-§. Oliy ta’lim tizimining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, xalqaro miqyosda tanilishi




Download 383,32 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/15
Sana20.02.2024
Hajmi383,32 Kb.
#159712
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
9-§. Oliy ta’lim tizimining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, xalqaro miqyosda tanilishi 
va raqobatbardoshligini ta’minlash 
Oliy ta’lim tizimining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, xalqaro miqyosda tanilishi va 
raqobatbardoshligini ta’minlash bo‘yicha qo‘yidagi tadbirlar amalga oshiriladi: 
respublikadagi kamida 10 ta oliy ta’lim muassasasini xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar 
(Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education yoki Academic 
Ranking of World Universities) reytingining birinchi 1 000 ta o‘rindagi oliy ta’lim muassasalari 
ro‘yxatiga, shu jumladan O‘zbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetini birinchi 
500 ta o‘rindagi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish, 
bunda mazkur oliy ta’lim muassasalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning zamonaviy 
mexanizmlarini joriy etish; 
oliy ta’lim muassasalarining O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti oshishidagi ishtirokini va 
mamlakat ijobiy xalqaro imidjini shakllantirishdagi rolini oshirish; 
respublika oliy ta’lim tizimini xalqaro ta’lim standartlari bilan uyg‘unlashtirish, ilg‘or 
xorijiy tajribani chuqur o‘rganish va tahlil qilish asosida ta’lim dasturlarini jahonda tan olingan 
xalqaro standartlar talablariga moslashtirish bo‘yicha asoslangan takliflar ishlab chiqish; 
ta’lim to‘liq xorijiy tillarda olib boriladigan ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari, 
fakultetlar salmog‘ini oshirib borish;
xorijiy fuqarolarni oliy ta’lim muassasasi tomonidan belgilanadigan tartibda o‘tkaziladigan 
suhbat asosida magistratura va doktoranturaga qabul qilish bo‘yicha tegishli me’yoriy-huquqiy hujjat 
qabul qilish; 
ta’lim xizmatlari eksportini rivojlantirish bo‘yicha xorijiy mamlakatlar bilan ta’lim sohasida 
hamkorlikni kengaytirish va ularning me’yoriy-huquqiy bazasini takomillashtirib borish;
“Study in Uzbekistan” (“O‘zbekistonda tahsil ol”) loyihasini amalga oshirish, mamlakat 
ta’lim jozibadorligini targ‘ib qiluvchi maxsus veb-portal yaratish va uni barcha oliy ta’lim 
muassasalari bo‘yicha batafsil va ishonchli ma’lumotlar bilan to‘ldirib borish; 
ta’limda brendlar, ilmiy an’analar tizimini yaratish asosida oliy ta’lim va oliy ta’lim 
muassasalari imijini shakllantirish strategiyasi bo‘yicha dastur qabul qilish;
oliy ta’lim muassasalariaro xalqaro fan olimpiadalarini tashkil etish; 
xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlari asosida kadrlar 
tayyorlash faoliyatini kengaytirish, hamkorlikda o‘tkaziladigan ilmiy konferensiyalar va seminarlar 
sonini ko‘paytirish, xalqaro ilmiy va ta’lim loyihalarini amalga oshirish; 
rivojlangan xorijiy davlatlar oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy-tadqiqot markazlari bilan 
hamkorlikda xalqaro qo‘shma ilmiy jurnallar, shuningdek ta’lim forumlari, rektorlar konferensiyalari 
va boshqa anjumanlar tashkil etish; 
oliy ta’lim muassasalari rasmiy veb-saytlarini Webometrics tashkiloti reyting tizimida 
egallagan o‘rinlarini yaxshilab borish, shu jumladan oliy ta’lim muassasalari tomonidan yetakchi 
tashkilotlar va korxonalarda bitiruvchilarning ishga joylashishi haqidagi ma’lumotlar, ta’lim 
yo‘nalishlari, magistratura mutaxassisliklari, ilmiy-texnik salohiyati, professor-o‘qituvchilar, 
infratuzilmasi, erishgan yutuqlari kabi asosiy ma’lumotlarni veb-saytlarda muntazam ravishda e’lon 
qilib borish; 
xorijiy mamlakatlarda mahalliy oliy ta’lim muassasalari filiallarini tashkil etish, qo‘shma 
ta’lim dasturlarini amalga oshirish; 
O‘zbekiston Respublikasida ta’lim olish uchun xorijiy fuqarolarni jalb etish bo‘yicha 
mahalliy va xorijiy agentliklar tomonidan konsalting xizmatlari ko‘rsatilishining me’yoriy-huquqiy 
asoslarini takomillashtirish; 
respublika oliy ta’lim tizimining xalqaro imijini yaratishda O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, xorijiy 


mamlakatlardagi elchixonalar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish, zamonaviy PR-
loyihalarni amalga oshirish; 
oliy ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida xalqaro moliya institutlari, 
yetakchi xalqaro tashkilotlar bilan aloqalarni mustahkamlash, bu borada mamlakat ta’lim tizimi 
manfaatlariga mos keluvchi innovatsion tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash. 

Download 383,32 Kb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Download 383,32 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-§. Oliy ta’lim tizimining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, xalqaro miqyosda tanilishi

Download 383,32 Kb.
Pdf ko'rish