|
Genetik xilma-xillik va shaxsni identifikatsiyalash. Mundarija Kirish I bob. Genetik xilma-xillik va shaxsni identifikatsiyalash
|
bet | 1/6 | Sana | 31.05.2024 | Hajmi | 151,14 Kb. | | #258700 |
Bog'liq Genetik xilma-xillik va shaxsni identifikatsiyalash
Genetik xilma-xillik va shaxsni identifikatsiyalash.
Mundarija
Kirish……………………………………………………………………………… 3
I Bob. Genetik xilma-xillik va shaxsni identifikatsiyalash………………………6
1.1. Genetik xilma-xillik……………………………………………………...…….6
1.2. Pro- va eukariot gen elementlarining asosiy tuzilishi…………………..…….10
II Bob. Satellit DNK. o’rta meyyorda takrorlanuvchi ketma-ketliklar…..…..19
2.1. Gen elementlarining asosiy tuzilishi…………………………………….……19
2.2. Bioinformatika sohasida genetikaning yutuqlar……………………………...30
Xulosa …………………………………………………………………………….34
Foydalanilgan adabiyotlar…………………………....…………………………36
Ilovalar……………………………………………………………………………37
Ilm egallash asnosidagi eng keraksiz narsa dimog'dorlik, eng zarur narsa vaqtdir. Sh.M.Mirziyoyev.
Kirish
Genetika va genomika asoslari fanining predmeti va vazifalari. Irsiyat va o‘zgaruvchanlik qonuniyatlarining ochilishi, fanning rivojlanish tarixi. Biologiya fanlari tizimida genetikaning o‘rni. O‘zbekistonda genetik tadqiqotlarning yo‘lga qo‘yilishi va zamonaviy genetikaning rivojlanishi. Genomika tushunchasi va uning tarixi. Rekombinant DNK texnologiyasi, genom revolyutsiyasi, genomika asoslari, genomni kartalashtirish, genomni sekvenslash (nukleotid ketma-ketligini aniqlash), genomni sharhlash (genlarni aniqlash). Gen, genom, genomlar xilma-xilligi va genetik tahlil. Gen va genom haqida tushuncha. DNK strukturasi va funktsiyasi.
Genetik xilmaxillik. DNK replikatsiyasi va rekombinatsiyasining molekulyar biologiyasi. Transmission genetika. Segrigatsiya printsiplari. Genetik tahlil qilishning xillari va tahlilning ahamiyati. Turli xil organizmlardagi genlar tuzilishi O‘tgan davrda markazimiz olimlari tomonidan g‘o‘za genlari uchun dastlabki molekulyar markerlar to‘plami yaratildi va ularning xo‘jalik-qiymat belgilari bilan genetik bog‘liqlik darajasi tadqiq etildi. Bu kelgusida yurtimiz paxtachiligida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish maqsadida ekiladigan navlarning genetik bazasini kengaytirish bo‘yicha tadqiqotlarni o‘z vaqtida amalga oshirishni taqozo etmoqda. Buning samarasida qisqa muddat ichida 4-5-tipdagi tolaga ega bo‘lgan “Andijon-35” va “Mehnat” navlari negizida “Ravnaq-1” va “Ravnaq-2” navlari yaratildi. Ayni paytda sifatli (3- tipdagi) tola va yuqori hosildorligi bilan ajralib turadigan ushbu navlar davlat tomonidan sinovdan o‘tkazilmoqda. Bu nafaqat mamlakatimiz, balki butun dunyo paxta seleksiyasida MAS texnologiyasi muvaffaqiyatli qo‘llanayotganining dastlabki samarasidir. “Porloq” navlari gen injeneriyasi yutug‘i bo‘lsa, “Ravnaq” navlari gen injeneriyasi qo‘llanilmagan, foydali agronomik 23 belgilar uchun javob beradigan genom uchastkalarining aniq seleksiyasi asosidagi zamonaviy seleksiyaning namunasidir. Kurs ishing dolzarbligi: Ayni paytda markazimizda yigirmadan ortiq yangi MAS genotipi yaratildi. Ular o‘z genomlarida tola sifati, ertapisharligi, yuqori hosildorligi va viltga chidamliligi bo‘yicha paxtachilik seleksiyasida hozircha foydalanilmagan yangi genetik belgilarga ega. G‘o‘zaning ushbu yangi navlari bosqichma-bosqich takomillashtirilib, keng ko‘lamda davlat sinovidan o‘tkazish uchun taqdim etiladi. MAS navlarining joriy etilishi esa mamlakatimiz paxtachiligini barqaror rivojlantirishni ta’minlashi shubhasiz. Eng muhimi, bunday zamonaviy texnologiyalarning qishloq xo‘jaligi seleksiyasi amaliyotiga joriy etilishi dunyo miqyosida O‘zbekiston seleksiya ilm-fanining nufuzi va raqobatbardoshligini oshiradi. Ayni paytda markazda MAS texnologiyasi bug‘doy va uzum navlarini yaxshilash uchun ham qo‘llanilmoqda. Kelajakda qishloq xo‘jaligi ekinlarining gennokaut va MAS navlarini yaratish uchun yangi texnologiyalarni joriy qilish davom ettiriladi. Kurs ishing maqsadi vazifalari: Davlatimiz tomonidan bu boradagi ishlar qo‘llab-quvvatlanib, innovatsion faoliyatni yanada rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgani hamda ushbu yo‘nalishdagi ustuvor vazifalarni hal etishga qodir iste’dodli yosh olimlar yetishib chiqayotgani biotexnologik tadqiqotlarni chuqurlashtirish, qishloq xo‘jaligi fanini yuksaltirish, xalqimiz hayot darajasi va sifatini oshirish, pirovardida Vatanimiz taraqqiyotiga xizmat qiladi. Prokariot hujayralar yagona DNK genomini saqlovchi gaploid organizmlardir. Kurs ishing metadalogik asoslari: Prokariot hujayra DNKsi hamma oqsil va nuklein kislotalarni kodirlab xromosoma tarkibiga kiradi. Masalan, E.coli yagona xromosomaga ega bo‘lib, u DNK, RNK va oqsil komplekslarini o‘zida saqlaydi. DNK uzuksimon (yoki halqasimon) molekulaga ega bo‘lib, 4,6x106 juft asos yoki 4600kv (k=kilo=ming, v=base-asosni) saqlaydi. Uzuk diametri taxminan 1mm. dagi uzuksimon molekula diametri 1mkmga teng bo‘lib, DNKsi hujayrada ixcham holda joylashgan. Eukariot hujayralar prokariot hujayralaridan murakkab tuzilgan bo‘lib, diploid holda bo‘ladi. E.colidan nematodalar DNKsi taxminan 40 marta, salamandrlar DNKsi 40000 marta katta.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Genetik xilma-xillik va shaxsni identifikatsiyalash. Mundarija Kirish I bob. Genetik xilma-xillik va shaxsni identifikatsiyalash
|