G’afur g’ulom shum bola asari




Download 1,1 Mb.
bet2/4
Sana21.05.2024
Hajmi1,1 Mb.
#247917
1   2   3   4
Bog'liq
Botirova Dilafruz Abduvoxidovnaning dinshunoslik fanidan mustaqil ishi

Kitob haqida batafsil malumot quyidagicha, kitobxonlar tomonidan juda katta qiziqish bilan o'qilmoqda. Kitobning mazmuni o'quvchini befarq qoldirmaydi. Kitob keng o'quvchilar ommasiga mo'ljallangan. Kitob haqida qisqacha gap shundan iborat

Sir emas, hozirda G`afur G`ulom nomi tilga olinsayoq xayolimizga uning sho`ro yozuvchisi ekanligi, she`rlarida sho`roni kuylagani keladi — xafsalamiz sovigandek bo`ladi. Bugun, yubiley bahona adibning asarlarini qayta varaqlarkan, beixtiyor “keyingi yillarda qaror topgan bu xil munosabat adolatdan yiroqroq tushmaydimi” degan andisha tug`iladi...

  • Sir emas, hozirda G`afur G`ulom nomi tilga olinsayoq xayolimizga uning sho`ro yozuvchisi ekanligi, she`rlarida sho`roni kuylagani keladi — xafsalamiz sovigandek bo`ladi. Bugun, yubiley bahona adibning asarlarini qayta varaqlarkan, beixtiyor “keyingi yillarda qaror topgan bu xil munosabat adolatdan yiroqroq tushmaydimi” degan andisha tug`iladi...

G`afur G`ulomning keng ommaga ma`lum va suyuk qissasi —“Shum bola”ga hozirda ko`proq sarguzasht asar, kulgi asari deb qaraymiz. Ha, chindan ham Shum bolaning turfa xangomalarga boy sarguzashti, undagi ichakuzdi holatlar shunday o`ylashimizga asos berar. Biroq, e`tibor qilinsa, adibning kulgisi, sarguzashtli syujet botinida uning zamonasi haqidagi anchagina jiddiy o`y-fikrlari, tahliliy mulohazalari yotganini ham ko`rishimiz mumkin bo`ladi.
Ma`lumki, Shum bola hikoyasini o`zi o`sgan muhit bilan tanishtirishdan (shu o`rinda bir shartni qabul qilaylik: bu, aslida, o`smirlik paytidagi hayotning adib xotirasida tiklangan eng muhim nuqtalaridir) boshlaydi. Shum bolaning aytishicha, uning singari “bozorda sanqib yurgan daydi bolalar uchun quvonchli ermaklardan biri bozor, mahalla, ko`cha-ko`y jinnilari edi. O`sha yillari Toshkentda shunaqa ham jinni ko`p ediki, sanab sanog`iga yetolmaysiz”. Jinnilarning fe`l-atvoridagi kulgili holatlarni hikoya qilarkan Shum bola ularning foje taqdiriga oid tafsilotlarga ham to`xtaladi.

Ma`lumki, qissada tasvirlangan davr Turkistonda kapitalistik iqtisodiy munosabatlar qaror topa boshlagan paytga to`g`ri keladi. Bunaqa sharoitda esa, tarixdan yaxshi ma`lum, jamiyatda tabaqalanish kuchayadi: evini qilolganlar o`ta boyib, eplana olmaganlar qashshoqlashib boradi. Yangicha sharoitga tez moslashganlar “yangi boylar” qatlamini tashkil qiladiki, ularda zeb-hashamga, dabdabaga o`chlik ko`riladi. Xalqimiz bu xil fe`l-atvorni oddiygina qilib “pul quturtirgan”, “ko`rmaganning ko`rgani qursin” tarzida izohlasa-da, bu oddiy iboralar o`zida hodisaning ijtimoiy-psixologik asoslarini mujassam etadi. Gap shundaki, “yangi boylar” qo`lga kirgan katta davlatni xudoning bergani deb emas, avvalo, o`zlarining oqilligiyu abjirligi mahsuli deb biladi. Bu esa ularda o`zlarining o`zgalardan ustunligi tuyg`usini paydo qiladiki, ular beixtiyor buni barchaga tan oldirish, namoyish etish payidan bo`ladilar.

  • Ma`lumki, qissada tasvirlangan davr Turkistonda kapitalistik iqtisodiy munosabatlar qaror topa boshlagan paytga to`g`ri keladi. Bunaqa sharoitda esa, tarixdan yaxshi ma`lum, jamiyatda tabaqalanish kuchayadi: evini qilolganlar o`ta boyib, eplana olmaganlar qashshoqlashib boradi. Yangicha sharoitga tez moslashganlar “yangi boylar” qatlamini tashkil qiladiki, ularda zeb-hashamga, dabdabaga o`chlik ko`riladi. Xalqimiz bu xil fe`l-atvorni oddiygina qilib “pul quturtirgan”, “ko`rmaganning ko`rgani qursin” tarzida izohlasa-da, bu oddiy iboralar o`zida hodisaning ijtimoiy-psixologik asoslarini mujassam etadi. Gap shundaki, “yangi boylar” qo`lga kirgan katta davlatni xudoning bergani deb emas, avvalo, o`zlarining oqilligiyu abjirligi mahsuli deb biladi. Bu esa ularda o`zlarining o`zgalardan ustunligi tuyg`usini paydo qiladiki, ular beixtiyor buni barchaga tan oldirish, namoyish etish payidan bo`ladilar.

Yuqorida aytdikki, davrning jadidlar tanqid qilgan deyarli barcha illatlari “Shum bola” badiiy voqeligida u yoki bu darajada o`z ifodasini topgan. Qissadagi hayot tasviridan “ortiq bu tarzda yashab bo`lmaydi, jamiyat isloh qilinishi kerak” degan xulosa kelib chiqadiki, bu ham jadidlar qarashlariga hamohang. O`rtadagi farq esa, bizningcha, tasvir rakursida xolos: jadidlardan farq qilaroq, G`.G`ulom mehnatkash xalq hayotini “ichdan” tasvirlaydi. YA`ni, adib bu hayotni yashab o`tgan, sirtdan kuzatib bilgan emas. Bas, inqilobdan so`ng mehnatkashlar hayotida ozmi-ko`pmi ijobiy o`zgarishlar bo`lgan ekan, ularga adibning munosabati ijobiy bo`lmasligi mumkinmi edi?! Hozirda bu nav munosabatga, aytaylik, jadidlar munosabati yoki bugunda shakllangan munosabatni qarama-qarshi qo`yish to`g`rimikan?!

Download 1,1 Mb.
1   2   3   4




Download 1,1 Mb.