|
Gipermatnlarni belgilash dasturiy tili htmlBog'liq Mamasoliyeva Muharramxon Abdujalil qizi часть
2
«
Научный импульс
»
Декабрь
, 2022
1359
xarakatini amalga oshirishi, ranglarni estetik jixatdan to’gri va chiroyli tanlashi, psixologik
jixatlarga xam biroz e’tibor berishi kerak bo’ladi. Gipermatnlarni belgilash dasturiy tili (yoki
HTML tili)da bir qancha maxsus nomlar va yangi terminlar bo’lib, ularni qisqacha
tushuntirib o’tish maqsadga muvofiqdir. Element (element) HTML tilining tuzilmasi bo’lib,
xar qanday Web- saxifa shunday elementlar to’plamidan iboratdir. Gipermatn tashkil
qilishning asosiy g’oyasi elementlarning bir biriga bog’liqligini ta’minlab berishdir. Tega
(tag) elementning boshlang’ich va oxirgi belgilaridir (yoki markerlari). Tegalar turli xil
elementlarning ta’sir qilish chegaralarini aniqlab, bir elementni boshqalaridan ajratib
turadi. Websaxifa matnida tegalar burchakli qavslar ( < va > ) orasiga olinadilar va oxirgi
tega doimo qiyshiq chiziq (/) bilan belgilanadi. Atribut (attribute) elementning parametri
yoki ko’rsatgichi bo’lib, u standart nomga ega bo’lgan o’zgaruvchidir. Demak, unga standart
yoki istalgan turdagi qiymatlar berilishi mumkin. Atributlarning simvolli qiymatlari
ko’pchilik xolatlarda qavslar orasiga olinishi kerak bo’ladi. Atributlar boshlang’ich tegalar
ichida joylashgan bo’lib, bir birlari bilan probellar (bo’sh joylar) orqali ajratilgan bo’ladilar.
Giperilova (Hypertext) ajratilgan matn bo’lagi bo’lib, u boshqa fayl yoki ob’ektga
ko’rsatgich sifatida xizmat qiladi. Giperilovalar bir xujjatdan boshqasiga o’tish imkoniyatini
yaratib beradilar. Freym (frame) ushbu termin ikki xil ma’noga ega. Birinchi ma’nosi matnni
yuqoriga-pastga yoki chapga-o’ngga surish elementlariga ega bo’lgan xujjat maydonini
bildirsa, ikkinchi ma’nosi murakkab (animatsion) grafik fayldagi birorta tasvirni anglatadi.
Ba’zi paytlarda freym so’zi o’rniga “kadr” yoki “ramka” so’zlari xam ishlatilishi mumkin.
HTML fayl yoki HTML saxifa - HTML dasturiy tili asosida xosil qilingan gipermatnli xujjatni
anglatadi. Bunday fayllar ko’pincha .htm yoki .html kengaytirgichli ko’rinishda bo’ladi.
Gipermatn taxrirlagichlarida va brouzerlarda bunday fayllar “xujjat” degan umumiy nom
bilan ataladilar. Applet (applet) mijoz kompyuteriga aloxida fayl sifatida uzatiladigan
dasturdir va u Websaxifani ko’rish jarayonida ishga tushiriladi. Skript yoki stsenariy (script)
Websaxifa tarkibiga uning imkoniyatlarini oshirish maqsadida kiritiladigan maxsus dastur
bo’lib, ko’pincha Web- brouzer unga duch kelganda”Saxifada stsenariylarni bajarishga
imkon berilsinmi?” degan savolni beradi. Bunda u skriptlarni nazarda tutadi. Kengaytirgich
(extension) - HTML dasturiy tili tarkibiga kirmaydigan, ammo yangi formatlashtirish
effektini xosil qilishga imkoniyat beradigan element. CGI (Common Gateway Interface) –
Serverda ishlab turgan xolatda Websaxifalarning imkoniyatlarni oshirishga imkon
beradigan dasturlar to’plamining umumiy nomi. Masalan, ushbu turga mansub dasturlar
yordamisiz interaktiv saxifalarning yaratilishi mumkin bo’lmaydi. Programma kodi yoki kod
deb “dastur matni” tushunchasiga aytiladi. HTML kodi uning barcha elementlari va
atributlari ko’ringan xolatda gipermatnli xujjatni namoyon qiladi. World Wide Web, WWW
yoki Web tushunchasi internetda mavjud bo’lgan dunyoviy aloqa tizimi bo’lib, uning
yordamida internet tizimidagi gipermatnlarga kirishni amalga oshirish mumkin.
HTML dasturiy tili esa WWW da xujjatlar xosil qilishning asosiy tili bo’lib xizmat qiladi.
Uni o’rganayotib biz xam WWW xaqida bir qancha bilimlar majmuini olamiz. Sayt yoki
Web-sayt (site) bir insonga yoki tashkilotga tegishli Websaxifalar to’plamidir. Brouzer
Международныйнаучныйжурнал
№
5
(100),
|
| |