• Benzin (fransuzcha-benzine)
  • Gazni kimyoviy qayta ishlash texnologiyasida xomashyo sifatida ishlatiladigan uglevodorodlarning umumiy tasnifi




    Download 234.96 Kb.
    bet2/4
    Sana13.12.2022
    Hajmi234.96 Kb.
    #34489
    1   2   3   4
    Bog'liq
    1-amaliy
    ilts, must ish Gaynazarov, abdulhay, 115dd3364c44318e301918c89cca9db0 Tijorat banklar faolyati tahlila, kimyoviy reaksiya tezligi., AMALIY HISOBOT Ulug\'bek, Презентация1, TBT NA kurs ishi sport kiyimni oxirgi TAYYOR, 5-sinf manitoring, тесты 5-11 классы, Тест по русскому языку для 3 класса, 232885709, Sanoat korxonalari hududini obodonlashtirish. Reja Sanoat korxo-fayllar.org, Q.x.iqt 4-mavzu Taqdimot
    Propilen, propen, CH2=CH-CH3 — kuchsiz hidli, rangsiz yonuvchi gaz. Mol. m. 42,078. Suyuqlanish temperaturasi — 185,25°, qaynash temperaturasi — 47,7°, alangalanish temperaturasi 455°. Neftni kay-ta ishlash gazlarida, sintetik kauchuk zavodlari gazida boʻladi. Reaksiyaga kirishish xususiyati oʻta yuqori. Polipropilen, etilen-propilen kauchuklar, glitserin, akrilonitril va boshqa koʻpgina muhim kimyoviy xom ashyolar, shuningdek, motor yonilgʻilari olishda qoʻllanadi.
    Geliy-rang, ta'm va hidsiz bir atomli inert gazdir. Geliy D.I.Mendeleyevning kimyoviy elementlar davriy sistemasidagi atom raqami 2 va He belgisiga ega ikkinchi elementdir. Geliy zaharli emas, yonmaydi, yengil (normal sharoitda zichligi 0,1786 kg / m3), atmosfera bosimida eng past qaynash nuqtasiga(-268,9 ° C) ega va issiqlik o'tkazuvchanligi juda yuqori.
    Benzin (fransuzcha-benzine) -turlicha tuzilgan uglevodorodlar aralashmasi, 30-205 0С atrofida qaynaydigan rangsiz suyuqlik. Muzlash temperaturasi-600S, alangalanish temperaturasi 0 0С dan past, zichligi 700-780 kg/m3 (0,70-0,78 g/sm2). Havoda benzin bug‘lari konsentratsiyasi 74-123 g/m3 ga yetganda portlaydigan aralashmalar hosil bo‘ladi. Benzin asosan, neftni haydash va katalitik qayta ishlash yo‘li bilan olinadi: ozroq benzin toshko‘mir va yonuvchi slaneslar qayta ishlash yo‘li bilan (destruksiya gidrogenlash), shuningdek tabiiy va yo‘lakay gazlardan olinadi. Benzin asosan, ichki yonuv dvigatellar uchun yonilg‘i sifatida ishlatiladi. Qariyib 10% benzin erituvchi, yuvadigan suyuqlik sifatida va boshqa maqsadlar uchun qo‘llaniladi.
    Benzinning eng muhim ekspluatasion xossasi-detonasion turg‘unligi (ya'ni dvigatelda turli sharoitda normal yona olishi) dir. Benzinning antidetonasion xossalari oktan soni bilan, aviasiya benzinning shunday xossalari yana benzinning sortliligi bilan ham baholanadi.
    Kerosin (inglizcha –kerosene, yunoncha-keros-mum) –uglevodorodlar aralashmasi (C9-C16) dan iborat suyuqlik. Tarkibida 23-60% to‘yingan alifatik, 24-58% naften, 6-15% aromatik va 1% gacha to‘yingan uglevodorodlar bor. Qaynash harorati 200-3000 , zichligi 790 -846 kg/m3. Neftni qayta ishlash yo‘li bilan olinadi. Kerosin ilgari faqat yoritgich lampalariga yonilg‘i sifatida ishlatilgan. Shuning uchun uni qadimda fotogen (yunon tilida “yorug‘lik bunyod etuvchi” degan ma'noni anglatadi) deb yuritilgan. Keyinchalik u motor yog‘i sifatida dastlab tranzitorlar uchun, so‘ngra reaktiv uchuvchi qurilmalar uchun keng qo‘llanila boshladi.
    Hozirgi T-1 va T-5 rusumli aviayonilg‘ilar neftning kerosin fraksiyasi asosida olinadi. Suyuq raketa yonilg‘isining asosiy tarkibini ham kerosin tashkil etadi.
    Dizel–og‘ir yonilg‘i (dizel yonilg‘isi) ning siqilgan havoga purkalishidan alangalanadigan ichki yonuv dvigateli. Dizel' silindrida alangalanish porshen yordamida qisib yuqori haroratgacha qizdirilgan toza havoga yonilg‘i purkalganda sodir bo‘ladi.
    Dizel yonilg‘isi-neftdan olinadigan suyuq yonilg‘i; qisilishdan alangalanadigan ichki yonuv dvigateli (dizel) da ishlatiladi. Uch guruhga bo‘linadi: 1) tezyurar transport dvigatellari va stasionar dvigatellar (aylanish soni minutiga 1000 va undan ortiq) uchun mo‘ljallangan qovushoqligi past distillyat yonilg‘i; 2) ko‘p kuch tushadigan stasionar dvigatellar va kema dvigatellari (aylanish soni minutiga 600 dan 1000 gacha) uchun mo‘ljallangan qovushoqligi o‘rtacha distillyat yonilg‘i (solyar moy); 3) sekin aylanadigan dvigatellar – stasionar va kema dvigatellari (aylanish soni minutiga 600 gacha) uchun mo‘ljallangan qovushoqligi yuqori, og‘ir fraksiyali yonilg‘i.
    Dizel yonilg‘isining eng muhim xossalaridan biri o‘z-o‘zidan alangalanish haroratidir; uning qanday yonishi haroratiga bog‘liq. Yonilg‘i sifati undagi sitan soni (o‘z-o‘zidan qanchalik tez alangalanishi) ga bog‘liq. Uning o‘z-o‘zidan alangalanishini osonlashtirish va to‘la yonishiga erishish uchun tegishli kimyoviy tarkibga ega bo‘lgan xom ashyo tanlab olinadi. Dizel yonilg‘isi sifati xom ashyoning yaxshi tozalanishiga ham bog‘liq bo‘ladi. Turli iqlim sharoitlari uchun qotish harorati, fraksiyasi tarkibi va boshqa ko‘rsatkichlari bilan farq qiladigan (o‘ta sovuq joylarga mo‘ljallangan, qishki va yozgi) yonilg‘i xillari bor.

    Download 234.96 Kb.
    1   2   3   4




    Download 234.96 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Gazni kimyoviy qayta ishlash texnologiyasida xomashyo sifatida ishlatiladigan uglevodorodlarning umumiy tasnifi

    Download 234.96 Kb.