|
Galogenlar va ular birikmalarining qo‘llanilishi
|
bet | 2/5 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 94,54 Kb. | | #150111 |
Bog'liq Galogenlar va ular birikmalarining qo‘llanilishiXe+F2 = XeF2 ёки Xe+3F2 = XeF6
Ftoridlarga konsentrlangan sulfat kislota ta'sir ettirilsa vodorod ftorid hosil bo’ladi:
KF + H2SO4 = HF + KHSO4
CaF2 +H2SO4 = 2HF + CaSO4
Vodorod ftorid o’tkir qo’lansa hidli, rangsiz gaz, tc=–83 0C, tq= 19,5 0C ga teng. HF qutbli molekulalardan iborat bo’lgani uchun suyuq va qattiq holatda ham kuchli assotsilangan bo’ladi. Vodorod ftorid suvda erib, 40%- li ftorid kislotasini (plavik kislotasini) hosil qiladi. HF kuchsiz bir asosli kislota bo’lib, Au va Pt dan tashqari ko’pgina metallarni o’zida eritadi, hatto shisha oynasini ham eritadi:
Na2O*CaO*6SiO2 +28НF =6SiF4 +2NaF+CaF2 +14H2O
Plavik kislotani shu xossasidan foydalanib shisha oynalarga yozuvlar, har hil bezaklar beriladi. Na, K, Ag, Al va Sn ftoridlari suvda yaxshi eriydi.
Bu kislotaning barcha tuzlari hayot uchun xavflidir.
Ftorni kislorodli birikmalaridan F2O, F2O2, F2O3 va F2O4 lar ham ma'lumdir. Ftor (I)- oksidi 2%- li natriy gidroksid eritmasi orqali ftor gazi o’tkazib olinadi:
2F2 +2NaOH=F2O+2NaF+H2O
F2O juda zaharli, rangsiz gazdir. Ftor va kislorod aralashmasi sovitilib, unga elektr zaryadi ta'sir ettirish yo’li bilan sariq kristall modda F2O2 olinadi.
37 (24,6%) ва 1735Cl (75,4%) iboratdir. Sun'iy Tabiiy xlor ikki izotopdan 17Сl ravishda 5ta radioaktiv izotopi olingan. Xlor tabiatda birikmalar holida uchraydi. Uning birikmalari yer po’stlog’i massasini 0,25%- ni tashkil etadi. Xlorni tabiatda quyidagi birikmalari uchraydi: osh tuzi- NaCl, kaliy xlorid- KCl, silvinit- NaCl·KCl, magniy xlorid- MgCl2·6H2O, karnalit- KCl·MgCl2·6H2O, kainit- MgSO4·KCl·3H2O va boshqalar. Xlor birikmalari okean, dengiz va ko’llarning suvlarida 0,8-3,5% gacha bo’ladi. O’zbekistonda 5ta tosh tuzi koni- Xo’jaikon, Tubaket, Boybichakon va Oqqala konlarida 90 milliard tonna xomashyo bor.
Sanoatda dastlab xlor vodorod xloridni 400 0C haroratda CuCl2 katalizatori ishtirokida oksidlash orqali olinar edi:
4HCl+O2 = 2Cl2 +2H2O
Hozirgi vaqtda xlor osh tuzini suyuqlanmasini elektroliz qilib olinadi:
Osh tuzini suvli eritmasini elektroliz qilinganda ham xlor hosil bo’ladi
Laboratoriya sharoitida xlor quyidagi reaksiyalar orqali olinadi:
4HCl + MnO2 = Cl2 + MnCl2 + 2H2O
4HCl + PbO2 = Cl2 + PbCl2 + 2H2O
16HCl + 2KMnO4 = 5Cl2 + 2MnCl2 + 2KCl + 8H2O
|
| |