Kb.
#159712
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
1-§. Oliy ta’lim bilan qamrovni kengaytirish, oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini 
oshirish 
Oliy ta’lim bilan qamrovni kengaytirish, oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini 
oshirish bo‘yicha quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi: 
oliy ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, hududlarda davlat va nodavlat 
oliy ta’lim muassasalari, shuningdek investitsiyalarni jalb qilgan holda nufuzli xorijiy oliy ta’lim 
muassasalari filiallari faoliyatini tashkil etish orqali oliy ta’limda raqobat muhitini yaratish;
xalqaro standartlar va milliy an’analar uyg‘unligida yuqori malakali, zamonaviy bilim va 
ko‘nikmalarga ega, mustaqil fikrlaydigan, vatanparvar, professional kadrlarni tayyorlovchi, yetakchi 
ta’lim va ilm-fan markazi — Prezident universitetini tashkil etish; 
oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlashning maqsadli parametrlarini Investitsiya dasturlari, 
hududiy va tarmoq dasturlari, vasiylik kengashlari talablari, jahon miqyosidagi texnologik 
o‘zgarishlarni inobatga olgan holda shakllantirish, ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarini 
optimallashtirish, bunda STEAM yo‘nalishlarini (aniq fanlar, texnologiya, injiniring, ijodiy san’at va 
matematika) rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish; 
oliy ta’lim muassasalarining quvvati, ilmiy salohiyati va boshqa asosiy ko‘rsatkichlaridan 
kelib chiqqan holda to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlarini oliy ta’lim muassasasi tomonidan 
mustaqil belgilash tizimini bosqichma-bosqich joriy etish; 


