Gimnastikachilarni tayyorlashni boshqarish




Download 441.12 Kb.
bet6/7
Sana22.10.2023
Hajmi441.12 Kb.
#89820
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
sport gimnastikasida guruhli taktik
Oʻzbekiston tarixi Baza @Tatu1k, english (2), File, кулланма
Gimnastikachilarni tayyorlashni boshqarish
Gimnastikachilarni tayyorlash va uni boshqarishni bir-biri bilan bog‘liq qismlar deb qarash lozim. Olimpiada orasidagi to‘rt yillik davridagi gimnastikadagi natijalarni tavsiflaymiz.
Sport amaliyotida bashorat qilish uslubi - ekstropolyatsiya uslubi, ekspert baholash uslubi va modellashtirish uslubi eng ko‘p qo‘llaniladi. Bashorat qilish tufayli gimnastikachi muvoffaqiyati darajasi aniqlanadi va kuchli sportchi modeli yaratiladi.
Tayyorgarlik parametrlarini modellashtirish faqatgina kuchli gimnastikachi modelini yaratibgina qolmay, balki trenirovka yuklamalari, turli vaqt oralig‘idagi mashqlar soni, musobaqalar miqdori va boshqalar kabi eng muhim ko‘rsatgichlarni aniqlashni nazarda tutadi.
Kuchli sportchi modelini ishlab chiqish mo‘ljal sifatida katta ahamiyat kasb etadi, u bilan modelning eng yaxshi darajasiga yetish uchun zarur bo‘lgan ustalikning o‘sish tezligi aniqlanadi va shaxsiy natijalari solishtiriladi.
Gimnastikachi tayyorgarligining asosiy umumlashiruvchi ko‘rsatgichi uning musobaqa faoliyatining ballarda ifoda etilgan samaradorligi hisoblanadi.
Texnik tayyorgarlik o‘z navbatida funksional va psixologik tayyorgarlikka, morfometrik xususiyatlarga va sport stajiga bog‘liq bo‘lgan modelli tavsif bilan zich bog‘langan jismoniy tayyorgarlikning poydevoriga tayanadi. Modelli tavsif grafika ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
Mamlakat terma jamoalariga nomzodlarni saralab olish muammosi ekstraklass gimnastikachi modeli xarakteristikasiga yaqin keluvchi gimnastikachilarni qidirishga olib keladi. Aslida, sportchilar turli bosqichlarda qo‘llaydigan nazorat mashqlari va yuklamalari hamda tayyorgarlikning turli tomonlarini testlash maqsadida namuna bilan haqiqiy ko‘rsatgichlarni solishtirishga imkon beradi. Gimnastikachining yo‘nalishidagi har bir qadam va har bir bosqichiga istiqbolli saralash maqsadida model – idealchi asta-sekin yaqinlashuvchi gimnastikachining jismoniy va funksional tayyorgarligi, texnik mahorat ko‘rsatgichining ma’lum darajasiga muvofiq bo‘ladi.
Tajribali trenerlar klassifikatsion dastur bilan chegaralanib qolmaydi va o‘zining qo‘l ostidagilarining tayanch tayyorgarligini kengaytiradi. Saralash masalasini kelajakda ishlab chiqish, shubhasiz, shug‘ullanuvchilarning imkoniyatlari va yosh xususiyatlariga qarama-qarshi ta’sir etmaydigan va bir bosqichdan keyingi bosqichga o‘tishni ta’minlaydigan darajaga, gimnastikachilar tayyorgarligining muvofiqligi yoki nomuvofiqligi to‘g‘risida aniq ma’lumot beruvchi ko‘rsatkichlarni aniqlash bilan bog‘liq.
