• 3. Xlorning vodorodli va kislorodli birikmalari
  • Galogenlar va ular birikmalarining qo‘llanilishi




    Download 94,54 Kb.
    bet3/5
    Sana01.02.2024
    Hajmi94,54 Kb.
    #150111
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Galogenlar va ular birikmalarining qo‘llanilishi

    6KCl + K2Cr2O7 +7H2SO4 = 3Cl2 +Cr2(SO4 )3 + 4K2SO4 +7H2O
    Xlor sarg’ish- yashil, o’tkir hidli, zaharli gazdir. Havodan 2,5 marta og’ir, 1 hajm suvda 2,3 hajm xlor eriydi. 00Сda, 400 kPa bosimda suyuqlanadi, ρ=1,57 g/sm3, tsuyuq=-340С, tqay=-1010C. Xlorli suv sovitilsa Cl2·6H2O, Cl2·8H2O tarkibli kristallogidratlar hosil bo’ladi. Xlor kimyoviy faol bo’lgani uchun metallar va metallmaslar bilan reaksiyaga kirishadi. Masalan:
    2Al + 3Cl2 = 2AlCl3 + 1405 kDж
    2Fe + 3Cl2 = 2FeCl3 + 804 kDж
    2P + 3Cl2 = 2PCl3, 2P + 5Cl2 = 2PCl5
    Si + 2Cl2 = SiCl4 + 185 kDж, H2 + Cl2 = 2HCl + 185kDж
    Xlor kislorod, azot va inert gazlar bilan reaksiyaga kirishmaydi, lekin xlor ko’pchilik murakkab moddalar bilan reaksiyaga kirishadi. Masalan:
    CH3 -CH3 +Cl2 CH3 -CH2Cl + HCl
    CH2 = CH2 +Cl2 CH2Cl -CH2Cl
    Xlor qizdirilganda o’zidan keyingi turgan galogenlarni birikmalaridan siqib chiqaradi:
    Cl2 + 2HBr = 2HCl + Br2
    Cl2 + 2NaBr = 2NaCl + Br2
    Cl2 + 2HJ = 2HCl + J 2
    Cl2 + 2KJ = 2KCl + J 2
    Xlor suv bilan reaksiyaga kirishib, xlorid va gipoxlorit kislotalarni hosil qiladi:
    Cl2 + H2O HCl+ HClO-25kDж
    3. Xlorning vodorodli va kislorodli birikmalari

    Vodorod xlorid laboratoriya sharoitida osh tuziga konsentrlangan H2SO4 ta'sir ettirib olinadi:
    NaCl + H2SO4 = HCl + NaHSO4
    NaHSO4 + NaCl = HCl + Na2SO4
    Sanoatda esa xlor va vodorod gazlarini yoqib olinadi:
    H2+Cl2 =2HCl. Vodorod xlorid o’tkir hidli rangsiz gazdir, havodan 1,3 marta og’ir, 00С da 1 hajm suvda 500 hajm vodorod xlorid erib, xlorid kislotani hosil qiladi. Xlorid kislota rangsiz suyuqlik bo’lib, nam havoda tutaydi, konsentrlangan eritmasi 37% -li bo’lib, zichligi 1,19 g/ sm3ga tengdir.
    Xlorid kislota kuchli kislota bo’lgani uchun metallar, asosli oksidlar, asoslar va ba'zi tuzlar hamda gazlar bilan reaksiyaga kirishib, xlorid kislota tuzlarini hosil qiladi.
    Xlorid kislota tuzlari. Xlorid kislota me'da shirasi tarkibida bo’lib, u ovqat hazm qilish, fermentlar faoliyatini me'yorida ushlab turishga xizmat qiladi. Natriy xlorid- NaCl osh tuzi qonning osmotik bosimi doimiy bo’lishini hamda eritrotsitlar faoliyatining me'yorida saqlanishini ta'minlaydi. Kaliy xlorid-KCl kaliyli o’g’it, bariy xlorid- BaCl2∙2H2O qishloq xo’jaligida insektitsid (zararli hashoratlarga ishlatiladigan kimyoviy moddalar) modda sifatida, simob (II)- xlorid- HgCl2- urug’larni dorilashda, rux xlorid- ZnCl2 -yog’och materiallarini dizenfeksiya qilishda, alyuminiy xlorid- AlCl3 Fridel-Krafts reaktsiyasi uchun katalizator sifatida, kumush xlorid- AgCl fotografiyada, kalsiy xlorid- CaCl2 tibbiyotda ishlatiladi.
    Xlorning kislorodli birikmalari. Xlor bilan kislorod bevosita birikmaydi, lekin bilvosita yo’llar bilan xlorning Cl2O(I)- oksid, ClO2- xlor (IV)- oksid, Cl2O6-xlor (VI), Cl2O7-xlor (VII)-oksidlari olingan. Xlor(I)- oksidi yoki gipoxlorit angidridi, sarg’ish - jigar rang, qo’lansa xidli, gazdir. U salgina isitilsa yoki biror moddaga tegib ketsa darxol portlaydi. Simob (II)- oksidiga 00С haroratda xlor ta'sir ettirib olinadi, xona haroratida esa parchalanib ketadi:

    Xlor (I)- oksidi ishqorlar, suv bilan reaksiyaga kirishib gipoxlorit kislotasini va uning tuzlarini hosil qiladi:

    Download 94,54 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 94,54 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Galogenlar va ular birikmalarining qo‘llanilishi

    Download 94,54 Kb.