|
Galogenlar va ular birikmalarining qo‘llanilishi
|
bet | 4/5 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 94,54 Kb. | | #150111 |
Bog'liq Galogenlar va ular birikmalarining qo‘llanilishiCl2O + H2O = 2HClO
Cl2O + 2NaOH = 2NaClO + H2O
HClO- kuchli oksidlovchi, ammo kuchsiz kislotadir. Suvli eritmalarida barqaror bo’lib, uzoq vaqt saqlansa parchalanib ketadi. Gipoxlorit kislota va uning tuzlari qizdirilganda xlorat kislota va uning tuzlari hosil bo’ladi:
Xlor (IV)- oksidi sabzi rangli, o’tkir hidli beqaror, portlovchi gazdir. Xloratlarga qaytaruvchilar ta'sir ettirib olinadi:
2KClO3+SO2+H2SO4 =2ClO2+2KHSO4.
ClO2 ga to’g’ri keladigan kislota olinmagan, lekin u suv bilan birikib, xlorit- HClO2 va xlorat- HClO3 kislotalarni hosil qiladi:
2СlO2 + H2O = HClO2 + HClO3
Xlorit va xlorat kislotalar suvli eritmalarida mavjud bo’ladi. Xlor (IV)- oksidi ishqorlar bilan reaksiyaga kirishib, xlorit va xlorat kislota tuzlarini hosil qiladi:
2ClO2 +2KOH = KClO2 + KClO3+ H2O
Xlorat kislota va uning tuzlari qizdirilganda parchalanib perxloratlarni hosil qiladi:
Xlor (VI)- oksidi Cl2O6 havoda tutaydigan to’q qizil suyuqlik, yonuvchi moddalarga tegsa darhol portlaydi. Xlor (IV)- oksidini ozon yordamida oksidlab olinadi:
2СlO2 +2O3 =Cl2O6 +2O2
Cl2O6 ga muvofiq kislota olinmagan, ammo u suv bilan birikib xlorat va perxlorat kislotalarni hosil qiladi:
Сl2O6 +H2O= HClO3 +HClO4
Xlor (VII)- oksidi rangsiz moysimon suyuqlik bo’lib, xlorning boshqa oksidlariga qaraganda beqaroroqdir. Xlorat kislotani fosfor oksidi yordamida suvsizlantirib olinadi:
4HClO4 + P4O10 = 2Cl2O7 +4HPO3
Xlor (VII)- oksidi suv bilan reaksiyaga kirishib, perxlorat kislotani hosil qiladi:
Cl2O7 + H2O = 2HClO4
Perxlorat kislotasi suvli eritmalarida eng kuchli kislota hisoblanadi. Xlorni kislorodli kislotalarining oksidlanish darajasi ortishi bilan barqarorligi ortib boradi, lekin oksidlovchilik xossalari kamayib boradi.
HClO → HClO2 → HClO3 → HClO4
Brom to’q qizg’ish-qora tusli suyuqlik, bug’lari o’tkir hidli to’q sarg’ish rangli, bog’uvchi gaz. Bromning elektronga moyilligi xlornikidan kichik.
Iod-qoramtir binafsha rangli, metallsimon yaltiroq modda. Qizdirilganda u to’g’ridan-to’g’ri bug’lanadi. Bug’ holatida iod ikki atomli molekuladan iborat. Iod suvda yomon eriydi, CS2, CCl4 larga o’hshash qutblanmagan erituvchilarda yahshi erib, binafsha rangli eritmalar hosil qiladi. Iod oddiy sharoitda ftor bilan, qizdirilganda vodorod, kremniy, oltingugurt va boshqa ko’pgina metallmaslar bilan reaksiyaga kirishadi. Iodning oksidlovchi hossasi xlor va bromnikiga qaraganda kuchsizroq namoyon bo’ladi:
Br2 + SO2 + 2H2O→2HBr + H2SO4
H2S + J2 →2HJ + S
Bromning Br2O, BrO2, BrO3 va Br2O7 tarkibli kislorodli birikmalari ma’lum. Bromning gipobromit HBrO va bromat HBrO3 kislotalari mavjud. Gipobromit kislota bromni simob (II) oksid ishtirokida suvda eritib olinadi.Gipobromit kislota gipobromitlari termik beqaror bo’lgani uchun qizdirilganda disproportsiyalanadi:
3KBrO → 2KBr +KBrO3
Bromat kislota bariy bromatga suyiltirilgan sulfat kislota ta’sir ettirib olinadi: Ba(BrO3 )2 + H2SO4→ BaSO4 +2HBrO3
Bundan tashqari bromli suvga xlor ta’sir ettirib ham bromat kislota olish mumkin. Br2 + 6H2O + 5Cl2 → 2HBrO3 + 10HCl
Bromatlar bromitlarni termik parchalab yoki xloratlarga bromidlar ta’sir ettirib olinadi: KClO3 + KBr → KBrO3 + KCl
Texnikada bromatlar KBr va NaBr eritmalarini elektroliz qilib olinadi.
Iodning J2O va J2O5 tarkibli kislorodli birikmalari ma’lum. J2O5 oq rangli kristall modda bo’lib suv bilan shiddatli reaksiyaga kirishadi:
J2O5 + H2O → 2HJO3
J2O5- kuchli oksidlovchi bo’lgani uchun H2S, HCl va CO lar bilan reaksiyaga kirishadi:
5H2S + J2O5 →J2 + 5S + 5H2O
5CO + J2O5 →J2 +5CO2
Iodning gipoiodit HJO, iodat HJO3 va periodat HJO4 tarkibli kislorodli kislotalari bor. Agar iodga ishqor ta’sir ettirilsa, avval gipoioditlar, so’ng ular iodatlarga va iodidlarga parchalanadi:
J2 + 2KOH→ KJ +KJO + H2O
3KJO → 2KJ +KJO3 Iodat kislotani iodga nitrat kislota yoki xlorli suv ta’sir ettirib hosil qilinadi:
3J2 + 10HNO3→ 6HJO3 + 10NO + 2H2O
J2 +5Cl2 + 6H2O→ 2HJO3 +10HCl Galogenlar bir birlari bilan birikib, asosan birlamchi va uchlamchi birikmalar hosil qiladi. Bulardan BrCl, JCl, JCl3, JBr lardan boshqa barcha birikmalar ftor galogenlardir.
|
| |