Международныйнаучныйжурнал
№
5
(100),
часть
2
«
Научный
импульс
»
Декабрь
, 2022
1358
GIPERMATNLARNI BELGILASH DASTURIY TILI – HTML
Mamasoliyeva Muharramxon Abdujalil qizi
Andijon Davlat pedagogika instituti
Aniq va tabiiy fanlar fakulteti
Matematika va informatika yoʻnalishi
2-kurs talabasi
Xusanboyev Muhammadqodir Xusanboy o'g'li
Islom Karimov nomidagi
Toshkent Davlat Texnika Universiteti
Qo'qon filiali Elektronika va elektr texnikasi fakulteti
elektronika va asbobsozlik yo'nalishi talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada gipermatnlarni belgilash dasturiy tili – HTML haqida
to'liq tavsif berilgan va dasturning boshqa dasturlarga nisbatan yaxshiroq ishlashi va
dizayn, taxrirlash va boshqa amallarni bajarishda sifatli ekanligi aytib o'tilgan.
Kalit so'zlar:
Gipermatn, Web-brouzerlar, informatsion, kompyuterlar, Giperilovalar,
Freym, murakkab effektlarni, HTML dasturiy tili.
Gipermatnlarni belgilash dasturiy tili (HTML – Hyper Text Markup Language)
gipermatnli xujjatlarni xilma xil usullar
yordamida xosil qilishni, ular dizaynini amalga
oshirishni, gipermatn taxrirchilarini, brouzerlar bilan ishlashni tashkil qilishni va boshqa bir
qancha imkoniyatlarni o’z ichiga oladi. Ushbu tilda ishlashni yaxshi o’zlashtirib olgan inson
sayt yaratish jarayonidagi xilma xil turdagi amallarni tez va osonlik bilan bajarish
imkoniyatiga erishadi. Gipermatn an’anaviy xujjatlarga multimedia
elementlarini osonlik
bilan qo’shishga imkon beradi. Xilma xil soxalar va fanlarga bag’ishlangan multimediali
dasturiy maxsulotlar HTMLsaxifalari to’plami shaklida tashkil qilingan bo’lib, maxsus
dasturiy tillarni
ishlatishni talab qilmaydilar, chunki ma’lumotlar bilan ishlashga imkon
beruvchi turli dasturlar (masalan, Web-brouzerlar) ko’pchilik xususiy kompyuterlar
standart dasturiy ta’minotining tarkibiy qismi sifatida mavjuddir. Demak, bunday sharoitda
foydalanuvchidan faqat ishlab chiqarilayotgan informatsion maxsulot mavzusi bilan bog’liq
ishnigina bajarish talab qilinadi xolos, ya’ni matnlar tayyorlash, rasmlar topish yoki chizish,
HTML-saxifalar xosil qilish xamda saxifalararo aloqalar qanday bo’lishini
aniqlash tegishli
informatsion maxsulotni ishlab chiqish uchun etarli bo’ladi. Xozirgi paytda gipermatnlarni
belgilash dasturiy tili yoki HTML internetda yaratilayotgan barcha informatsion
maxsulotlarning asosi desak, uncha yanglishmagan bo’lar edik.
Undan tashqari HTML
dasturiy tili Web- saxifalar yaratishning asosi sifatida tasviriy san’atning yangi turi Web-
dizaynga bevosita aloqadordir. Internetdagi dizaynerga rasm va tasvirlar tayyorlashning o’zi
ishning tugallanishini anglatmaydi, u yana bu informatsion
maxsulotlarni tarmoqqa
joylashtirishi, Web- saxifalar orasida aloqalar o’rnatishi, matn, tasvir va rasmlarning