E.Yu.K.= e002 /2OH- -E0Cu2+/Cu = +0,40-(-0.05)= +0.45 V
Demak, ammiakli eritmada Si xavo kislorodi bilan oksidlanadi, chunki reaksiyaning e. Yu. K. musbat qiymatga ega.
Elektroliz - bu elektr toki ta’sirida elektrolit eritmalarda yoki suyuqlanmalarda boradigan oksidlanish-qaytarilish protsessidir.
Elektrolizni amalga oshirish uchun o‘zgarmas tok manbaidan foydalaniladi. Elektrodlar ikki xil bo‘ladi:
1) erimaydigan - ularga grafit, platina, oltin kiradi (erimaydigan elektrodlar ximiyaviy protsessda ishtirok etmaydi, ular faqat elektron o‘tkazgich vazifasini o‘taydi.);
2) eriydigan elektrodlar jumlasiga yuqorida ko‘rsatilgan metallardan boshqa hamma metall elektrodlar kiradi. Bu elektrodlar elektrolizda anod sifatida kullanilganida eritmaga o‘z ionlarini berib, erib ketadi.
Eruvchan anod elektroddan foydalanib, toza metallar olinadi. Bunda elektroliz protsesi tozalanayotgan metall tuzining eritmasida olib borilishi kerak. Sanoatda tuzlarning eritmalarini elektroliz qilib, Cu, Zn, Cd, Ni, So, Mn va boshqa metallar olinadi. Bu metod yordamida bir metall boshqa metall bilan koplanadi. Bu metod galvanostegiya deyiladi.
Katod elektrodda elektrolitning musbat zaryadlangan ionlari elektron qabul qilib zaryadsizlanadi. Qaysi ion oldin zaryadsizlanishi metallning kuchlanishlar qatorida vodorodga nisbatan joylanishiga, uning konsentratsiyasiga va ayrim xollarda elektrod potensialiga bog‘liq bo‘ladi.
Bir xil sharoitda noaktiv metallar ionlari, ya’ni kuchlanishlar qatorida vodoroddan keyin (o‘ngda) joylashgan metall oson zaryadsizlanadi, ba’zan chapdagi metall ionlari oson zaryadsizlanadi.
Suvdagi eritmalarda kuchlanishlar qatorida Al gacha bo‘lgan aktiv metallar ionlari kaytarilmaydi. Anodda elektrolit anionlaridan faqat kislorodsiz kislota qoldiklari: Cl-, Br-, J-, F , S2-, Sn- va xokazolar zaryadsizlanadi. Kislorodli kislota qoldiklari (NO-3, SO2-4, PO3-4, CO32-, CH3COO- va xokazo) o‘rniga suvning OH- ionlari zaryadsizlanadi. Masalan, osh tuzi eritmasi elektroliz qilinganida katodda vodorod, anodda xlor ajralib chiqadi.
Uning dissotsilanish sxemasi quyidagicha yoziladi;
|