Gimnastikachilarni saralab olish konsepsiyasi to‘g‘risidagi umumiy tushunchasi “yuqoridan - pastga” dasturi “razvetka” prinsipi bo‘yicha (bosqich bo‘yicha: boshlang‘ich tayyorgarlikning tayanch elementlaridan kelajakdagi “ideal” gimnastikachining modelli mashqlarigacha) va “pastdan yuqoriga” prinsip bo‘yicha dasturni tez o‘zlashtirishga qodir bo‘lgan qobiliyatni sportchilarni izlash tizimini ifodalash mumkin. Saralash to‘g‘risida “Sport gimnastikasida saralashni tashkil qilish” ma’ruzasida ko‘proq ma’lumot berilgan.
Tayyorgarlik maqsadi ishining mazmunini belgilaydi. Tayyorgarlikning maqsadi, masalan, respublikaning terma jamoasida mas’uliyatli xalqaro musobaqalarda muvoffaqiyatli chiqishlar bilan Vatanimizning shuhrati va o‘zbek sportini g‘ururini ko‘tarishdan iborat. Sportda bu intilish Olimpiada o‘yinlarida, Jahon va Yevropa, Osiyo chempionatlarida, yirik xalqaro turnirlarda jamoa va yakka birinchiliklarda yutib chiqishdir.
Bu maqsad gimnastikachi, trener va rahbarning birgalikda jiddiy faoliyat yuritishni belgilaydi. Boshqachasiga aytganda, yuqori natijalar stoliga erishishga da’vo qilmaydigan gimnastikachining oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalarni ifoda etadi.
O‘zbekiston Respublikasi mudofaasi va xizmatiga tayyorgarlik, jismoniy barkamollikka erishish, salomatlikni mustahkamlash – shular shug‘ullanuvchi oldiga qo‘yishi mumkin bo‘lgan asosiy maqsad. Gimnastikaning yo‘lini to‘g‘ri tanlab olish uchun bashorat qilish – kelajak to‘g‘risida ilmiy asoslangan ma’lumotlar zarur. Gimnastikada birinchi navbatda ixtiyoriy mashqlar mazmunini bashorat qilish muhimdir.
Gimnastikachilarni tayyorlash tizimiga quyidagilar kiradi:
tayyorgarlik maqsadi;
natijalarni bashorat qilish;
tayyorgarlik parametrlarini modellashtirish;
tayyorgarlik bo‘yicha nomzodlarni tanlab olish;
tayyorgarlikni rejalashtirish;
tayyorgarlik dasturi;
tayyorgarlikni nazorat qilish;
tayyorgarlikni tuzatish.
O‘tganlarni tahlili gimnastikani rivojlantirish qonuniyatlarini ko‘rsatadi, aniq bashorat uchun eng qulay vaqtni belgilovchi uning hozirgi paytda va kelajakdagi holati hisobga olinadi.
Texnik faoliyatni o‘zlashtirish va harakat malakalarini shakllantirishda ixtiyorsiz harakatlarni boshqaruvchi shartli reflektor, mexanizmlar shartsiz reflekslar asosida sodir bo‘ladi. Tayyor “energiyalar” shartsiz reflekslarning mavjudligi ko‘nikma va malakalarning ixtiyorsiz shakllanishida harakat apparatini boshqarishni yengillashtiradi. Biroq, shakllanadigan texnik harakatlar va tug‘ma reflekslar orasida o‘zaro salbiy munosabatlarni ham hisobga olish lozim, ular texnik jihatdan samarali harakatlarni o‘zlashtirishga qarshilik ko‘rsatishlari va harakatdagi xatoliklarni yuzaga keltirishlari mumkin. Turmush sharoitida shakllangan malakalar shunday tormozlovchi xususiyatga egadir. Hayotiy malakalarning salbiy ta’siri har bir sport turida “oddiy” siklli yugurishdan atsiklik harakatiga ega bo‘lgan mashqlargacha uchraydi. Masalan,yugurib kelib balandlikka sakrashning oddiy hayotiy shakli oyoqning aktiv turtkisiga asoslangan. Hozir sakrashda depsinish texnikasi aktiv, reaktiv va inersiya kuchlarining o‘zaro ratsional munosabatida sodir bo‘ladi. Harakatlarni bajarish va boshqarish mexanizmlardagi bu farq o‘rgatish jarayonini murakkablashtiribgina qolmasdan, kuchlarni maksimal talab