• 6- Tiristorli kuchlanish rostlagichi-asinxron dvigatel (TKRAD) tizimining statik va rostlash tavsiflarini tadqiq qilish
  • Nazorat uchun savollar: 1. Asinxron
  • Nazorat savollari. 1. Dvigatelni yurgizishda, revers qilishda va tormozlashda sxemani ishini tushintirib bering




    Download 1,71 Mb.
    bet17/17
    Sana17.12.2023
    Hajmi1,71 Mb.
    #121160
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
    Bog'liq
    Elektr yuritma asoslari labaratoriya

    Nazorat savollari. 1. Dvigatelni yurgizishda, revers qilishda va tormozlashda sxemani ishini tushintirib bering.


    2. Tezlik relesining tuzilishi va tayinlanishi qanday?
    3. Tezlik relesida prujinalarining qisilishini orttirsak, sxe-ma ishida nima o‘zgaradi?
    4. V va N liniya kontaktorlarini bir vaqtida ishlab ketmasliklari uchun boshqarish sxemasida qanday choralar ko‘rilgan?
    6- Tiristorli kuchlanish rostlagichi-asinxron dvigatel (TKRAD) tizimining statik va rostlash tavsiflarini tadqiq qilish
    Ishning maqsadi: Tiristorli kuchlanish rostlagich-asinxron elektr mexanik tizimning energetik kursatkichlarini olish va tadkik kilish.

    ENERGIYA TEJAMKOR ASINXRON-VENTILLI KASKAD
    Yaxshi energetik ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan, energiya tejaydigan asinxron-ventilli kaskad sanoat qurilmalarining masalan: nasoslar, kompressorlar va ko‘tarma-transport mexanizmlarining elektryuritmalarida foydalanish mumkin.
    4.3-rasmda yaxshilangan energetik ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan asinxron-ventilli kaskadning funknional sxemasi, 4.4-rasmda esa nochiziqli bloklar bilan amalga oshiriladigan bog‘lanishlar keltirilgan [2].
    Asinxron-ventilli kaskad stator chulg‘ami boshqarish bloki (RBB) bilan boshqariladigan kuchlanishining tiristorli rostlagichi TKR ga ulangan faza rotorli asinxron motor, uning rotor chulg‘ami o‘zaro ketma-ket ulangan boshqarilmaydigan ko‘prikli to‘g‘rilagich T dan iborat to‘g‘rilagichi-invertor bloki TIB ning kirishi ulangan, drossel DR va invertor I va uning boshqarish bloklari (IBB) ga ega.
    Invertorlarning chiqishlari tarmoq kuchlanishiga ulash uchun qisqichlarga ega. Asinxron-ventilli kaskadga moment datchigi MD, birinchi nochiziqli blok NB1, δμ=deμƒ+g bu blok ko‘rinishidagi funksiyani amalga oshiradi; teskari EYuK. datchigi - EYuKD, ikkinchi nochiziqli blok NB2, bu blok φopt=aeb+s funksiyasini amalga oshiradi, oqim datchigi OD va uch kirishli summator US lar kiritilgan. MD va OD asinxron motor M bilan mexanik bog‘langan, EYuKD datchigi invertor I ning kirishiga parallel ulangan. MD va EYuKD ning chiqishlari nochizqli bloklar NB1 va NB2 larning kirishiga ulangan. Summator US ning chiqishi tiristorli rostlagich boshqarish blokining kirishiga, uning kirishi tarmoqqa ulangan.




    4.3-rasm. Energetik ko‘rsatkichlari yaxshilangan energiya tejamkor asinxron-ventilli kaskad.

    Asinxron-ventilli kaskad quyidagicha ishlaydi: RBB dan boshqarish signallari kelganda asinxron motorning stator chulg‘amiga ta’minlovchi kuchlanish beriladi. Motorning aylanish chastotasini rostlash rotor chulg‘amiga invertorning teskari E.Yu.K ni, IBB signali bo‘yicha kiritish bilan amalga oshiriladi. EYuKD dan olinadigan invertorning teskari EYuK signali ε NB2 ga keladi, unda optimal oqim signali φ opt shakllanadi. Optimal oqim signali M ning validagi nominal yuklamaga mos bo‘ladi. MD va asinxron motor yuklama momenti mos μ signali olinadi va NB1 ga keladi, bu yerda momentga tuzatish signali δμ shakllanadi. US da φ opt va DM hamda asinxron motorning oralig‘idagi φd signallar solishtiriladi. Summatorning chiqishida δ= φ+δ +φ signali yuzaga keladi. Bu signal tiristorli rostlagichning RBB ga ta’sir qiladi. TKR chiqishida kuchlanish d signali nolga (d=0) teng bo‘lmaguncha o‘zgarib turadi, bu esa real yuklamani e’tiborga olgan holda, ya’ni φo= φopt+ δμ oqimning optimal qiymatyga to‘g‘ri keladi. Elektryuritmada NB2 yordamida boshkarishning turli konunlarini masalan:stator tokining minimumi RImin buyicha,FIK ning maksimumi buyicha va energetik kursatkichning maksimumi ηmax * sosφ max buyicha boshkarish konunlarini olish mumkin.


    4
    .4 rasm. Asinxron-ventilli kaskad tizimidagi motor φopt ning ε ga(a) va δμ ning μ ga bog‘liqlik grafiklari (b).

    Umumiy holda NB2 da invertorning qo‘shimcha teskari EYuK ning nisbiy qiymati ε va motorning optimal oqimi φ opt ning nisbiy qiymati orasida o‘zaro bog‘lanishlar yig‘iladi.


    Bunda φopt = aεb + s ko‘rinishida bo‘ladi, bu yerda a,b,s — o‘zgarmas kattaliklar; Yen — invertorning teskari EYuK.; Yer — rotori tormozlangan motorning EYuK.
    Shunga o‘xshash ko‘rsatilgan qonunlar bo‘yicha NB1 yordamida momentga tuzatish δμ ning nisbiy qiymati (4.4 b-rasm) orasida o‘zaro bog‘lanishni ta’minlash mumkin.
    Bu δμ = deμƒ+g tenglamasi ko‘rinishida ko‘rsatilishi mumkin, bu yerda, d, t, g — o‘zgarmas kattaliklar.
    Nazorat uchun savollar:
    1.Asinxron-ventilli kaskadni elementlari nimalardan iborat?
    2.Asinxron motorning stator chulg‘amiga ta’minlovchi kuchlanish kanday beriladi?
    3.Motorning aylanish chastotasi kanday rostlanadi?
    4. Asinxron-ventilli kaskadni tizimidagi motorning φopt ning ε ga va δμ ning μ ga bog‘liqlik grafiklarini tushntirib bering.
    Download 1,71 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




    Download 1,71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Nazorat savollari. 1. Dvigatelni yurgizishda, revers qilishda va tormozlashda sxemani ishini tushintirib bering

    Download 1,71 Mb.