|
-расм. Уч фазали асинхрон электр двигателни механик характеристикаларни олиш учун лаборатория ыурилмаси
|
bet | 11/17 | Sana | 17.12.2023 | Hajmi | 1,71 Mb. | | #121160 |
Bog'liq Elektr yuritma asoslari labaratoriya4.3-расм. Уч фазали асинхрон электр двигателни механик характеристикаларни олиш учун лаборатория ыурилмаси
Teskari ulanishli to‘xta-tish rejimini amalga oshirishda o‘zgacha uslubni ham qo‘llash mum-kin: bunda statorning magnit maydoni aylanish yo‘nalishi o‘zgarmaydi, elektr dvigatelning rotori esa tashqi (yuklama) momenti ta’sirida aylanish yo‘nalishini o‘zgartiradi. Ushbu rejim uchun elektr dvigatelning xarakteristikasi dvigatel rejimini xarakteristikasining davomi bo‘lib koordinata o‘qlarini to‘rtinchi kvadrantida joylashadi (4.2-rasm).
Dinamik to‘xtatish rejimi asinxron elektr dvigatel uchun quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi: stator cho‘lg‘ami tarmoqdan uziladi, yaoni P1 qayta ulagich neytral xolatga keltiriladi, so‘ng 2 xolatga o‘tkaziladi (4.3-rasm).
Natijada stator cho‘lg‘amining ikki fazasi o‘zgarmas tok manbaasiga ulanadi. O‘zgarmas tok stator cho‘lg‘amidan o‘tib stator o‘zagiga nisbatan siljimaydigan magnit maydonini xosil qiladi. Lekin rotor inersiya bo‘yicha aylanishni davom etadi va ushbu magnit maydon rotor cho‘lg‘amida o‘zgarmas tok hosil qiladi. Rotor toki va stator magnit maydonini o‘zaro ta’sirida to‘xtatish (tormozlovchi) momentni hosil qiladi. Tormozlovchi momentning qiymati stator cho‘lg‘amining MYuKsi rotorning aktiv qarshiligi va aylanish tezligi bilan belgilanadi. To‘xtatish rejimi rotorning to‘la to‘xtatishgacha olib boriladi. Yanada effektiv to‘xtatishga ega bo‘lish maqsadida rotor zanjiriga aktiv qarshilik kiritiladi.
Dinamik to‘xtatish rejimidagi elektr dvigatelni mexa-nik xarakteristikalari ikkinchi kvadrantni boshki qismida joylashadi (4.3-rasm). Ushbu rejim rotor zanjiriga qo‘-shimcha qarshilik ulanganda kechishi sababli mexanik xarak-teristikalar to‘g‘ri chiziq ko‘rinishida bo‘ladi.
L a b o r a t o r i ya q u r i l m a s i. Faza rotorli asinxron dvigatel-ni mexanik xarakteristikalari qiymat-larini tajribada olish uchun mo‘ljallangan laboratoriya qurilmasi (4.3 rasm) yuqorida keltirilganlardan farqi M elektr dvigatelni turini o‘zgarishi. Ushbu M elektr dvigatel uch fazali kuchlanishi U1 ga teng bo‘lgan tarmoqqa ula-nadi (bunda U1 U1nom). Mexanik xarakteristikalar-ni qurishda esa nominal kuchlanishga xisoblangan moment qiymatlari ishlashtilishi zarur. Bunday xisoblar olib borilayotganda asinxron elektr dvigatelni elektromagnit momenti kuchlanish kvadratiga to‘g‘ri proporsionalligini xisobga olish kerak: M=U (4.1 ni ko‘ring). Shunday qilib nominal kuchlanishga keltirilgan moment:
M2 = M (U1nom/U1)2 (4.9)
bunda M - pasaytirilgan U1 kuchlanish uchun.
Tajriba elektr dvigatel M YuM1 yuklama mashinasi bilan mexanik jixatdan ulangan. YuM2 yuklama mashinasi uch fazali asinxron mashinasi AD bilan mexanik jixatdan ulangan va o‘zgarmas tezlik agregati o‘lib ishlaydi. YuM1 va YuM2 yuklama mashinalari «generator - dvigatel» sxemasi bo‘yicha ulanadi.
Rubilnik R1 yordamida YuM1 mashinaning qo‘zatuv cho‘lg‘ami o‘zgarmas tok tarmoiga ulanadi. Rostlovchi qarshilik rrr orkali YuM1 qo‘zatuv zanjirida nominal tok o‘rnatiladi va xamma tajribalar davomida o‘zgartirilmaydi. YuM2 mashinaning qo‘zatuv cho‘lg‘ami P2 qayta ulagich va potensiometr Rp orqali o‘zgarmas tok tarmoiga ulanadi. Bunda P2 qayta ulagich tok yo‘nalishini, potensiometr Rp – tok qiymatini o‘zgartirishga imkon beradi.
M elektr dvigatelni uch fazali tarmoqqa ulash uchun P1 qayta ulagichni 1 xolatga keltiriladi, o‘zgarmas tok tarmoiga ulash uchun esa (dinamik to‘xtatish rejimida) qayta ulagich P1 2 xolatga o‘tkazish zarur. M elektr dvigatelning rotor zanjiriga qo‘shimcha qarshilik kiritish uchun rostlovchi qarshilik RR qo‘llanadi (bu qarshilik davomli muddatda tok o‘tishiga mo‘ljallangan).
YuM1 va YuM2 mashinalarning yakor zanjirlari K2 kaliti bilan ulanadi (bu zanjirlarning kuchlanishlari tenglashtirilishi uchun YuM2 mashinaning qo‘zatuv toki Rp potensiometri yordamida rostlanadi).
Laboratoriya qurilmasi sxemasi tarkibiga quyidagi o‘lchov uskunalari kiradi: A1 ampermetr stator tokining I1 kichik qiymatlarini o‘lchaydi. Tok ortib ketganda A1 ampermetri K1 kaliti yordamida shuntlanadi va I1 toki va A2 ampermetr bilan o‘lchanadi: A3 va A4 lar YuM1 va YuM2 mashinalarning qo‘zatuv toklarini o‘lchaydi; A5 YuM1 va YuM2 mashinalarning yakor tokini o‘lchaydi: V1 voltmetr – U1 stator cho‘lg‘amidagi kuchlanishni o‘lchaydi: V2 voltmetr - YuM1 va YuM2 mashinalarning yakor zanjiridagi kuchlanishni o‘lchaydi.
V2 voltmetr yuklama mashinlarning yakor zanjiriga PV qayta ulagich yordamida ulanadi. A4 va A5 ampermetrlari xamda V2 voltmetr ikki tomonlama shkala ega bo‘lishi kerak. n2 tezligini o‘lchash uchun TG taxogenerator «ayl/min» o‘lchov qurilmasi qo‘llanadi. P3 qayta ulagichni ‘olatini o‘zgartirib «ayl/min» o‘lchov qurilmasining ulash qutbini almashtirish mumkin (teskari ulanishli to‘xtatish rejimida aylanish yo‘nalishini xisobga olib).
Laboratoriya qurilmasini ishlash prinsipi №27 ishda berilgan. Uskuna bilan tanishgandan so‘ng elektr mashina-larning pasport qiymatlarini yozib olish kerak.
|
| |