Farmoni o‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘G‘risida




Download 383,32 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/15
Sana20.02.2024
Hajmi383,32 Kb.
#159712
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Oldingi
 tahrirga qarang. 
5. Ta’lim sifatini yaxshilash borasidagi ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish va amaliyotga 
tatbiq etish jarayonlarini jadallashtirish maqsadida davlat oliy ta’lim muassasalari (O‘zbekiston 
Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi
Davlat bojxona qo‘mitasi tizimidagi oliy ta’lim muassasalari bundan mustasno) rahbar xodimlarining 
xorijiy mamlakatlarga xizmat safariga chiqishini bo‘ysunuvi bo‘yicha tegishli vazirlik va idorani 
xabardor qilgan holda amalga oshirish tartibi joriy qilinsin. 
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-apreldagi PF-
5987-sonli 
Farmoni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2020-y., 
06/20/5987/0521-son) 
Bunda oliy ta’lim muassasasi rahbar xodimlari tomonidan xorijiy mamlakatga xizmat safari 
oldidan asosiy ma’lumotlar, jumladan mamlakat nomi, tashrif maqsadi va rejasi, safar natijalari 
yuzasidan esa oliy ta’lim muassasasi kengashiga amalga oshirilgan ishlar va xarajatlar to‘g‘risida 
taqdim etilgan hisobot oliy ta’lim muassasasi veb-saytiga joylashtiriladi. 
6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi: 
2019-yil 1-dekabr kuniga qadar 2030-yilga qadar respublikadagi kamida 10 ta oliy ta’lim 
muassasasini xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World University Rankings, 
Times Nigher Education yoki Academic Ranking of World Universities) reytingining birinchi 1 000 
ta o‘rindagi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga, shu jumladan O‘zbekiston Milliy universiteti va 
Samarqand davlat universitetini birinchi 500 ta o‘rindagi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga 
kiritishni, bunda mazkur oliy ta’lim muassasalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning 
zamonaviy mexanizmlarini joriy etishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va 
tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin; 
har yili 1-dekabrga qadar o‘tayotgan yil bo‘yicha tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi” bajarishi 
yakunlarini puxta o‘rganish asosida Konsepsiyani kelgusi yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l 
xaritasi” loyihasini ishlab chiqib, tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga 
kiritsin; 
“Yo‘l xaritalari”ning bajarilishi yuzasidan doimiy monitoring yuritsin va uning natijalarini 
har chorakda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etib borsin. 
7. Quyidagilar mazkur Farmonda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish 
manbalari etib belgilansin: 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari; 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Oliy ta’lim 
muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari; 
oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari; 
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari; 
xalqaro moliya tashkilotlari, xorijiy davlatlar va boshqa donorlar kreditlari (qarzlar), 
grantlari mablag‘lari; 
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar. 
8. Quyidagilarga: 
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduhakimovga — mas’ul 
vazirliklar va idoralarning Konsepsiya hamda “Yo‘l xaritalari”ni bajarish bo‘yicha faoliyati va o‘zaro 
hamkorligini samarali tashkil etish, “Yo‘l xaritalari” bajarilishini monitoring qilish davomida 
aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish; 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar 
hokimlari, mas’ul vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar rahbarlariga — Konsepsiya va “Yo‘l 
xaritalari”da nazarda tutilgan tadbirlarni o‘z vaqtida, sifatli va to‘liq bajarish; 


O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.U. Madjidovga — 
Konsepsiyaning maqsadli ko‘rsatkichlariga erishish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin. 
9. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi hamda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi 
ommaviy axborot vositalarida mazkur Farmonning maqsad va vazifalarini keng yoritish bo‘yicha 
chiqishlar va tematik ko‘rsatuvlar tashkil etsin. 
10. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirliklar va 
idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan 
o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 
11. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
maslahatchisi A.A. Abduvaxitov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. 
Abduhakimov zimmasiga yuklansin. 

Download 383,32 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Download 383,32 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Farmoni o‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘G‘risida

Download 383,32 Kb.
Pdf ko'rish