|
-расм. Ыисыа туташтирилган роторли уч фазали асинхрон двигателни тезлик функциясида тескари уланишли тщхтатиш билан реверсив бошыариш схемаси
|
bet | 16/17 | Sana | 17.12.2023 | Hajmi | 1,71 Mb. | | #121160 |
Bog'liq Elektr yuritma asoslari labaratoriya7.1-расм. Ыисыа туташтирилган роторли уч фазали асинхрон двигателни тезлик функциясида тескари уланишли тщхтатиш билан реверсив бошыариш схемаси
Dvigatelning rotorini aylanish natijasida RS tezlik relesi ishlab ketadi va uning 11-15 kontaktlari ulanib qoladi. V kontaktor-ning o‘chi-rilishi 15-17 kontaktlarini ulanishiga va N liniya kon-taktorini ishga tushishiga olib keladi.
Natijada stator zanjiridagi V kuch kontaktlari uzi-ladi, N kuch kontaktlari esa ulanadi va dvigatelning qar-shi ulanishli tormozlanishi boshlanadi. Rotor tezligi nominal tezlikning 5-10% ichiga kamayganda RS tezlik relesining 11-15 kontaktlari uziladi. Bunda N kontaktor o‘chiriladi va dvigateltarmoqdan o‘ziladi. Bir vaqtda RT tormozlash relesini o‘chiruvchi 1-19 kontaktlari uziladi, va V kontaktor zanjiridagi 7-9 kontaktlari ulanadi. RT ning 1-3 kontaktlari ulanadi, 1-11 kontaktlari esa uziladi. Natijada sxema keyingi yurgizishga tayyor xolga kelib qoladi.
7.2-расм. Тезлик релесининг тузилиши
Agar dvigatelni "oldinga" yo‘nalishida ishga tushi-rilgandan so‘ng, revers bajarish, yaoni aylanish yo‘nalishini o‘zgartirish kerak bo‘lsa "To‘xtatish" knopkasi bosilmasdan, balki "Nz" ("orqaga") knopkasi bosilishi lozim. Bunda 5-7 kontaktlar uziladi V o‘chiriladi, 13-15 kontaktlari ulanib N kontaktorni ishga tushiradi, 7-9 va V 1-19 kontaktlari uziladi, N1-19 va 13-15 ulanadi. Dvigatelning stator zanjirida V kuch kontaktlari uziladi, N kuch kontaktlari ulanadi. Natijada rotor o‘zining aylanish yo‘nalishini o‘zgartiradi. RS tezlik relesining 11 kontakti RSV kontaktidan uziladi va RSN bilan ulanadi. Elektr dvigatelini uchirish va tormozla uchun "To‘xtatish" knopkasini bosish kifoya.
S x ye m a n i y i i sh v a s o z l a sh. Sxemani yig‘ish uchun kerakli apparatlar laboratoriya stendida joylashgan bo‘lib, cho‘lg‘amlar va kontaktlarni markirovkasi (belgilash) prinsipial sxemaga mos keladi. Sxemaning kuch va boshqarish kismlari aloxida manbalarga ulangan bo‘lib, bu boshqarish qismini dvigatelni ishlab turganda sozlash imkonini beradi. Sxema yiilgandan va o‘qituvchi tomonidan tekshirilgandan so‘ng, uni ishlatib sinab ko‘riladi - bir necha marta yurgizish revers va to‘xtatish bajariladi.
Qarshi ulanishli tormozlashni effektini baxolash uchun oldin sekundomer yordamida RS ni 11 kontaktini uzgan xolda, tormozsiz, dvigatelni o‘chirib, erkin aylanib to‘xtash vaqti o‘lchanadi, keyin qarshi ulanishli tormozlash biln dvigatelto‘xtatilib (sxemaga RS tezlik relesining 11 kontakti qo‘shiladi), uning vaqti oldingi vaqti bilan solishtiriladi.
Bajarilgan ish xaqidagi xisobotga prinsipial boshqarish sxemasi va relekontaktor apparaturasini spesifikatsiyasi kiritiladi; sxemaning barcha ish bosqichlarida yurgizish, revers va tormozlashda ishlash effektivligi xaqida xulosa qilinadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
-расм. Ыисыа туташтирилган роторли уч фазали асинхрон двигателни тезлик функциясида тескари уланишли тщхтатиш билан реверсив бошыариш схемаси
|