-§. Korrupsiyaga qarshi kurashish va shaffoflikni ta’minlashning ta’sirchan mexanizmlarini




Download 383,32 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/15
Sana20.02.2024
Hajmi383,32 Kb.
#159712
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
8-§. Korrupsiyaga qarshi kurashish va shaffoflikni ta’minlashning ta’sirchan mexanizmlarini 
joriy etish 
Korrupsiyaga qarshi kurashish va shaffoflikni ta’minlashning ta’sirchan mexanizmlarini 
joriy etish bo‘yicha quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi: 
oliy ta’lim sohasida “Korrupsiyasiz soha” loyihasini izchil davom ettirish, korrupsiyaning 
har qanday ko‘rinishiga barham berish;
oliy ta’lim muassasalarini tajribali, halol, pok vijdonli, mas’uliyatli professor-o‘qituvchi va 
xodimlardan shakllantirib, ularning vazifalarini aniq belgilab berish; 
oliy ta’lim muassasalarining jamiyat oldidagi hisobdorligi va ta’lim sifatini ta’minlashdagi 
mas’uliyatini oshirish, keng jamoatchilikni shaffoflik va xolislik tamoyillari asosida ta’lim xizmatlari 
sifati to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan xabardor qilib borish;
professor-o‘qituvchilar bilan talabalar o‘rtasidagi byurokratik omillarni bartaraf etish, 
baholash mezonlaridagi shaffoflikni kuchaytirish, talabalar bilimini baholashda adolatni ta’minlash; 
abituriyentlar va magistraturada ta’lim olish uchun talabgorlar hujjatlarini qabul qilish, 
barcha kasbiy (ijodiy) imtihonlarni o‘tkazish, ularning bilimini baholash, o‘qishni ko‘chirish yoki 
qayta tiklash jarayonlarida suiiste’molchilik holatlarining oldini olish, bu borada jamoatchilik 
kengashlarining rolini oshirish, shaffoflikni ta’minlash; 
professor-o‘qituvchilarning 
jamiyatdagi mavqeyini mustahkamlash, ushbu kasb 
jozibadorligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish; 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda oliy ta’lim 
muassasalari faoliyatining ochiqligini ta’minlash, fuqarolik jamiyati institutlari bilan aloqalarini 
mustahkamlash, jamoatchilikka axborot taqdim etishning tezkor va zamonaviy shakllarini joriy etish; 
malaka oshirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini tayyorlash va amaliyotga tatbiq etish, nazorat-
monitoring, xodimlarni ishga qabul qilish va lavozimga tayinlash, oliy ta’lim muassasalari faoliyatini 
o‘rganish va tizimdagi boshqa jarayonlarda shaffoflikni ta’minlash; 
professor-o‘qituvchilarning o‘quv yuklamalarini optimallashtirish, kasbiy faoliyatga 
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish asosida oliy ta’lim tizimi 
xodimlarining mehnat unumdorligini oshirish; 
oliy ta’lim tizimida pedagog kadrlarni ishga qabul qilish, lavozimlarga tanlov o‘tkazishda 
adolat va ochiqlikni ta’minlash, o‘quv yili yakunlari bo‘yicha pedagog kadrlar faoliyatiga baho 
berish, bu borada jamoatchilik nazoratining yangi va samarali mexanizmlarini amaliyotga joriy etish; 
oliy ta’lim muassasalarini moliyalashtirishning amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlariga 
rioya qilinishi, xarajatlar smetalarini shakllantirish tartibiga amal qilish va ichki moliyaviy taftish 
ishlarini takomillashtirish, ushbu jarayonda korrupsiyaga oid holatlarni o‘z vaqtida aniqlash va 
bartaraf etilishini ta’minlash; 


oliy ta’lim tizimida kadrlar zaxirasini shakllantirish, odob-axloq normalariga rioya etilishini 
ta’minlash masalalarini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va 
joriy etish. 

Download 383,32 Kb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Download 383,32 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-§. Korrupsiyaga qarshi kurashish va shaffoflikni ta’minlashning ta’sirchan mexanizmlarini

Download 383,32 Kb.
Pdf ko'rish