z) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish
davlat inspeksiyasi funksiyalarini xorijiy tajriba
asosida takomillashtirish, bunda ta’lim sifatini
baholashning yangi mexanizmlarini joriy etish, kadrlar buyurtmachilari va talabalar o‘rtasida
o‘tkazilgan milliy so‘rov natijalarini chuqur tadqiq qilish orqali muammolarni bartaraf etish, davlat
va nodavlat ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini ta’sirchan instrumentlar
yordamida nazorat qilib
borish, bitiruvchilar sifati va ularning ixtisosligi bo‘yicha ishga joylashish masalalariga e’tibor
qaratish;
i) ta’lim sifatini nazorat qilish va oliy ta’lim muassasalari reytingini yuritishning nodavlat
tizimini yaratish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilash;
y) oliy ta’lim muassasalarida ishga qabul qilish va yuqori lavozimlarga tayinlashda oliy
ta’lim tizimi rivoji uchun o‘zining munosib hissasini qo‘shuvchi kadrlarni tanlash, ularning faoliyati,
professional xususiyatlari, soha oldidagi alohida xizmatlarini adolatli va xolisona baholashni nazarda
tutuvchi meritokratiya tamoyillarini qo‘llash, rahbarlik lavozimlariga
tayinlashda gender tengligi
tamoyillariga qat’iy rioya qilish;
k) oliy ta’lim muassasalari rahbarlik lavozimlariga zaxira kadrlarni shakllantirish, maqsadli
o‘qitish va tayyorlash samaradorligini oshirish;
l) oliy ta’lim muassasalari rahbar xodimlarini rotatsiya qilish mexanizmini joriy qilish.