Gazonlar kompozitsiyasi




Download 14,44 Kb.
Sana21.02.2024
Hajmi14,44 Kb.
#159876
Bog'liq
ГАЗОНЛАР КОМПОЗИЦИЯСИ
fizika-3-labaratoriya, 2 Maruza. Mustaqillikka erishish arafasida O’zbekistondagi ijtim, 1 kurs, 221110 6min english controlling the weather, 1886, 1111111111111111111111111, Meyliyeva Lobar Nurmatovna, Taʼlim jarayoni qonuniyatlari va tamoyillari, Gaz xromatograflari, 7kl mamleketlk qqtl test, Kirish. Asosiy qism-fayllar.org, BuxDUPI to\'plam, kompyuter arxetikturasi 1, 1. Fotodestruktiv jarayonlar-fayllar.org, 2 5251217519364031246

GAZONLAR KOMPOZITSIYASI
Gazonlar – boshoqli, kam hollarda dukkakli о‘tlardan tashkil topgan, qalin, tuproqni qoplovchi о‘t qatlami. Urug‘dan ekish, chim bilan qoplash, tabiiy о‘tlar qoplamini yaxshilash va boshqa usullar bilan barpo etiladi. Gazonlar maydoni 1 m2 dan to bir necha gektargacha bо‘lishi mumkin. Qо‘llanilishiga qarab, manzarali, sport va maxsus gazonlarga ajratiladi. Barcha sanalgan gazonlar guruhi bir yо‘la sanitariya-gigiyena vazifasini ham bajaradi.
Manzarali gazonlar alohida bir kо‘kalamzorlashtirish xududi yoki daraxtlar, butalar va gullar uchun fon vazifasini bajaradi. Sport gazonlari о‘yingoh, otchopar, golf maydoni va boshqa sport maydonchalarida barpo etiladi. Maxsus gazonlar aerodromlarda, shosse va temir yо‘l chekkalarida (qiyaliklarda), gidrotexnik qurilmalar qiyaliklarida barpo etiladi.
Tarkibiga kо‘ra gazonlar toza – bir xil о‘tlardan tashkil topgan; aralash – turli о‘simliklardan (о‘tlar aralashmasi), boshoqli yoki dukkakli о‘tlar va gullaydigan о‘tsimon о‘simliklar aralashmasidan barpo qilinishi mumkin. Tarkibida faqat boshoqli yoki dukkakli о‘tlar bо‘lganlari yashil gazonlar deb ataladi. О‘tlar va gullaydigan о‘simliklar aralashmasi bо‘lgan gazonlarni esa mavritan, yoki jimjimador deyiladi. Gazonlar bir yillik va kо‘p yillik bо‘ladi.
Manzarali gazonlar joylashgan yeriga qarab, hamda parvarishlash (gazonlarni kesish yoki kaltalash) soniga kо‘ra porter, oddiy va chim turlariga bо‘linadi. Shuningdek, mavritan hamda tuproqni qoplovchi о‘simliklardan tashkil topgan turlari mavjud. Parter gazonlar yashil obyektning markaziy qismida joylashtiriladi, odatda, xaykaltaroshlik namunalari, yodgorliklar va jamoat binolariga kirish oldida barpo etiladi. Bunday gazonlar har 5-7 kunda kesiladi. Parter gazonlarida asosan bir turdagi kо‘p yillik о‘tlardan (yaylov raygrasi yoki chim), arpadan foydalaniladi.
Oddiy gazon yashil obyektning barcha qismlarida joylashtiriladi. Oddiy gazonni yaratish uchun 3-5 turdagi о‘tlar aralashmasidan foydalanish mumkin. Gazonlar 1 oyda 1-2 marotaba kesiladi. Chim gazonlar shahar chekkasidagi yashil obyektlarda barpo etiladi. Ular kо‘p turdagi о‘tlardan iborat bо‘lib, sun’iy yaratilgan yoki aksariyat hollarda tabiiy о‘tlar qoplamidan tashkil etiladi. Tabiiy о‘tzorda tuproqni yumshatish yо‘li bilan, urug‘dan ekib о‘tlar qoplami yangilanadi. Gazon о‘tlari о‘suv davrida 1-2 marta kesiladi va о‘riladi.
Mavritan gazonlarini yaratishda bir yillik, gullaydigan о‘simliklar bilan kam shoxlaydigan boshoqli ekinlar urug‘lari aralashtirib ekiladi. Mavritan gazonlari hamda tuproqni himoyalovchi о‘simliklardan tashkil etilgan gazonlar kesilmaydi.
Download 14,44 Kb.




Download 14,44 Kb.