• - TAJRIBA ISHI
  • Kerakli jihozlar
  • -rasm. Ishning bajarish tartibi




    Download 1.33 Mb.
    bet7/14
    Sana01.06.2022
    Hajmi1.33 Mb.
    #22575
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
    Bog'liq
    2-semestr ucun fizika fanidan tajriba ishlari
    Меҳнат як намуди фаъолиятест, Kurs ish ABBOS TJMO.doc, kurs1, 9-mavzu O’zbekiston respublikasida ta’lim sohasida amalga oshir, INGLIZ, JAMOANI SHAKILLANTIRISH, XTBga taqdimnoma, 6-sin Burchoqdoshlar oilasi, Проект АР КР (1), қўл-ва-оёқ-суяклари, МУСТАКИЛ ТАЪЛИМ БЎЙИЧА КЎРСАТМА, REFERAT, 7, 88 (25)
    3-rasm.


    Ishning bajarish tartibi

    1. Sxemani 220V kuchlanishli o’zgaruvchan tok tarmog’iga ulang.

    2. Yorug’lik manbaini idish tubidan parallel nurlar o’tadigan qilib sozlang. Bunda yorug’lik idish devoriga tegmasdan, fotoelementga tushishi kerak.

    3. Lyuksmetr yordamida idish tubida suyuqlik bo’lmagandagi yorug’lik oqimini aniqlang. (Masalan, lyuksmetrni ko’rsatishini yoritgich elektr manbai yoki yoritgich diafragmasi orqali 100lk qilib oling).

    4. Idishga qalinligi 1sm dan suyuqlik quyib lyuksmetr ko’rsatishini yozib olamiz.

    5. Shunday yo’l bilan har santimetrda o’lchab, (7sm gacha) Ei- qiymatlarni olamiz. Ma'lum bo’lganlardan quyidagi jadvalni to’ldiramiz.




    1. Tablitsadan foydalanib, grafigini chizing. Hosil bo’lgan chiziqni qiyalik burchagi tangensi son jixatdan suyuqlikni yutish koeffitsiyentiga teng bo’ladi.

    25-jadval



    sm)

    Ei (lk)









    1



















    2



















    3



















    4



















    5



















    5 - TAJRIBA ISHI


    Difraksion panjara yordamida yoruglikning to’lqin
    uzunligini aniqlash.


    Ishning maqsadi: difraksiya hodisasining fizik mazmunini va difraksion panjara yordamida yorug’lik to`lqin uzunligini o’lchash usuli bilan tanishish.
    Kerakli jihozlar: Yorug`lik to`lqin uzunligini aniqlash uchun mo`ljallangan qurilma, difraksion panjara, cho`glanma elektr lampasi.


    Nazariy qism
    Yorug`lik nurlarini yo`lida uchraydigan kichik tirqish orqali o`tib ekranda yorug` va xira yo`llar hosil qilishiga, ya’ni nurlarning to`g`ri chiziq bo`ylab tarqalishidan chetlashishiga, yorug`lik difraksiyasi deyiladi. Difraksiya hodisasini Gyuygens prinsipi asosida tushintirish mumkin. Bu prinsipga ko`ra, to`lqin frontning har bir nuqtasini elementar to`lqinlar hosil qiluvchi mustaqil manba deb qarash mumkin. Nurning to`lqin uzunligi qisqa bo`lganligi uchun to`g`ri chiziqli tarqalishdan chetga chiqishi oz bo`lsa buni kuzatishda nurni juda kichik tirqishdan o`tkazish lozim. Odatda Tajriba ishlarida har bir millimetrida 100 tagacha tirqishlari bo`lgan oddiy shisha difraksion panjara ishlatiladi.
    Difraksion panjaraning parametrlaridan biri difraksion panjara davri bo`lib hisoblanadi. Difraksion panjara davri (doimiysi) deb tirqish kengligi bilan tirqishlar orasidagi masofaning yig`indisiga aytiladi (d= a+b) (1-rasm).

    1-rasm

    2-rasmda esa ko`p burchaklar ostida beriladigan nurlar ko`rsatilgan. Agar yorug`lik manbaidan chiqadigan nur murakkab yorug`likdan iborat bo`lsa, ekranda hosil bo`ladigan tasvir rangli bo`ladi. Bunda rangli tasmalar qora tasmalar bilan ajratilgan bo`ladi. Ekrandagi bundan rangli tasvirga difraksion spektr deyiladi. Spektrlarda hosil bo`ladigan difraksion maksimumlar quyidagi shartga asosan topiladi:


    k sin φ=  bunda  - ikki chetki nurlar orasidagi yo`l farqi. Agar butun to`lqin uzunligiga karrali bo`lsa, ya’ni  =   , unda A nuqtada maksimum kuzatiladi.
    d φ sinp =k  l (1) k = 0, l, 2, 3...
    (1) tenglamadan  - ni topamiz
    (2)
    Odatda difraksion panjaraga murakkab yorug`lik tushganda bitta spektr o`rnida spektrlar seriyasi hosil bo`ladi (2-rasm).

    2-rasm
    k - 0 bo`lganda (3-rasm) φ = o, bunda markaziy oq tasma, yorug`lik man-baining rangiga mos keladi. k = 1 bo`lganda, oq tasmaning ikki tomonidan simmetrik ravishda rangli tasmalar hosil bo`ladi, bu tasma binafsha nurdan boshlanib, qizil rangda tugallanadi.

    3-rasm

    Hosil bo`lgan spektrga birinchi tartibli spektr deyiladi. Spektrning qizil sohasi binafsha nurga nisbatan kattaroq burchakka siljigan bo`ladi. k = 2 bo`lganda ikkinchi tartibli spektr va hokazo tartibli spektrlar hosil bo`ladi.


    Difraksion panjara yordamida to`lqin uzunligini Tajriba usulida aniqlash maqsadida 4-rasmda keltirilgan sxemadan foydalanish mumkin. Bu sxemada lampadan parallel nurlar tirqish orqali difraksion panjaraga tushiriladi. Kuzatuvchi difraksion panjara orqali qaraganda tirqish joylashgan shkalada spektrlarni kuzatadi. Birinchi tartibli spektrda binafsha nurlar orasidagi masofa "a" va shkala bilan difraksion panjara orasidagi masofa "b" bo`lsin (2) formuladan  ni topish uchun b>>a shortdan foydalanib sin φ ≈ tg φ va 4-rasmdan
    (3)
    ekanini ko’rish mumkin

    4-rasm


    (3) ifodani (2) formulaga qo’ysak: (4)




    Download 1.33 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




    Download 1.33 Mb.