|
Generator dvigatel
|
bet | 14/17 | Sana | 17.12.2023 | Hajmi | 1,71 Mb. | | #121160 |
Bog'liq Elektr yuritma asoslari labaratoriyaNazorat savollari. 1. Asinxron dvigatelning sirpa-nishini o‘zgarish diapazonini aytib bering: a) generator to‘x-tatish rejimi uchun;b) dvigatel (asosiy) rejimi uchun; v) teskari ulanishli to‘xtatish rejimi uchun; g) dinamik to‘xta-tish rejimi uchun.
2. Rotor zanjiridagi qarshilikni ortishi mexanik xarakteristikani shakliga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
3. Asinxron dvigatelni o‘ta yuklanish koeffitsienti nimani anglatadi va stator cho‘lg‘amidagi kuchlanishi bilan qanday bolanadi?
4. Asinxron dvigatelni maksimal momentlari dvigatel va generator rejimlarida nima bilan farqlanadi?
5. Asinxron dvigatelni kritik sirpanish birdan katta bo‘lishi mumkinmi?
6. Asinxron dvigatelga keltirilayotgan kuchlanish M =f (s) xarakteristi-kaga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
7. Dinamik to‘xtatish rejimida dvigatelning rotor zanjiridagi aktiv qarshilikni oshirish natijasida mexanik xarakteristikani shakli qanday o‘zgaradi?
8. To‘xtatish rejimlarida (generator, teskari ulanish, dinamik) ishlab chiqarilayotgan elektr energiya nimaga sarflanadi?
4.Asinxron dvigatelni bevosita ishga tushirish tizimining tormozlash rejimi tavsiflarini tadqiq qilish
Ishning maqsadi. Uch fazali faza rotorli asinxron dvigatelini avtomatik yurgizish va dinamik tormozlash sxemasini amalda o‘rganish va bu sxemani yig‘ish va rostlash bo‘yicha ko‘nikmalar olish.
Ishning dasturi. 1. Laboratoriya qurilmasi bilan tanishish, elektr dvigatelining pasport ma’lumotlarini va rele-kontaktor tuzilmalarining ma’lumotlari.
2. 6.1-rasmdagi sxemani yig‘ish va uni o‘qituvchi tekshirib chiqqandan sung RU1, RU2, RU3 va RDT vaqt relelarining kerakli sekinlashish vaqtlarini qo‘yish.
3. Qurilmani yurgizish va dvigatelning yurgizish va to‘xtatish xarakteristikalarini o‘lchash.
4. Xisobot tuzish va bajarilgan ish xaqida xulosalar qilish.
Ishga tayyorgarlik ko‘rish. 1. Quyidagi nazariy material qaytarib chiqilsin; o‘zgaruvchan tok elektr dvigatellarining rele-kontaktorli boshqarish prinsiplari; uch fazali faza rotorli asinxron dvigatellarni boshqarish sxemalari; asinxron dvigatelni yurgizish va to‘xtatishni vaqt funksiyasi bo‘yicha boshqarish; yurgizish, qarshilikla-rini ulanish sxemalari; boshqarish zanjirlarida elektr tokidan shikastlanish xavfini kamaytiruvchi tadbirlar.
2. O‘lchovlar natijalarini yezish uchun ishchi daftarda jadval tayerlash.
6.1-расм. Уч фазали фаза роторли асинхрон двигателни ваыт функциясида ишга тушириш ва динамик тщхтатишнинг нореверсив бошыариш схемаси
Ishni bajarish tartibi. A v t o m a t i k b o sh q a r i sh s x ye m a s i. 6.1-rasmda taklif etilayotgan sxema uch fazali faza rotorli asinxron dvigatelni yurgizish va dinamik tormozlashni vaqt funksiyasida avtomatik noreversiv boshqarishni taominlaydi. Sxema kuch qismi o‘z ichiga elektr dvigatelini va rotorning xar bir fazasiga bittadan uchta yurgizish qarshiligini olgan bo‘lib, bu qarshiliklar yulduz usulida ulangan. Ular r1, r2 va r3 qarshiliklardan tuzilgan.
Tarmoqdan kuchlanish R1 rubilpnigi orqali keltirilib, stator cho‘lg‘ami esa tarmoqqa L chiziqli kontaktorning kuch kontaktlari orqali ulanadi. Liniya simlaridan biriga yurgizish toklarini nazorat qilish uchun A1 ampermetri ulangan.