etadigan sharoitda ratsional texnik malakalarning mustahkamlanishiga chinakam to‘siq bo‘lib xizmat qiladi. Bo‘lajak davr sportchi modelini tuzishga yuqori natijaga erishish imkonini yaratadigan jismoniy sifatlar, texnik va taktik rivojlanish darajasini sarfashni ifodalashi zarur. Bunda vaqt omili, yani sportchining halqaro klass darajasiga etilishi uchun ketadigan vaqtni hisobga olish katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Texnik mahorat-sport kurashi sharoitida maksimal natijaga erishishga qaratilgan sport mashqlarining eng ratsional harakat strukturasini puxta o‘zlashtirishdan iborat. Harakatlarni o‘zlashtirish, mustahkamlash va takomillashtirishda ong juda katta ahamiyatga ega, unga hattoki ovtomatlashtirilgan harakatlar ham tobe bo‘ladi. Undan tashqari har qanday maqsadga muvofiq harakat markaziy nerv sistemasiga afferent nervlardan qayta aloqa shaklida keladigan malumotlar asosida to‘xtovsiz korreksiya qilish jarayonida shakllanadi. Shu boisdan trener harakat malakasining takomillashishini boshqarib borishdan tashqari sportchining psixikasiga tasir qila bilishi kerak. Amalda texnik mahoratni takomillashtirishning ikki asosiy xili uchraydi:
1) texnika asosan harakatning zamonaviy ratsional strukturasiga to‘g‘ri keladi va shuning bilan birga sportchi jismoniy tayyorgarligining shaxsiy xususiyatlariga mos keladi;
2)sportchi harakatining texnikasi uning funksional imkoniyatiga to‘liq mos kelmaydi va zamonaviy texnika modeliga nisbatan ozmi-ko‘pmi kamchiliklari mavjud bo‘ladi.
Shuning uchun harakat malakalarini takomillashtirish jarayoniga turlicha yondashish zarur. Birinchi holda u to‘g‘ri harakatlarning son jihatdan yanada rivojlanishiga bog‘liq; tezlik va amplitudaning ortishi, kuch impulslarining ko‘payishi, koordinatsiyaning bosh elementlarini aniqlash va ularni yaxlit harakat faoliyatining ritmi bilan o‘zaro munosabati va shuning asosida malum harakat faoliyatini shakllantirish. Ikkinchi holda harakat texnikasini takomillashtirish harakat malakasini ancha o‘rgatish va harakat strukturasining kam samarali qismlarini samaraliroq qismlarga almashtirish bilan bog‘liq bo‘ladi. Ish tajribasi va maxsus tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, harakat texnikasi kamchiliklarining asosiy sabablari trener va sportchilar texnik mahorat darajasini aniqlashning obektiv ko‘rsatkichlariga, uning takomillashib borishini kuzatish o‘lchovlariga ega bo‘lmasliklarida va, shuningdek, ijro etish texnikasining mukammal modelining aniq emasligidadir. Shuning uchun trener ham, sportchi ham harakatlarni muntazam to‘g‘rilab borish va ularning ijro etilishini kuzatib borishi uchun texnik vositalar yordamida tez malumot olish metodlariga ega bo‘lishlari shart Texnik mahorat darajasi harakat potensialidan samarali foydalanish darajasi bilan aniqlanishi kerak. Bu yerda texnik mahorat darajasi va sport natijasining o‘lchov birligiga zo‘r berish hajmi va sarf qilingan jismoniy kuch orasida nomutanosib bog‘liqlik mavjuddir. Bunda harakat samarasining mutlaq birlikdagi hajmigina emas, balki harakat potensialining tejamlik ko‘rsatkichi ham hisobga olinadi. Tejamlikning son ko‘rsatkichi qanchalik past bo‘lsa, mahorat shunchalik yuqori bo‘ladi. Shunday qilib, texnik mahoratning asosiy ko‘rsatkichi harakatlarning samaradorligi va tejamligidadir.
