oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy dasturiy mahsulotlar bilan ta’minlash, o‘quv va ilmiy
jarayonlarni o‘quv
va laboratoriya uskunalari, shuningdek laboratoriya materiallari (reaktivlar,
kimyoviy idish, butlovchi, biologik materiallar va boshqa obyektlar) bilan muntazam ravishda zarur
miqdorlarda ta’minlab borishning samarali mexanizmlarini yaratish;
talabalar turar joylari,
kutubxona, o‘quv ustaxonalari, laboratoriyalar,
sport
sog‘lomlashtirish va ijtimoiy infratuzilma obyektlariga nisbatan o‘sib borayotgan ehtiyojni o‘z
vaqtida ta’minlash va zamon talablari asosida ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;
imkoniyati cheklangan talabalarga oliy ta’lim muassasalari va talabalar turar joylari
binolarida qo‘shimcha sharoitlar yaratish, ular uchun ta’lim muassasalarini zarur adabiyotlar, metodik
qo‘llanmalar bilan ta’minlash choralarini ko‘rish;
oliy ta’lim muassasalarida xorijiy fuqarolarning istiqomat qilishi va ta’lim olishi bo‘yicha
qulay
shart-sharoitlar yaratish;
innovatsion kutubxonalarni tashkil etish, ulardagi kitob fondini yangi avlod o‘quv
adabiyotlari bilan muntazam boyitish;
oliy ta’lim muassasalarini yuqori tezlikdagi internet bilan uzluksiz ta’minlash, talabalarning
mustaqil ta’lim olishi uchun infratuzilma imkoniyatlarini kengaytirish;
talabalar, o‘qituvchilar va yosh tadqiqotchilarning elektron ta’lim
resurslari, zamonaviy
ilmiy adabiyotlarning elektron kataloglari va ma’lumotlar bazalaridan bepul foydalanish
imkoniyatlarini kengaytirish;
aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlaridan bo‘lgan
talabalarni moddiy
rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash;
oliy ta’lim muassasalarida homiylik va ilmiy-tadqiqot natijalarini tijoratlashtirishdan
tushgan, maqsadli kapital va boshqa mablag‘lar hisobiga moliyalashtiriladigan endaument
jamg‘armalarini (endowment fund) tashkil etish.