• A zimut.
  • IV.Yangi mavzuni mustahkamlash
  • II.O‘tilgan mavzuni takrorlash




    Download 401.64 Kb.
    bet3/3
    Sana13.12.2023
    Hajmi401.64 Kb.
    #117652
    1   2   3
    Bog'liq
    1.“Azimut va masofani o`lchash” NDISH
    2 5271602306029194227, 1-maruza (6), EldorDB, Axborot xavfsizligi fanidan test topshiriqlari Boshqarmaga, iq test, O\'QITISH MATERIALI, 0JF32DfbXMG zvtFh216nk-yNqz06dxc (1), 1. Bir vaqtning o’zida ham syuryektiv, ham inyektiv bo’lgan aksl, elektronika 4-mustaqil ish, Biz oldingi mavzuda aytganimizdek, inson yashamog’i uchun ovqatl, 9- 5 nazorat, 07092023, 07092023, 07092023, 07092023
    II.O‘tilgan mavzuni takrorlash. Uyga vazifani so`rab baholash: a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy


    III.Yangi mavzu bayoni. Geografik xarita - insoniyatning buyuk kashfiyoti. Yer yuzi va uning turli qismlarining tabiiy sharoiti, aholisi va uning xo‘jalik faoliyati geografik xaritalarda tasvirlanadi. Sayyohlar notanish o‘lkalarda ot-ulovda yuzlab, minglab kilometr yo‘l yurganlar, qayiq va kemalarda dengiz-u okeanlarda suzganlar. Ular ko‘rgan, o‘rgangan, kashf qilgan narsalarni xaritalarga tushirishgan.
    Osmon bilan Yer tutashgan chiziq ufq deb ataladi. Sizdan ufqqacha bo‘lgan doira shakldagi tekis yer ufq tekisligi deyiladi.
    Darslikning «Quyosh, oy va yulduzlar» mavzusida ufqning 4 ta asosiy va 4 ta oraliq tomoni hamda bulardan boshqa mayda oraliq tomonlari borligi haqida aytib o‘tilgan edi. Lekin har bir joyda yo‘nalishlar juda ko‘p. Chunonchi, siz turgan joydan biror uy yoki daraxtga tomon yo‘nalish to‘ppa-to‘g‘ri shimolga emas, biroz sharqqa yoki janubi-sharqqa bo‘lsa, Siz bu yo‘nalishni qanday aniqlaysiz? Ana shunday vaqtda azimut yordam beradi.
    A zimut. Xo‘sh, azimut nima? Azimut - joydagi ikki yo‘nalish orasida hosil bo‘lgan burchak. Bu yo‘nalishlardan biri doim shimolga, ikkinchisi esa biz aniqlashimiz lozim bo‘lgan predmetga (biror da- raxtmi, quduqmi yoki uzoqda joylashgan uymi) yo‘nalgan bo‘ladi (16- rasm). Azimut kompas yordamida aniqlanadi. Rasmda daraxtga yo‘nalish azimuti 45° ga, ko‘prikga y o ‘nalish azimuti 125° ga, stadionga yo‘nalish azimuti 225° va uyga yo‘nalish azimuti 310° ga teng ekanini ko‘rasiz.
    Masofani o‘lchash. Biror joyning planini tuzayotganda masofalarni o‘lchashga to‘g ‘ri keladi. Bir-biriga yaqin turgan ikki predmet orasidagi masofani metr yoki ruletka yordamida o ‘lchash mumkin. Lekin boriladigan joygacha bo‘lgan masofani yoki tabiatdagi ikki predmet oralig‘ini qadamlab o‘lchash qulay. Masofani qadamlab o‘lchash uchun o‘z qadamingizning o‘rtacha uzunligini bilishingiz zarur. Qadamning o ‘rtacha uzunligini bilish uchun avval 100 metr(m) masofani ruletka bilan o‘lchab olish kerak.
    Keyin shu masofani odatdagicha qadamlab yurib, necha qadam ekani aniqlanadi. Aytaylik, Siz 100 m masofani 200 qadamda bosib o‘tdingiz. Endi 100 m ni 200 ga
    bo‘lasiz. 100 m - 10000 santimetr (cm). 10000 : 200 = 50 cm. Demak, Sizning har bir qadamingizning uzunligi 50 cm, y a’ni yarim metrga teng ekan. Kattaroq masofalarni o‘lchaganda qadamni juftlab hisoblash kerak. Bunda chap oyoq qadamini sanasangiz, sanoq qancha bo‘lsa, masofa shuncha metr bo‘ladi. Ikki nuqta orasidagi uzoq masofani, masalan, ikki qishloq orasidagi masofani uni bosib o‘tish uchun sarflangan vaqt orqali ham taxminan aniqlash mumkin. Bunda o ‘rtacha tezlikda qadam tashlab piyoda
    yuradigan odam bir soatda o ‘rtacha 5 kilometr y o ‘l bosib o ‘tishi mumkinligini unutmaslik lozim.
    M asofani yasam ao‘lchov g‘ildirak yordamida o ‘lchasa ham bo‘ladi. Bunday g‘ildirakni tunukadan qo‘lda yasash ham mumkin. Buning uchun qalin tunukadan diametri 32 cm qilib, doira shaklda g ‘ildirak qirqib olinadi. G‘ildirak uzunligi 1 metrli dastakka aylanadigan qilib mustahkamlanadi. Bu g‘ildirakning bir aylanishi 1 metrga
    teng. G‘ildirakning biror yeriga qattiq plyonka yopishtirib qo‘yilsa, g‘ildirak har bir to‘liq aylanganda o‘qqa tegib, ovoz chiqaradi. Siz uning yordamida g ‘ildirak necha marta aylanganini hisoblab borasiz.
    IV.Yangi mavzuni mustahkamlash. Yangi mavzuni mustahklamlash turli xil azimutni aniqlash haqidagi misollar asosida o‘tkaziladi.
    V.Uyga vazifa berish va o‘quvchilarni baholash. Shundan so‘ng o‘qituvchi uy vazifasini e’lon qiladi: Mavzuni o‘qib o‘rganib kelish yozuvsiz xaritani to‘ldirish.


    Download 401.64 Kb.
    1   2   3




    Download 401.64 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    II.O‘tilgan mavzuni takrorlash

    Download 401.64 Kb.