Harakatni bajarish uchun organizm reaktiv va tashqi kuchlardan qanchalik ko‘p foydalansa va aktiv muskul ishi qanchalik kam qo‘shilsa tana harakati shunchalik tejamli va ratsional bo‘ladi. Texnik mahoratningeng integral (analitik) ko‘rsatkichi harakat ritmidir, unga xos belgilardan malum vaqt intervallarida turli shiddatdagi zo‘r berishning ratsional navbatlanadigan fazalarning mavjudligidir. Texnik mahorat harakatlarning ishonchliligi va aniqligi bilan ifodalanadi. Turli xil harakat uyg‘unligidan tashkil topgan (yo‘nalishi, zo‘r berish darajasi va hokazolar bo‘yicha ko‘p o‘zgaruvchan) harakatlar sistemasi kam ishonchlidir. Shuning uchun siklik harakatlar atsiklik harakatlarga nisbatan ishonchliroq sistemaga ega. Texnik takomillashishning:
I. Qismlarga ajratish metodi harakat tuzilishini soddalashtirishdan iborat bo‘lib, anglab olish jarayonini osonlashtiradi, butun koordinatsiyada har bir elementning tuzilishini bilib olishga yordamlashadi. Bunda quyidagi vositalar tavsiya qilinadi: harakat shaklini o‘zlashtirish uchun immitatsiya mashqlari; o‘zlashtirilgan harakat shakllarini bajarishga qaratilgan maxsus mashqlarni zarur bo‘lgan tezlikda, malum zo‘r berish va meyorda bajarish.
II. Butunlay bajarish usuli musobaqa sharoitida nerv-muskul faoliyatining shartiga va rejimiga muvofiq yaxlit harakat malakasining shakllanishiga yordam beradi. Bu usulda quyidagilar tavsiya qilinadi: yaxlit harakatni osonlashtirilgan sharoitda bajarish, yaxlit harakat tuzulishini soddalashtirish, umumiy bajarish tezligini kamaytirish (yarim kuch bilan va h.k.) muskul zo‘r berishini engillashtirish-engillashtirilgan snaryad qo‘llash, harakat amplitudasini qisqartirish, chamalash va cheklovchi narsalardan foydalanish; yaxlit mashq sharoitini asta-sekin murakkablashtirib (tezligini, qarshilik kuchini oshirib, muhitning o‘zgaruvchan sharoitida va h. k.) bajarish; musobaqadagidek yuqori nerv qo‘zg‘alish sharoitida texnik mahoratni takomillashtirish (o‘zini jalb qila bilish, maksimal zo‘r berishni rivojlantirish va uni taqsimlay olish va h. k.). Texnik mahoratni takomillashtirishda ideomotor mashq qilishga ahamiyat berish lozim. O‘rganishda harakatlarni xayoliy ijro etish shu harakat to‘g‘risidagi tasavvur obrazini yaxshilaydi. Ideomotorni xususiyati trenirovka qildirish bo‘lib harakatlarni qayta o‘zgartirish, xatolarni tuzatish va malakalarni takomillashtirishga yordam beradi. Texnik mahoratni takomillashtirish prinsiplari. Sport mashg‘ulotida texnik mahoratni takomillashtirish jarayonini boshqarishning o‘ziga xos qonuniyat (prinsip) lari mavjud:
O‘zaro munasabatni boshqarish prinsipi. Qarama-qarshi (salbiy) va birlik (ijobiy) tendensiyalarida 2 xil o‘zaro munosabat mavjud. Masalan jismoniy sifatlar orasidagi munosabat malum darajada zidligidan bir-birining rivojlanishiga halaqit berishlari mumkin; chidamlilikning haddan tashqari rivojlanishi tezlikning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi, kuchning rivojlanishi tezlikka bardosh berish va zarur faoliyatning shakllanishiga salbiy tasir qiladi. Biroq bu sifatlar orasidan ularning mustaqil rivojlanish mosligini topish mumkin, bu esa ularning kompleks rivojlanishiga (kuch chidamligi, tezlik-kuch va boshqalar) yordam beradi. Shuningdek toshlarni otishdagi hayotiy tajriba nayza uloqtirish texnikasini egallashga salbiy tasir qiladi yoki eski texnik usullar yangi texnik usullarning hosil bo‘lishiga to‘sqilik qiladi. Yangi malakalar avvalgilaridan ustun tursa ham ayrim vaqtlari ekstremal (musobaqa) sharoitlarda eskilari yuzaga chiqishi mumkin.
