|
Xalqaro mehnat taqsimoti – jahon iqtisodiyoti globallashuvining asosi sifatida
|
bet | 4/8 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 84,3 Kb. | | #250538 |
Bog'liq Global iqtisodiy rivojlanishXalqaro mehnat taqsimoti – jahon iqtisodiyoti globallashuvining asosi sifatida
Milliy iqtisodiyotning yaxlit bir jahon xo‘jaligiga birlashishi, shuniningdek xalqaro iqtisodiy munosabatlarning mazmunini ko’rsatuvchi asosiy ko‗rsatkichlardan biri xalqaro mehnat taqsimotidir. Mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishida u yoki bu jihatlari bilan birga xalqaro mehnat taqsimoti (XMT) katta ahamiyatga ega. Uning chuqurlashuvi esa-ilmiytexnikaviy inqilobning (ITI) ta‘siri ostida bo’lgan ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishidan kelib chiqadi. Xalqaro mehnat taqsimoti to’g’risidagi qarashlar konsepsiyasi XVIII asrning oxiri va XIX asr boshlarida yashab o’tgan ingliz klassik ta‘limotchilari A. Smit va D. Rikardo ishlarida asoslanib, rivojlantirilgan edi. A. Smit ―Xalqlar boyligining tabiati va sabablari‖ kitobida (1776 y.) xalqaro mehnat taqsimoti nazariyasini tahlil qilib, savdo va tadbirkorlikda erkinlik zarurligini isbotlagan. Uning fikricha, savdo erkinligida ro’y berayotgan turli to’siqlar butun bir davlatlar o’rtasida ro’y berayotgan xalqaro mehnat taqsimoti chuqurlashuviga xalaqit beradi. To’iqlarning tugatilishi va xalqaro almashuv maydonlarining kengayishi natijasida milliy iqtisodiyotning ixtisoslashuvi va o’zaro bog’liqligi kengayishi, umumjahon xo’jaligi yuzaga kelishi ro’y beradi. A. Smit keyinchalik o’zining juda mashxur bo’lgan erkin savdo shiorini olg’a surgan edi. Uning konsepsiyasini esa keyinchalik ingliz iqtisodchilari D. Rikardo, R. Torrens va Jon Styuart Mill rivojlantirdi. Ushbu klassiklarning xalqaro mehnat taqsimoti to’g’risidagi ilmiy nazariyasiiing asosiy yutuqlarini biz ishlab chiqarishning nisbiy xarajatlar nazariyasida ko’ramiz. Bu nazariya xalqaro savdo to’g’risidagi iqtisodiy ta‘limotning ―klassik asosi hisoblanadi. Jahon iqtisodiyotida xalqaro mehnat taqsimotining rivojlanishiga qanday omillar ta‘sir qiladi. Birinchidan, ishlab chiqarish unumdorligini oshirish, ikkinchidan, ishlab chiqarishda samaradorlikni ko’tarish, uchinchidan, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga intilish zarurati kabi omillar ta‘sir qiladi. Jahon iqtisodiyotida xalqaro mehnat taqsimoti rivojlanishining asosiy yo‘nalishi – ixtisoslashuv va ishlab chiqarish kooperatsiyasi bilan chambarchas bog’liq. Xalqaro kooperatsiya va xalqaro ixtisoslashuv xalqaro mehnat taqsimotining asosiy shakllari hisoblanadi. Turli davlatlardagi korxonalarning ma‘lum bir tovarlarni chiqarishga ixtisoslashuvi zamonaviy ilmiy-texnika inqilobiga chambarchas bog’liq. Jahon iqtisodiyotida xalqaro ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi ikkita yo’nalish (ishlab chiqarish va hududiy yo’nalish) bo’yicha rivojlanib boradi, o’z navbatida ishlab chiqarish yo’nalishi: a) sohalararo; b) davlatlararo; v) alohida korxonalarning ixtisoslashuviga bo’linadi. Xalqaro mehnat taqsimotining boshqa bir shakli – xalqaro ishlab chiqarish kooperatsiyasidir. Uning ob‘ektiv asosi, ishlab chiqarish rivojlanishining o’sib borayotgan darajasi hamda mamlakat tashqarisida ro’y berishidan qat‘iy nazar, mustaqil korxonalar o’rtasida ro’y berayotgan barqaror ishlab chiqarishdagi aloqalar jarayoni hisoblanadi. Ishlab chiqarish kooperatsiyasi ma‘lum bir munosabatlar tizimi sifatida xizmat ko’rsatayotgan faoliyatning sohasi va hamkorlikning usuli hisoblanadi. Xalqaro ishlab chiqarish kooperatsiyasi o’zining rivojlangan shakllarida hamkorlikning turli sohalarini qamrab olgan bo’lib, ular quyidagilardan iborat. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Savdo va taraqqiyot bo’yicha konferensiyasi (YUNKTAD) ma‘lumotlariga qaraganda, global qo’shilgan qiymat zanjirlari (GQQZ) xalqaro mehnat taqsimotida borgan sari rivojlanib bormoqda. Jahon iqtisodiyotida korxonalarning GQQZga ulanishini nazarda tutuvchi jarayonlarini jadallashtirish katta ahamiyatga ega bo’lmoqda. Hozirga kelib, xalqaro savdoning 80 foizi GQQZ orqali amalga oshirilib, mazkur jarayonda transmilliy korporatsiyalar yetakchi rol o’ynamoqda.
