|
Galvanometrning bo‘lim qiymatini va ichki qarshiligini aniqlash ishdan maqsad
|
bet | 4/4 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 42,53 Kb. | | #110894 |
Bog'liq 2-lab metX = R r1/r2
Bundan agar R va r1/r2 nisbatlari ma’lum bo‘lsa, X galvanometrni o‘lchanayotgan qarshiligi bevosita aniqlanadi.
3.1-rasm.Galvanometr qarshiligini aniqlashning
prinsipial sxemasi
Shunday qilib, ko‘prikli sxemada galvanometr nafaqat ko‘prikli sxemaga diagonal bo‘yicha qo‘shilganda qarshilikni o‘lchash uchun, balki galvanometr ushbu sxemaning elkalaridan biriga qo‘shilganda ham noma’lum qarshilikni o‘lchash uchun qo‘llash mumkin. Ushbu xolatda, o‘lchashlar vaqtida sxema diagonalida kalit tutashuvlarida galvanometr ko‘rsatkichlarini doimiyligiga erishish lozim. Bunday uslub aynan galvanometr qashiligini o‘lchash uchun muhim, chunki u odatdagi tartibda sxemadan foydalanish uchun diagonal sxemada ikkinchi asbobni qo‘shishni talab qilmaydi; o‘lchashni faqat bitta o‘rganilayotgan galvanometrda bajarish mumkin.
Ishni bajarish tartibi
1. Qurilmani 3.1-rasmdagi sxema bo‘yicha yig‘iladi va magazinga, taxminan uni maksimal qarshiligi yarmini qo‘shiladi. Kuchlanishni bo‘luvchining surilgichi m L nuqtaga yaqinroq, D bo‘linuvchisi reoxordni o‘rta qismiga keltiriladi.
2. K2kalit tutashtiriladi va m kontaktni galvanometr mili shkalani yarmigacha og‘guncha ilgari suriladi.
3. K1 kalitni tutashtira borib, galvanometr og‘ishini qaysi yo‘nalishda o‘zgarishlari belgilanadi va bu yo‘nalishga bog‘liq xolda, magazinga qo‘shilgan qarshilik R ning qiymati oshiriladi yoki kamaytiriladi. Sekin-asta qidira borib shunday qarshilikni R, topish lozimki K1 kalit tutashtirilganda galvanometr og‘ishini kattaliklari mutlaqo o‘zgarmasin.
Agar magazinda qarshilik R faqat yirik sakrashlarda o‘zgarib borsa, bunday xolatda galvanometr og‘ishlarini doimiyga yakuniy o‘tkazish, harakatlanuvchi kontaktni D u yoki bu tomonga olg‘a surib amalga oshiriladi. Oxirgi xolatda biz quyidagilarga ega bo‘lamiz:
X/R = l1/l2
bunda, l1va l2 - reoxord elkasining uzunliklari. Agar o‘rganilayotgan galvanometr ikkita o‘ramdagi aylanuvchi ramkaga ega bo‘lsa unda har bir g‘altakning r1 va r2qarshiliklarini aniqlash lozim.
Mustaqil tayyorlanish uchun savollar
1. Galvanometr nima maqsadda ishlatiladi? Tushuntirib bering.
2. Galvanometrning tuzilishi to‘g‘risida tushuncha bering?
3.Ko‘prikli sxemani tushuntirib bering?
4. Elektromagnit o‘lchash asboblarini tuzilishi va ishlash prinsiplari qanday?
5. Galvanometrning bo‘lim qiymatini aniqlashni tushuntirib bering?
6. Elektrodinamik o‘lchash asboblarini tuzilishi va ishlash prinsiplari qanday?
|
| |