Mos kelish prinsipi. Barcha vosita, metod va nagruzkalarning hajmi muayyan sport turlariga zarur bo‘lgan jismoniy sifatlarning mutanosib rivojlanish talablariga qarab tanlanishi kerak. Masalan, har jihatdan jismoniy tayyorlash barcha jismoniy sifatlarni bir xilda yuqori darajagacha rivojlanishini talab qilmasdan aniq ixtisoslashgan yo‘nalishda bo‘lishi kerak. mos kelish prinsipi organizmning nagruzkalarga bo‘lgan reaksiyasida ham muhim ahamiyatga ega. Sportchining psixologik tayyorlanishi, mashg‘ulot rejimi va musobaqadagi faoliyati orasida malum moslik bo‘lishi zarur.
Kompensatsiya (o‘rnini bosish) prinsipi. Hayvonot va inson hayotida kompensatsiya prinsipi muhim biologik o‘rinni egallaydi. Uning yordamida hayotiy zarur tomonlarning buzilishi yo‘q qilinadi va fiziologik tenglik tiklanadi. Harakat faoliyatida bu prinsip bir butun harakat sistemasida harakat elementlarining tasodifiy o‘zgarishi o‘rnini bosish va butun sistemani uning qismlari o‘zgarishiga bo‘lgan javobini boshqarish shaklida namoyon bo‘ladi. Birinchi shakli harakat strukturasining alohida qismlarida o‘zaro o‘rnini bosish samarasini taminlaydigan cheklanishlar yuzaga kelganda sodir bo‘lsa, ikkinchi shakli harakatning bir zvenosi ichida to‘liq o‘rnini bosa olmasdan, lekin bir butun harakatning samarasini pasaytira oladigan ancha harakat o‘zgarishlaridan iborat bo‘ladi. Bunday hollarda texnik jihatdan mavjud kamchiliklarning o‘rni qo‘shimcha zo‘r berishlar orqali qoplanadi. Kompensatsiyaning uyqash shakllarini individual texnika xillarining o‘zaro munosabatida, harakat sifatlarini rivojlantirishda, taktik harakatlarni tanlashda uchratish mumkin.
