Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 9
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
585
w
www.oriens.uz
October
2021
TA’LIM JARAYONIDA TALABALARNING AMALIY BILIMLARINI
RIVOJLANTIRISH METODIKASI
No‘manova Soxiba Ergashboyevna
Namangan muhandislik-qurilish instituti
“Bino va inshootlar qurilishi” kafedrasi o‘qituvchisi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada ta’lim jarayonida talabalarning amaliy bilimlarini
rivojlantirish, Amaliy mashg‘ulotlar samaradorligi va ta’lim oluvchilarni amaliy
mashg‘ulotga tayyorlanish sifatlari xaqida yoritilgan.
Kalit so‘zlar: O‘zbekiston Respublikasida ,oliy ta’lim ,amaliy mashg‘ulot.
ABSTRACT
This article describes the development of students' practical knowledge in the
educational process, the effectiveness of practical training and the qualities of
preparing students for practical training.
Keywords: in the Republic of Uzbekistan, higher education, practical training
АННОТАЦИЯ
В статье описывается развитие практических знаний студентов в
учебном процессе, эффективность практических занятий и качества
подготовки студентов к практическим занятиям.
Ключевые слова: в Республике Узбекистан, высшее образование,
производственная практика
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limni tizimli
isloh qilishning ustuvor
yo‘nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga
ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar
tayyorlash jarayonini sifat
jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, oliy ta’limni modernizatsiya qilish, ilg‘or ta’lim
texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini
rivojlantirish maqsadida:
1. Quyidagilar:
a) O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda — Konsepsiya) 1-ilovaga muvofiq
tasdiqlansin va
unda quyidagilar nazarda tutilsin:
oliy ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, hududlarda davlat
va nodavlat oliy ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish asosida oliy ta’lim bilan
qamrov darajasini 50 foizdan oshirish, sohada sog‘lom raqobat muhitini yaratish;