Jahon iqtisodiyotini uning tarkibiy qismlari yoki asosiy qatnashchilari – sub‘ektlaridan iborat mexanizm ko’rinishida ifodalash mumkin. Ushbu sub‘ektlarning asosiylari milliy iqtisodiyotlar, transmilliy korporatsiyalar (TMK), transmilliy banklar (TMB), integratsion birlashmalar, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar hisoblanadi. Milliy iqtisodiyotlar jahon iqtisodiyotining asosiy sub‘ekti sanaladi. Milliy iqtisodiyotlarga xos asosiy xususiyat shundaki, dunyoning aksariyat mamlakatlari iqtisodiy suverenitetni saqlab kelishmoqda. Globallashuv jarayoni tufayli tashqi bosimning kuchayishiga qaramasdan, mamlakatlarda eng muhim iqtisodiy qarorlar tashqaridan emas, balki milliy hukumatlar tomonidan qabul qilinmoqda. Shuning uchun ham jahon iqtisodiyotini tahlil etishda sanoat jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlarda mavjud iqtisodiy rivojlanish tendensiyalariga tayanish lozim. Ba‘zi integratsion birlashmalarda iqtisodiy suverenitet qarorlar qabul qilishning umumiy mexanizmi bilan uyg’unlashib ketmoqda. Oxirgi o’n yilliklarda TMKlar darajasi ko’tarildi va butun dunyo ularning faoliyat (savdo, sanoat, moliya) yuritish maydoniga aylandi. Natijada TMKlar global iqtisodiyotining muhim mustaqil tarkibiy qismiga aylanishdi va ular hissasiga jahon yalpi ichki mahsulotining 1/5—1/4 qismi to’g’ri kelmoqda. TMKlarning aksariyat qismi o’z mamlakatlari ichki bozori uchun ishlashiga qaramasdan, globallashuv jarayonining harakatlantiruvchi kuchi hisoblashadi. Globallashuv jahonni yagona bozorga aylantirish vositasi sifatida TMKlar uchun manfaatli hisoblanadi, chunki ular ushbu bozorda eng kuchli xo’jalik sub‘ektlari sanaladi. Shu bilan birga, TMKlarning manfaatlari doimo milliy iqtisodiyot manfaatlari bilan mos kelavermaydi. Shunga qaramasdan, globallashuv jarayonining chuqurlashuvi natijasida TMKlarning jahon iqtisodiyotidagi o’rni va jahon xo’jaligining boshqa sub‘ektlariga ta‘siri ortib bormoqda. Transmilliy banklar (TMB) hozirgi davrga kelib katta moliyaviy salohiyatga va bank xizmatlari bozorida yetakchi universal tijorat banklariga aylanishdi va TMKlar bilan birga jahon iqtisodiyotining asosiy sub‘ektlariga aylandi. Ular jahon moliya bozorlarida yetakchi mavqeyiga va murakkab va samarali boshqaruv tizimiga ega bo’lib, dunyoning bir nechta mamlakatlarida faoliyat yuritadi. A.Bulatovning fikriga ko’ra, tashqi iqtisodiy faoliyat transmilliy banklarning muhim yo’nalishiga aylandi. Masalan, 1960 yilda faqat 8 ta AQSH banki xorijiy davlatlarda o’z filiallariga ega bo’lgan bo’lsa, XX asrning 90-yillarining oxiriga kelib, ularning soni 100 tadan oshdi. AQSH, Germaniya va Yaponiyaning yirik tijorat banklari turli mamlakatlardagi ko’p sonli korporativ mijozlarga moliyaviy xizmatlar ko’rsatish hajmini tobora oshirmoqdalar. XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab moliya bozorlarining globallashuv jarayoni kuchaydi. Bu holat moliyaviy oqimlarning universallashuvida, moliyaviy hamkorlikning yagona tamoyillarini ishlab chiqilishi va qabul qilinishida, moliya mexanizmlari va instrumentlarining unifikatsiyalashuvida namoyon bo’ldi. Transmilliy banklar xo’jalik yurituvchi sub‘ektlarga xilma-xil moliyaviy xizmatlar ko’rsatadi. Lekin shu bilan birga, transmilliy banklar tomonidan ko’rsatiladigan moliyaviy xizmatlar ichida quyidagi xizmatlar yuqori salmoqni egallaydi:
– yevrovalyuta bozorlari va xorijiy bozorlardan depozitlar jalb qilish;
– xorijiy valyutalar bilan xalqaro diling operatsiyalarini amalga oshirish;
– boshqa banklarga kreditlar berish;
– nodir metallar bilan operatsiyalarni amalga oshirish;
– xalqaro savdoni moliyalashtirish bo’yicha xizmatlar ko’rsatish;
– qimmatli qog’ozlar bilan bog’liq bo’lgan xalqaro investitsion bank xizmatlarini ko’rsatish;
– kompaniyalarga muddatli kreditlar berish;
– trast xizmatlarini ko’rsatish.