IV. Bosh omillar va ritmlar prinsipi. Harakat tehnikasida bosh omillar muhim ahamiyatga ega. Chunonchi jismoniy tayyorlashda bu prinsip ayrim jismoniy sifatlarning bosh ahamiyatga ega bo‘lishida ifodalanadi. O‘rta masofaga yuguruvchi uchun bosh omil chidamlilik hisoblanadi va h. k. Bosh omillarga bosh parametrlar, bosh elementlar, harakatning bosh fazalari kiradi. Harakat asosiy fazasida faqatgina bir bosh zveno o‘zgarishi harakat faoliyati strukturasini ancha o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Mashqlarni bajarish jarayonida bosh omilning ahamiyati harakatning samarali suratini belgilashga xos bo‘lgan harakat aktivligini orqali kuchaytiriladi, Harakatning samarali surati esa, koordinatsiya strukturalarining o‘zgarish hajmi va mohiyati harakatning turli qismlarida zo‘r berish tezligi va dinamikasi orqali ifodalanadi. Harakat koordinatsiyasi elementlarining har qanday kuchaytirilishi bosh elementlarning yoki elementning bosh zveno fazasining kiritilishi bilan bog‘liq. Me’yor masalasiga kelsak , uning kishi hayotini tashkil qilishda bo‘lgan ahamiyati va ishlab chiqarish unumdorligiga qanday ijobiy tasir ko‘rsatishi malumdir. Akademik N.K, Anoxin aytganidek “Bizning organizmimiz juda katta nagruzkalarga bardosh berishi mumkin. Butun masala bu ishni meyorida taqsimlanishiga bog‘liq. Agarda bu aynan suratning o‘zi bo‘lsa va eng yuqori zo‘riqish holatlari osoyishtalik vaqtlari bilan navbatlanib borilsa, zamonaning hech qanday jo‘shqin surati ham, hech qanday ruhiy kechinmalarning o‘tkirligi ham gipertoniyaga olib kela olmaydi”.Bu gaplar bevosita mashg‘ulot rejimini uyushtirishga ham taalluqlidir.
V. O‘zaro bog‘liklik prinsipi. Bu jismoniy sifatni rivojlantirishga qaratilgan har qanday mashq boshqa jimoniy sifatlarning rivojlanishiga malum o‘zgarish kiritadi, ular orasida malum son jihatdan o‘zgarish (jamg‘arish) lar vujudga keladi, ulardan samarali foydalanish malakalarini shakllantiradi. Organizmning rivojlanishidagi bunday uzluksiz o‘zaro bog‘liqlik obektiv qonuniyatdir. Yo‘naltirilgan o‘zaro bog‘liqlik mashg‘ulot jarayonining o‘zida ham bo‘lishi mumkin (jismoniy tayyorgarlik-sportchi harakat faoliyatining asosi shaklida; texnik va taktik tayyorgarlik esa jismoniy imkoniyatlardan keng foydalanish vositasi tariqasi namoyon bo‘ladi). Sportchilarni musobaqalarga tayyorlashda sportchilarning individual, yoshga xos va jinsiy xususiyatlarining nomuvofiq hisobga olinishida namoyon bo‘luvchi ko‘p yillik sport tayyorgarligidagi mavjud kamchiliklar rejalashtirish va amalga oshirishning ilmiy asoslangan tizimlarini ishlab chiqishga to‘sqinlik qiladi hamda bu muammoning turli tomonlarini chuqur va tizimli o‘rganish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Shu jihatdan bolalar va o‘smirlar sport maktablari, ixtisoslashtirilgan bolalar o‘smirlar sport maktablari, Oliy sport mahorat maktablari va sport turlari bo‘yicha federatsiyalari hamda ta’lim muassasalari (umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey, o‘rta maxsus, kasb-hunar kollejlari, oliy ta’lim muassasalar)ini darsdan tashqarida o‘tkaziladigan sport mashg‘ulotlarini yanada yaxshi yo‘lga qo‘yish hamda takomillashtirish muhim masala ekanligi e’tirof etiladi.
XULOSA
Xulosa qilib aytgandan bu esa eng avvalo sportchilarni tayyorlashda o‘quv mashg‘ulot jarayonini rejalashtirishga katta ahamiyat qaratish, olimpiya sport turlari bo‘yicha milliy terma jamoalarning asosiy va zahira tarkibidagi iqtidorli sportchilarni tanlash, sportchi va murabbiylarni moddiy ta’minotini yaxshilash, respublika va xalqaro musobaqalarda samarali ishtirok etish hamda mamlaktimiz terma jamoalarini tayyorlashda pedagogik-psxilogik, tibbiy va texnik-taktik jihatdan tayyorlashning barcha muammolarani hal etishga alohida ahamiyat berish kerak.



Download 441.12 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 441.12 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Gimnastikachilarni tayyorlashni boshqarish

Download 441.12 Kb.