Yurgizish qarshiliklarining poonalarini (qism-larini) ulash U1, U2 va U3 tezlanish kontaktorlarining uzuvchi kontaktlari bilan amalga oshiriladi. Dinamik tormozlashni amalga oshirish uchun stator cho‘lg‘amini qarshilik orqali o‘zgarmas tok manbasiga ulovchi elektr zanjiri bor. Bu zanjirni o‘zgarmas tok manbasiga ulash R2 rubilpnigi va DT tormozlash kontak-torining ulovchi kon-taktlari bilan bajariladi. Bu zanjirdagi tokni nazorat qilish uchun shu zanjirda A2 ampermetri bor.
Sxemani boshqarish qismi kuch qismi bilan elektr bolanmagan bo‘-lib, R3 rubilnigi orqa-li o‘zgarmas tok man-basidan taominlanadi. Agar o‘zgaruvchan tokli boshqarish sxemasi ishlatilsa xavfsizlikni taominlash maksadida pasaytiruvchi transformator vositasida 127 V kuchlanishni qo‘llash kerak. Sxemaning boshqarish qismi berilgan dastur bo‘yicha dvigatelni yurgizish va tormozlashni bajaruvchi bir nechta rele va kontaktorlardan to‘zilgan. Yurgizish boskichlari soni va ularning xar birida ishlash vaqtidan iborat bo‘lgan yurgizish dasturi uchta vaqt rele-si va ularning ishla-ganda sekinlashuvi mud-dati ustavkalari bilan aniqlanadi.
Dvigatelni dina-mik tormozlash T kon-taktlari va RDT vaqt relesi bilan amalga oshiriladi. RDT da dinamik tormozlash vaq-ti boriladi.
Sxema quyidagicha ishlaydi. R1, R2 va R3 rubilniklarini oldin-dan ulash kerak. R4 rubilpnigi uzuq bo‘li-shi kerak. "Ishga tushi-rish" knopkasini qisqa muddatga bosilganda L chizikli kontaktorining cho‘lg‘ami zanjiri ulanadi va uning blok-kontakti "Ishga tushirish" knopkasini shuntlab, bu zanjirni knopkani qo‘yib yuborilganda uzilishdan saqlaydi. Bir vaqtda L ning kuch kontaktlari M elektr dvigateli statori cho‘lg‘amlarini tarmoqqa ulaydi. Bunda yurgizish qarshiligining r1 + r2 + r3 birinchi poonasida dvigatelni yurgizish boshlanadi. L kontaktorning 21-23 kontaktlari uzilib, T kontaktorni tasodifan ulanishini oldini oladi, 7-2 kontaktlari bo‘lsa ulanib, sekinlashish bilan ishlovchi RU1 tezlanish relesi cho‘lg‘amini ulaydi. Bu rele 9-7 kontaktlari bilan U1 kontaktlari altagini ulaydi. Bu kontaktor ishga tushib U1 kontakti bilan yurgizish qarshiligining r3 elementini shuntlaydi (chiqaradi). Bu bilan yurgizish jarayoni keyingi r1 + r2 bosqichiga o‘tadi. Bir vaqtda U1 kontaktori 11-7 kontaktlari bilan RU2 vaqt relesini ulaydi. Bu rele vaqt ushlashi bilan U2 kontaktor cho‘lg‘ami zanjiridagi 13-7 kontaktlarni ulaydi, U2 esa o‘z kontaktlari bilan r2 yurgizish qarshiligining elementini shuntlaydi va natijada dvigatel yurgizishning r1 uchinchi bosqichiga o‘tadi va nixoyat, 15-7 kontaktlai RU3 relesini ulaydi va u vaqt ushlashi bilan ishga tushadi, 17-7 kontaktlari bilan U3 kontaktorini ulaydi. Bu rotor zanjiridagi yurgizish qarshiligi butunlay shuntlanadi va rotor cho‘lg‘ami qisqa tutashtiriladi. Shu bilan yurgizish jarayoni tugaydi va dvigatel o‘zining tabiiy xarakteristikasi rejimida ishlay boshlaydi.
6.2-расм. РДТ динамик тщхта-тиш релесининг ишга тушгандаги секинлашиш ваытини текшириш учун электросекундомерни улаш схемаси
Dvigatelni to‘xtatish "To‘xtatish" knopkasini qisqa muddatga bosib amalga oshiriladi, bunda liniyadagi L kontaktori uchiriladi. L kuch kontaktlari bilan dvigatelcho‘lg‘amini tarmoqdan uzadi, 7-2 kontaktlari boshkaruvchi rele va kontaktorlarning barcha kontaktlarini uzib, dvigatelni keyingi yurgizishga tayyorlaydi.