TMBlarining kredit operatsiyalariga xos bo’lgan quyidagi xususiyatlarni e‘tirof etish mumkin: birinchidan, transmilliy korporatsiyalar faoliyatining rivojlanishi yirik miqdordagi moliyaviy resurslarni talab qiladi, bu mablag’larni esa, faqat TMB bera oladi; ikkinchidan, TMB diversifikatsiyalashgan depozit bazasiga ega bo’lganliklari sababli uzoq muddatli kapital quyilmalarni amalga oshirish imkoniyatiga egadir. TMB faoliyatining yo’nalishlari, ularning mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishida tutgan o’rni, xalqaro moliya operatsiyalarini rivojlantirishdagi roli ular aktivlarining tarkibi va dinamikasida namoyon bo’ladi. Dunyoning ayrim yirik transmilliy banklari aktivlarining tarkibida kreditlar, salmog’iga ko’ra birinchi o’rinni egallaydi. Banklarning aktivlari tarkibida salmog’iga ko’ra ikkinchi o’rinni qimmatli qog’ozlarga qilingan investitsiyalar egallaydi. Bu esa, ularning fond birjalaridagi faoliyati ko’lamining kengayayotganligidan dalolat beradi. TMB faoliyatining rivojlanishi bevosita ularni yetarli darajada resurs bazasi bilan ta‘minlanganligiga bog’liq. TMB va TMKlar faoliyati natijasida aksariyat mamlakatlar iqtisodiyoti o’zaro birlashib, xalqaro hududiy iqtisodiy birlashmalarni tashkil etmoqda. Ushbu birlashmalar jahon xo’jaligining muhim mexanizmiga aylandi, ba‘zilari, jumladan Yevropa Ittifoqi (YI) tashqi dunyoda o’z a‘zolari nomidan faoliyat olib bormoqda. Ammo ko’pchilik mintaqaviy integratsion birlashmalar (YI va Shimoliy Amerika Erkin savdo assotsiatsiyasidan (NAFTA) tashqari) o’z a‘zolari milliy iqtisodiyotiga kuchli ta‘sir ko’rsatmaydi. Hozircha xalqaro iqtisodiy integratsiya jahonning nisbatan rivojlangan hududlarida muvaffaqiyatli amalga oshmoqda, boshqa hududlarda esa ushbu jarayon ularning rivojlanish darajasining ortishi bilan chuqurlashib boradi. Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning soni va ahamiyati tubdan oshdi. Ushbu tashkilotlarda jahon iqtisodiyotidagi ulushi katta mamlakatlar hal qiluvchi rolga ega. Ayrim hollarda, boshqa mamlakatlar tovarlar, xizmatlar, kapital va texnologiya jihatdan qayd etib o’tilgan mamlakatlarga bog’liqligi sababli xalqaro tashkilotlarda ularning fikrini qabul qilishga majbur bo’lmoqda. Shu bilan bir vaqtda, globallashuv jarayoni milliy iqtisodiyotlar o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikning kuchayishiga olib kelmoqda. Shu sababli milliy iqtisodiyotlarning xalqaro tashkilotlarga a‘zo bo’lishga intilishi kuchayib bormoqda va ushbu tashkilotlarga a‘zolik ko’plab iqtisodiy muammolarni ko’p tomonlama kelishuvlar asosida hal etish imkonini beradi. Natijada xalqaro tashkilotlar jahon iqtisodiyotining (avvalo, rivojlanayotgan kichik va o’rta mamlakatlarga nisbatan) kuchli sub‘ektlariga aylanib bormoqda. Xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning muhim vazifalaridan biri global iqtisodiyotining rivojlanishi to’g’risida statistik tahlillar, hisobotlar tayyorlashdan iborat. Amaliyotda Xalqaro valyuta jamg’armasi (XVJ), Umumjahon banki guruhi, YUNKTAD, Umumjahon savdo tashkiloti va boshqa tashkilotlarning nashrlaridan keng foydalaniladi.
