Oriental Renaissance: Innovative




Download 388,99 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana11.12.2023
Hajmi388,99 Kb.
#116263
1   2   3   4   5
Bog'liq
ta-lim-jarayonida-talabalarning-amaliy-bilimlarini-rivojlantirish-metodikasi

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 9 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
586 
w
www.oriens.uz
October 
2021
 
O‘zbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetini 
mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarining flagmaniga aylantirish; 
respublikadagi kamida 10 ta oliy ta’lim muassasasini xalqaro e’tirof etilgan 
tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher 
Education yoki Academic Ranking of World Universities) reytingining birinchi 1 000 
ta o‘rindagi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga, shu jumladan O‘zbekiston Milliy 
universiteti va Samarqand davlat universitetini birinchi 500 ta o‘rindagi oliy ta’lim 
muassasalari ro‘yxatiga kiritish; 
oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini bosqichma-bosqich kredit-modul 
tizimiga o‘tkazish; 
xalqaro tajribalardan kelib chiqib, oliy ta’limning ilg‘or standartlarini joriy etish, 
jumladan o‘quv dasturlarida nazariy bilim olishga yo‘naltirilgan ta’limdan amaliy 
ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim tizimiga bosqichma-bosqich 
o‘tish; 
oliy ta’lim mazmunini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, ijtimoiy soha va 
iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror rivojlanishiga munosib hissa qo‘shadigan, mehnat 
bozorida o‘z o‘rnini topa oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini yo‘lga 
qo‘yish; 
oliy ta’lim muassasalarining akademik mustaqilligini ta’minlash; 
xorijiy investisiyalarni keng jalb qilish, pullik xizmatlar ko‘lamini kengaytirish 
va boshqa byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga oliy ta’lim muassasalarida 
texnopark, forsayt, texnologiyalar transferi, startap, akselerator markazlarini tashkil 
etish hamda ularni tegishli tarmoq, soha va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishini tadqiq qiluvchi va prognozlashtiruvchi ilmiy-amaliy muassasalar 
darajasiga olib chiqish; 
oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, ilmiy izlanuvchilari, 
doktorantlari, bakalavriat va magistratura talabalarining yuqori impakt-faktorga ega 
nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar chop etishi, maqolalarga iqtiboslik 
ko‘rsatkichlari oshishi, shuningdek respublika ilmiy jurnallarini xalqaro ilmiy-texnik 
ma’lumotlar bazasiga bosqichma-bosqich kiritilishini ta’minlash; 
O‘zbekiston oliy ta’lim tizimini Markaziy Osiyoda xalqaro ta’lim dasturlarini 
amalga oshiruvchi «xab»ga aylantirish; 

Download 388,99 Kb.
1   2   3   4   5




Download 388,99 Kb.
Pdf ko'rish