Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 9
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
587
w
www.oriens.uz
October
2021
ishchi dasturlari hamda kalendar tematik rejalariga qat’iy amal qilingan holda
o‘tkaziladi. Amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish bo‘yicha zarur adabiyotlar ro‘yxati
beriladi. Ma’ruza darsi mavjud bo‘lgan amaliy mashg‘ulotlarda asosan ma’ruza
darslarida o‘tilgan materiallar mashqlar bajarish yordamida mustahkamlanadi.
Amaliy mashg‘ulot quyidagi maqsadlarga erishish uchun qo‘llaniladi:
-nazariy materialni tartibga solish.
-ko‘nikmalarni hosil qilish.
-bilimlarni nazorat qilish.
Amaliy mashg‘ulotlar samaradorligi ta’lim oluvchilarni amaliy mashg‘ulotga
tayyorlanish sifati bilan aniqlanadi. Ma’ruza
va yangiliklar bilan chiquvchi, ta’lim
oluvchilarning tayyorgarligi ahamiyatga ega bo‘ladi. Har bir mashg‘ulot uchun
texnologik xaritalar ishlab chiqiladi.
O‘quv maqsadlari muayyan ta’lim jarayoni yakunida ta’lim oluvchi tomonidan
o‘zlashtirilishi, yangi hosil qilinishi lozim bo‘lgan bilim, hatti-harakat bilan bog‘liq
bo‘lgan amaliy topshiriqni
uddalay olish mahorati, shaxsiy fazilatlar va xulqni
belgilaydi. Har bir fanning o‘quv maqsadlari to‘g‘ri belgilanishi muhim ahamiyatga
ega. Umumiy o‘quv maqsadlarining mazmuni yo‘naltiruvchi
maqsadlardan kelib
chiqib belgilanadi. O‘qituvchi tomonidan amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish
texnologiyasi, dars ishlanmasi va texnologik xaritasi ishlab chiqiladi. Har bir
mashg‘ulot bo‘yicha dars ishlanmalari va texnologik xaritalarni ishlab chiqish o‘quv
jarayonini to‘laqonli loyihalashtirish hamda samarali tashkil qilish imkonini beradi.
Talabalar mustaqil ishini baholash. TMI natijalari amaldagi "Oliy ta’lim
muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va
baholashning reyting tizimi
to‘grisidagi Nizom"ga
1
asosan baholab boriladi.
Har bir fan bo‘yicha talaba mustaqil ishiga rahbarlik qilish yuklamasi professor
– o‘qituvchi shaxsiy ish rejasining o‘quv ishlari bo‘limida qayd etiladi. Kurs ishi
(loyiha) malakaviy bitiruv ishi va magistrlik dissertatsiyasi
tayyorlashga ajratilgan
soatlar, professor – o‘qituvchi shaxsiy ish rejasining o‘quv ishlari bo‘limida qayd
etiladi. Talabaning mustaqil ishiga rahbarlik qilish kafedraga tuziladigan va fakul’tet
dekani tomonidan tasdiqlanadigan konsultatsiyalar jadvali asosida amalga oshiriladi.
Talaba mustaqil ishi JB,OB va YaB turlarida baholanadi
va talabaning umumiy
reytingiga kiritiladi. Talabalar reyting daftarchasi qayd etiladigan mustaqil ishlarini
baholash «Talabalar bilimini baholashning reyting tizimi to‘g‘risidagi Nizom»
asosida amalga oshiriladi. Talabalar reyting ko‘rsatkichlari,
shu jumladan mustaqil
ishi bo‘yicha, an’anaviy guruh reyting oynasiga va (yoki) fakul’tetning maxsus