• Nazariy qism Galvanо́metr
  • Galvanometrning bo‘lim qiymatini va ichki qarshiligini aniqlash ishdan maqsad




    Download 42,53 Kb.
    bet1/4
    Sana04.12.2023
    Hajmi42,53 Kb.
    #110894
      1   2   3   4
    Bog'liq
    2-lab met


    GALVANOMETRNING BO‘LIM QIYMATINI VA ICHKI
    QARSHILIGINI ANIQLASH


    Ishdan maqsad: galvanometrning bo‘lim qiymatini va ichki qarshiligini aniqlashni o‘rganish.
    Vazifa: Laboratoriya qurilmasi maketi bilan tanishish.
    Asbobva qurilmalar: Voltmetr, milliampermetr, mikroampermetr, reostatlar, yoqib-o‘chirgichlar.
    Galvanometr qarshiligini va galvanik elementning ichki qarshiligini o‘lchash uchun doimiy tokdagi ko‘prik usulidan foydalaniladi, bunda uni ba’zi bir qismlarini o‘zgartirish amalga oshiriladi.


    Nazariy qism
    Galvanо́metr (olim  Luidji Galvani familiyasidan va qadimiy grek so‘zidan- μετρέω — «o‘lchayman» degan so‘zlardan olingan) — kichik bo‘lgan doimiy elektr tok kuchini o‘lchash (10-6 dan kichik bo‘lgan) uchun juda sezgir o‘lchash asbobi hisoblanadi. Odatdagi mikroampermetrdan farqli ravishda, galvanometrning shkalasi nafaqat tok kuchi birliklarida balki  kuchlanish birliklari, boshqa fizik kattalikda darajalanishi mumkin. SHkala shartli, o‘lchamsiz ravishda darajalangan bo‘lishi mumkin, masalan, nul-indikatorlar sifatida foydalanishda.
    Ko‘pincha galvanometrdan tok kuchini o‘lchash asbobilariga o‘xshash o‘lchov asbobi sifatida foydalaniladi va ular asosan zanjirdan oqib o‘tuvchi doimiy tok kuchini o‘lchashda ishlatiladi. Bugungi kunda qo‘llanilayotgan d’Arsonval/Ueston konstruksiyasidagi galvanometr, doimiy magnit maydonida yotuvchi uncha katta bo‘lmagan burilishga ega bo‘lgan g‘altakdan yasalgan. G‘altakga mil o‘rnatilgan. Kichkina purjina milli g‘altakni nol xolatga qaytaradi. Doimiy tok g‘altak orqali o‘tganda unda magnit maydoni vujudga keladi. U doimiy magnit maydoniga ta’sir ko‘rsatadi, va g‘altak mili bilan birga buriladi, hamda g‘altak orqali o‘tuvchi tokni ko‘rsatadi. Galvanometrni asosiy sezgirligi masalan, 100 mkA bo‘lishi mumkin (kuchlanishni tushib ketishida deylik, to‘la tokda 50 mV). SHuntlardan foydalangan xolda galvanometr yordamida katta toklarni ham o‘lchash mumkin. Asbobni mili shkaladan uncha katta bo‘lmagan masofada bo‘lgani tufayli parallaks (parallaks – “parállaxis”so‘zi grek tilidan olingan bo‘lib “chetlashish” degan ma’noni bildiradi) vujudga kelishi mumkin. Undan qochish uchun mil ostiga oynak joylashtiriladi. Milni o‘zining aksi bilan tutashtirish bilan parallaksdan xalos bo‘lish mumkin (ko‘zguli galvanometrlarda).



    Download 42,53 Kb.
      1   2   3   4




    Download 42,53 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Galvanometrning bo‘lim qiymatini va ichki qarshiligini aniqlash ishdan maqsad

    Download 42,53 Kb.