|
Oriental Renaissance: InnovativeBog'liq ta-lim-jarayonida-talabalarning-amaliy-bilimlarini-rivojlantirish-metodikasiOriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 9
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
588
w
www.oriens.uz
October
2021
elektron tarmog‘ida yoritib boriladi. Talaba mustaqil ishini nazorat qilish turlari va
uni baholash mezonlari tegishli kafedra tomonidan belgilanadi va fakul’tet
kengashida tasdiqlanadi. Mustaqil ishlarni baholash mezonlari talabalarni o‘quv yili
(semestri) boshlanishi oldidan metodik materiallar bilan tarqatiladi. Talaba mustaqil
ishi bo‘yicha belgilangan maksimal ballning 55% i dan kam bo‘lmagan ball to‘plashi
lozim, aks holda yakuniy nazoratga ruxsat etilmaydi. Talabaning mustaqil ishi
kafedra arxivida ro‘yxatga olinadi va o‘quv yili mobaynida saqlanadi. Talabaning
kurs ishi (loyihasi)ni hamda malakaviy bitiruv ishi yoki magistrlik dissertatsiyasini
ro‘yxatga olish va saqlash tartibi tegishli me’yoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Amaliy mashg‘ulotlar samaradorligi ta’lim oluvchilarni amaliy mashg‘ulotga
tayyorlanish sifati bilan aniqlanadi. Ma’ruza va yangiliklar bilan chiquvchi, ta’lim
oluvchilarning tayyorgarligi ahamiyatga ega bo‘ladi. Xar bir mashg‘ulot uchun
texnologik xaritalar ishlab chiqiladi. O‘quv maqsadlari muayyan ta’lim jarayoni
yakunida ta’lim oluvchi tomonidan o‘zlashtirilishi, yangi hosil qilinishi lozim bo‘lgan
bilim, hatti-harakat bilan bog‘liq bo‘lgan amaliy topshiriqni uddalay olish mahorati,
shaxsiy fazilatlar va xulqni belgilaydi.
XULOSA
Har bir fanning o‘quv maqsadlari to‘g‘ri belgilanishi muhim ahamiyatga ega.
Umumiy o‘quv maqsadlarining mazmuni yo‘naltiruvchi maqsadlardan kelib chiqib
belgilanadi. O‘qituvchi tomonidan amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish texnologiyasi,
dars ishlanmasi va texnologik xaritasi ishlab chiqiladi. Har bir mashg‘ulot bo‘yicha
dars ishlanmalari va texnologik xaritalarni ishlab chiqish o‘quv jarayonini to‘laqonli
loyihalashtirish hamda samarali tashkil qilish imkonini beradi. Talaba tomonidan
mustaqil ishni bajarishda ularning faoliyati tizimida ko‘rsatilgan har bir
elementlarning muvaffaqiyatli harakatlanishi o‘qituvchini quyidagi boshqaruv
harakatlarini aniqlaydi: rejalashtirish, tashkillashtirish hamda monitoring va baholash.
O‘zini o‘zi tekshirish uchun har bir o‘quv mashg‘ulotiga tavsiya etilayotgan topshirik
(test, savol, vazifa va mashqlar) joriy pedagogik nazoratni va talaba tomonidan
kuzatilgan ta’limiy maqsadlarga erishish darajasini doimiy o‘zi baholanish
ta’minlaydi.
REFERENCES
1. Azizxo‘jayeva.N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik maxorat.T.: 2003.
2. Karimov I.A. Barkamol avlod O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. T: «Sharq»
nashriyoti, 1998 y.
|
| |