"To‘xtatish" knopkasini bosish va liniyadagi L kontaktorini o‘chirilishi T tormozlash kontaktorini ulanishiga olib keladi. Bu kontaktor o‘z kontaktlari bilan RDT relesini ulaydi va kuch kontaktlari bilan qarshiligi rd.t bulgan dinamik tormozlash zanjirini o‘zgarmas tok tarmoiga ulaydi. Natijada M dvigatelining dinamik tormozlash boshlanadi. RDT relesining sekinlashish vaqtiga teng muddatdan keyin bu rele ishga tushadi va o‘zining 23-25 o‘zuvchi kontaktlari bilan T kontaktor zanjirini uzadi. Bu dinamik tormozlash zanjirini uzishga, RDT relesini uzishga va "To‘xtatish" knopkasini shuntlovchi blok-kontaktlarni uzilishiga olib keladi.
"Ishga tushirish" knopkasining kontaktor zanjirida normal ulangan kontakti mavjudligi T va L kontaktorlarning bir vaqtda ishlab ketishini oldini oladi, bu M dvigatelda avariya rejimini keltirib chiqarar edi. Sxemada kuchlanishni tasodifan yo‘qolishi va paydo bo‘lishidagi "o‘zi yurgizish" ni oldini oluvchi blokirovka qo‘llanilgan. Bu blokirovka elektr dvigateli statorini taominlovchi uch fazali tarmoqning ikki liniya simlariga ulangan B blokirovka kontaktori bilan amalga oshiriladi. Bu kontaktorning ulovchi kontaktlari sxemaning boshkaruvchi qismini taominlash zanjiriga ulangan. Shunday qilib, uch fazali tarmoqda kuchlanish tasodifan yukolganda B kontaktori o‘z kontaktlari bilan boshqarish zanjirini uzadi va barcha rele va kontaktorlari xam uziladi; uch fazali tarmoqda kuchlanish paydo bo‘lsa, yurgizish jarayonini "Ishga tushirish" knopkasini bosib boshlash mumkin.
V a q t r ye l ye s i n i n g i sh g a t u sh i r i sh v a q t i n i s o z l a sh. RU1, RU2 va RU3 vaqt relelarining ishlab ketishini sekinlashtirish vaqtini 6.2-rasmda keltirilgan sxema yordamida bajariladi. RDT dinamik tormozlash relesini ishlash vaqtini tanlash 6.2-rasmdagi sxema bilan bajariladi. Bu sxemada RDT ning uzuvchi kontaktlari ES elektrosekundomer zanjiriga ketma-ket ulangan bo‘lib, rele ishlab ketganda ES zanjiri uziladi.
E l ye k t r d v i g a t ye l i n i i sh g a t u sh i r i sh v a t o‘ x t a t i sh. Dvigatelni yurgizish va to‘xtatish uchun R1, R2 va R3 rubilniklarni ulash kerak (RU rubilpnik uzilgan) va "Ishga tushirish" knopkasini qisqa muddatga bo-sish kerak. Dvigatelni to‘xtatish uchun "To‘xtatish" knop-kasini bosish kerak.
Dvigatelni uch marta qaytarib yurgizib, stator zanjiridagi yurgizish toki tashlanishlarini va yurgi-zishning muddatini ko‘zatiladi.
Dinamik tormozlashni effek-tivligini uzilgan va R2 rubil-nikda rotorning inersiya bo‘yicha aylanish vaqti va R2 rubilnik ulangan bo‘lgandagi vaqti solishtirib quriladi. Tormozlash vaqtini o‘lchash "To‘xtatish" knopkasini bosish-dan to rotorni butunlay to‘xtaguncha o‘lchanadi.
6.1-jadval
O‘lchash-lar nomeri
|
Yurgizish
|
To‘xtatish
|
Yurgizish vaqti, S
|
Ikki bosqichdagi yurgizish toki, A
|
To‘xtash (aylanmay qolish ) vaqti, S
|
Birin-chi bosqich
|
Ikkin-chi bosqich
|
Uchinchi
bosqich
|
Tormozsiz
|
Dinamik tormozlash rejimida
|
1
|
|
|
|
|
|
|
2
|
|
|
|
|
|
|
3
|
|
|
|
|
|
|
O‘rtacha qiymat-lar
|
|
|
|
|
|
|
Dvigatelni yurgizish va to‘xtatishni xarakterlovchi barcha ko‘rsatgichlar 6.1-jadvalga kiritilib, parametr-larning o‘rtacha arifmetik kiymatlari aniqlanadi.
Bajarilgan ish to‘g‘risidagi xulosalarda tekshirilgan boshqarish sxemasining xossalarini bayon qilish, dvigatelni yurgizish va to‘xtatishni xarakterlovchi parametrlarning o‘rtacha qiymatlari keltiriladi.
|
| |