davlat granti asosida kadrlar tayyorlash parametrlarini bosqichma-bosqich oliy ta’lim 
muassasalari o‘rtasida tanlov o‘tkazish yo‘li bilan taqsimlash mexanizmlarini joriy etish; 
xotin-qizlarning oliy ta’lim olishga bo‘lgan huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish, 
ta’lim olishda gender tengligi tamoyillari ustuvorligini ta’minlash, mahallalar, umumta’lim 
maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida muntazam ravishda xotin-qizlarni oliy 
ta’limga keng jalb qilishga yo‘naltirilgan keng targ‘ibot ishlarini olib borish; 
ta’limning uzluksizligiga erishish maqsadida umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va oliy ta’lim 
dasturlarining uyg‘unligi va izchilligini ta’minlash; 
oliy ta’lim muassasalarining o‘quv rejalarini kredit-modul tizimiga o‘tkazish 
mexanizmlarini ishlab chiqish va ularni bosqichma-bosqich mazkur tizimga o‘tkazish; 
individual ta’lim trayektoriyalariga asoslangan, talabalarda kreativ fikrlash, amaliy 
ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan o‘quv rejalar ishlab chiqish orqali talabalar qiziqishlari 
hamda kadrlar buyurtmachilari ehtiyojlariga muvofiq ta’lim dasturlarini shakllantirish, ularni 
tasdiqlash bo‘yicha oliy ta’lim muassasalariga bosqichma-bosqich akademik mustaqillik berish; 
mustaqil ta’lim soatlari ulushini oshirish, talabalarda mustaqil ta’lim olish, tanqidiy va ijodiy 
fikrlash, tizimli tahlil qilish, tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish, o‘quv jarayonida 
kompetensiyalarni kuchaytirishga qaratilgan metodika va texnologiyalarni joriy etish, o‘quv 
jarayonini amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirish, bu borada o‘quv jarayoniga xalqaro 
ta’lim standartlariga asoslangan ilg‘or pedagogik texnologiyalar, o‘quv dasturlari va o‘quv-uslubiy 
materiallarni keng joriy etish; 
talabalar bilimini baholash tizimi texnologiyalarini takomillashtirib borish va xolisonaligini 
ta’minlash, jumladan baholashning talabalar bilan bevosita aloqasiz shakllarini rivojlantirib borish; 
fanlarni o‘zlashtirishda talabalar orasida sog‘lom raqobatni rivojlantirish mexanizmlarini 
ishlab chiqish; 
o‘quv rejalarida fanlar sonini nomutaxassislik fanlari hisobiga bosqichma-bosqich 
kamaytirish hamda tutashlikdagi fanlarni tanlov fanlari ro‘yxatiga kiritish; 
gumanitar va pedagogik yo‘nalishlarda kadrlar tayyorlash sifatiga e’tiborni kuchaytirish, 
pedagogik ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv reja va dasturlarini ilg‘or xorijiy 
tajriba asosida qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirish, mazkur yo‘nalishda tahsil olayotgan 
talabalarda ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash ko‘nikmalarini 
shakllantirish, pedagogik ta’lim infratuzilmasini yaxshilash, hududlardagi barcha umumta’lim 
maktablariga xorijiy tillarni o‘zlashtirgan, yuqori malakali professional pedagog kadrlarni yetkazib 
berish;
ilg‘or xorijiy tajribalar asosida oliy ta’lim muassasalariga yuqori malakali pedagog kadrlarni 
maqsadli tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirib borish; 
oliy ta’lim muassasalarida o‘quv-uslubiy faoliyat uchun mas’ul bo‘lgan mutaxassislar 
malakasini muntazam oshirib borish; 
ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha xorijiy tillarda o‘qitiladigan mutaxassislik 
fanlari salmog‘ini oshirib borish;
magistratura talabalarining yuqori saviyada ilmiy izlanishlar olib borish, pedagogik faoliyat 
yuritish, boshqaruv, tanqidiy fikrlash va tizimli tahlil qilish qobiliyatiga ega bo‘lishi uchun mazkur 
ta’lim bosqichi o‘quv reja va dasturlarini muntazam takomillashtirib borish;
o‘quv adabiyotlari sifatini yaxshilash, zamonaviy o‘quv adabiyotlarini yaratish tartibini 
soddalashtirish, eng yangi xorijiy adabiyotlarni xarid qilish va tarjima qilish ishlarini jadallashtirish, 
xorijiy adabiyotlardan qo‘shimcha yoki muqobil o‘quv adabiyotlari sifatida foydalanishni 
kengaytirish, kutubxonalar fondlarini muntazam ravishda yangilab borish; 
tanlov asosida aniqlangan va o‘quv adabiyotlariga mualliflik qilayotgan professor-
o‘qituvchilarning yillik o‘quv yuklamasini taqsimlash mexanizmini takomillashtirish, bunda ularning 
umumiy yillik yuklamalarida o‘quv adabiyotlarini yaratish uchun ajratilgan vaqtni dars o‘tish 
yuklamasi vaqti hisobidan oshirishni nazarda tutish; 


