|
Galvanometrning bo‘lim qiymatini va ichki qarshiligini aniqlash ishdan maqsad
|
bet | 2/4 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 42,53 Kb. | | #110894 |
Bog'liq 2-lab met
Magnitoelektrik galvanometr doimiy magnitning magnit maydonidagi o‘qqa mustaxqamlangan o‘tkazuvchi ramkani (odatda yuqa sim bilan o‘ralgan) o‘zida mujassam etadi. Ramkada tok mavjud bo‘lmaganda, ramka prujina bilan bir xil, nol xolatda ushlab turiladi. Agar ramkadan tok oqib o‘tsa, ramka prujinaning qattiqligi va magnit maydoni induksiyasiga bog‘liq xolda, tok kuchiga proporsianal ravishda ma’lum bir burchakka og‘adi. Ramkaga maxkamlangan mil galvanometr shkalasida darajalashtirilgan birliklarda tokning qiymatlarini ko‘rsatadi.
Boshqa konstruksiyadagi magnitoelektrik galvanometrlar shkalasining anchagina chiziqli darajalanishi (tok kuchi yoki kuchlanish birliklarida) hamda kattagina sezuvchanligi ega ekanligi (milni to‘liq og‘ishida tokni minimal qiymati) bilan farqlanadi.
Elektromagnit galvanometrlar — konstruksiyasi bo‘yicha tarixan eng birinchi qo‘llanilgan galvanometrlardan hisoblanadi. U tok mavjud bo‘lgan harakatsiz g‘altakdan va g‘altakga tortilgan yoki unga nisbatan buriluvchi, harakatsiz magnit (doimiy tok asboblarda) yoki yumshoq magnit materialdan (ham doimiy va ham o‘zgaruvchan toklarni o‘lchaydigan asboblar uchun) tarkib topgan.
Ushbu konstruksiya yaxshigina soddaligi, g‘altakni imkon boricha kichik o‘lchamlarda va og‘irliklarda tayyorlashning zaruriyati yo‘qligi (magnitoelektrik tizimlar uchun talab qilinadigan), harakatlanuvchi g‘altakka tok keltirish muammosini yo‘qligi bilan farqlanadi. Binobarin, bunday asboblar shkalasini axamiyatga molikligi chiziqli emasligi (o‘zakmagnit maydonini bir tekisda emasligi vag‘altakning chekkaga xos effektlari tufayli) hamda darajalashtirishning o‘ziga xos murakkabligi bilan ajralib turadi. Bunga qaramay, ushbu konstruksiyadagi galvanometrlar nisbatan katta qiymatlardagi o‘zgaruvchantokni o‘lchovchi o‘lchash vositasi sifatida, konstruksiyasini nisbatan soddaligi va qo‘shimcha to‘g‘rilovchi elementlar va shuntlarni mavjud emasligi bilan ajralib turadi. Elektromagnit tizimdagi o‘zgaruvchanva doimiy tokni voltmetrlari esa, asbob shkalasining boshlang‘ich uchastkasi kuchli siqilganligi, nazorat qilinuvchi uchastka esa cho‘zilganligi tufayli kuchlanish qiymatini tor diapozonida nazorat etish uchun juda qulay.
|
| |