imkoniyati cheklangan talabalarga ko‘rsatiladigan ta’lim xizmatlari turlarini ko‘paytirish va 
ularning sifatini yaxshilash, ta’limda inklyuziv jarayonlarni rivojlantirish, adaptiv texnologiyalarni 
joriy etish; 
barcha oliy ta’lim muassasalarida dars mashg‘ulotlari bo‘yicha talabalar fikrini o‘rganish 
(feedback) hamda o‘zaro tashrif (peer review) tizimini rivojlantirish asosida talabalarga ta’lim 
xizmatlari ko‘rsatish sifatini yaxshilab borish; 
fan sohalari bo‘yicha professor-o‘qituvchilarning kasbiy muloqot maydonchalarini yaratish, 
ta’lim sifatini ta’minlash jarayoniga talabalarni keng jalb etish hamda “tyutorlik” tashkiliy-metodik 
yordam tizimini joriy etish orqali talabalarning mustaqil ta’lim olish faoliyatini rivojlantirish;
xorijiy mamlakatlar tajribasidan kelib chiqib, talaba-yoshlarning akademik faoliyati, 
muammolari va turmush tarzi, o‘quv jarayoni hamda yaratilgan sharoitlar bo‘yicha talabalar fikr-
mulohazalarini o‘rganish maqsadida ular o‘rtasida har yili respublika miqyosida milliy so‘rov 
o‘tkazish;
oliy ta’lim muassasalari, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o‘quv-pedagogik va 
ilmiy faoliyat yuritish uchun xorijlik yuqori malakali professor-o‘qituvchilar va mutaxassislar, ta’lim 
va ilm-fan sohasida faoliyat yuritib, salmoqli yutuqlarga erishgan, yurt rivojiga hissa qo‘shish istagida 
bo‘lgan xorijdagi vatandoshlarni jalb etish, bu borada ularga akademik va infratuzilmaga oid 
qulayliklar yaratib berish;
yuqori malakali professor-o‘qituvchilar, olimlarni ta’lim jarayoniga jalb qilishning samarali 
mexanizmlarini yaratish, muayyan ko‘rsatkichlar asosida ularning faoliyatini baholash tizimini 
rivojlantirish; 
oliy ta’lim muassasalarida milliy hamda xalqaro baholash tizimlari sertifikatlariga ega 
bo‘lgan, xorijiy tillarni mukammal o‘zlashtirgan professor-o‘qituvchilar va talabalar ulushini tizimli 
ravishda oshirib borish; 
“El-yurt umidi” jamg‘armasi ko‘magida professor-o‘qituvchilarni xorijiy mamlakatlarda 
malaka oshirish, stajirovka o‘tash, magistratura va doktoranturada o‘qitish orqali ularning kasbiy 
mahoratini oshirib borish;
ko‘p yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan amaliyotchi mutaxassislarni ta’lim jarayoniga keng 
jalb qilish, professor-o‘qituvchilarning tegishli soha korxona va tashkilotlarida stajirovka o‘tashini 
tizimli tashkil etish; 
ijtimoiy soha va iqtisodiyotning barcha tarmoqlari mutaxassislari uchun uzluksiz malaka 
oshirish va qayta tayyorlash tizimlarini joriy etishning me’yoriy-huquqiy va o‘quv-metodik asoslarini 
takomillashtirib borish, bu borada masofaviy ta’lim imkoniyatlaridan keng foydalanish; 
oliy ta’lim muassasalarida talabalarning ishdan ajralmagan holda o‘qishini ta’minlash 
maqsadida sirtqi va kechki ta’lim shakllarida kadrlar tayyorlashni rivojlantirish, bunda raqamli 
texnologiyalarga asoslangan zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish;
iqtisodiyotning zamonaviy talablariga muvofiqlikni ta’minlash maqsadida davlat ta’lim 
standartlarini takomillashtirib borish; 
talabalarning ishlab chiqarish, malakaviy va boshqa turdagi amaliyotlarini mazmunli tashkil 
etish uchun uslubiy bazani ishlab chiqish va rivojlantirib borish;
respublika oliy ta’lim muassasalariaro ichki akademik mobillik dasturlarini, o‘zaro tajriba 
almashish mexanizmlarini amaliyotga tatbiq etish; 
xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik doirasida professor-o‘qituvchilar va 
doktorantlar akademik mobilligi dasturlarini rivojlantirish; 
oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirishda ichki nazorat va hisobdorlik 
mexanizmlarini takomillashtirish;
oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonlarida bitiruvchilarning attestatidagi o‘rtacha bahoni 
inobatga olgan holda, ta’lim yo‘nalishlariga mos bo‘lgan fanlardan milliy va xalqaro baholash 
tizimlari sertifikatlariga ega bo‘lgan abituriyentlarni oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish 
tajribasini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish; 
milliy baholash tizimi sertifikatlari taqdim etiladigan fanlar ro‘yxatini kengaytirish, bunday 
xizmatlar ko‘rsatadigan davlat va nodavlat muassasalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash;


oliy ta’lim muassasalari fan olimpiadalarini o‘tkazish tartibini takomillashtirish, shaffoflikni 
ta’minlash, baholash mexanizmlarini xalqaro olimpiada va tanlovlar mezonlariga moslashtirish. 

Download 383,32 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Download 383,32 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-§. Oliy ta’lim bilan qamrovni kengaytirish, oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini

Download 383,32 Kb.
Pdf ko'rish