XX asrning oxiri va XXI asr boshida jahon iqtisodiyoti rivoj- lanishining asosiy jarayonlaridan biri progressiv globallashuv, ya’ni iqtisodiy hayotning baynalmilallashuv jarayonidagi sifat jihatidan yangi bosqichdir.
Globallashuv jarayonlarining oqibatlari to‘g‘risidagi turli nuqtai nazarlar mavjud bo‘lib, ularning ayrimlari jahon iqtisodiy tizimiga jiddiy tahdid solmoqda, boshqalari esa keyingi iqtisodiy taraqqiyot uchun vosita bo‘lmoqda. Globallashuvning oqibatlari ijobiy yoki salbiy bo‘lishi noaniq, ammo, vaziyat shundayki, uning muqobili yo‘q. Shuning uchun asosiy e’tiborni ushbu jarayonlar keltiradigan xavf- xatarlar (tahdidlar) hamda globallashuv jarayonida yuzaga keladigan imkoniyatlar va foydalarni o‘rganishga qaratish zarur. Sababi globballashuv bir jihatdan katta xavf-xatar bo‘lishi bilan birga ikkinchi tarafdan keng imkoniyatlar hamdir. Muhimi to‘g‘ri harakatlanish orqali jarayonni o‘z foydasiga hal qilishdir.
Buning uchun eng avvalo, “globallashuv”, “iqtisodiy hayotning baynalmilallashuvi”, “xalqaro iqtisodiy hamkorlik”, “xalqaro iqtisodiy integratsiya” tushunchalari o‘rtasidagi munosabatlarni aniqlash zarur. Globallashuv jarayonining mohiyati, uning shart-sharoitlari, o‘ziga xos ko‘rinishlari, uning ijobiy hamda salbiy oqibatlariga aniqlik kiritish muammolarini hal qilish to‘g‘ri yondashuvni shakllantirishga asos bo‘ladi.
Xalqaro ishlab chiqarish hamkorligi, umuman, xalqaro mehnat taqsimoti, tashqi savdo va xalqaro iqtisodiy munosabatlarning rivoj- lanishi natijasida milliy iqtisodiyotlarning bir-biri bilan o‘zaro bog‘liqligi ortib boradi. Sababi tashqi omillarni hisobga olmasdan iqtisodiy rivojlanishga erishish mumkin emas. Bu hodisa iqtisodiy hayotning baynalmilallashuvi deb ataladi. Bu tushunchaning umumiy ta’rifi quyidagicha: “Xo‘jalik faoliyatining baynalmilallashuvi alohida mamlakatlar iqtisodiyotidagi munosabatlar va o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash, xalqaro iqtisodiy munosabatlarning milliy iqtiso- diyotlarga ta’siri va mamlakatlarning jahon iqtisodiyotida ishtirok etish darajasi va holatidir”.
Globallashuv jarayoni o‘zi rivojlanish taraqqiyotida bir necha bosqichlarni bosib o‘tdi. Dastlab u xalqaro iqtisodiy hamkorlik sifatida qaralgan: u, birinchi navbatda, muomala madaniyati sohasiga ta’sir ko‘rsatdi. Bu esa xalqaro savdoning paydo bo‘lishi (XVIII asr oxiri – XX asr boshlari) bilan bog‘liq edi. XIX asr oxiriga kelib kapitalning xalqaro harakati yanada mustahkamlanib bordi, munosabatlar kengayib, iqtisodiy hamkorlik avj oldi.
Xalqaro iqtisodiy hamkorlik mamlakatlar va xalqlar o‘rtasida barqaror iqtisodiy aloqalar o‘rnatish, reproduktiv jarayonni milliy chegaralardan tashqarida ham rivojlantirish demakdir.
Keyingi bosqich xalqaro iqtisodiy integratsiya bo‘lib, xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, kapitalning baynalmilallashuvi, ilmiy-texnologik taraqqiyotning globallashuvi va milliy iqtisodiyot- larning ochiqligi va savdo erkinligining oshishi bilan uzviy bog‘lan- gan. Shu o‘rinda integratsiya so‘ziga izoh berib o‘tadigan bo‘lsak, integratsiya (lotincha integratio) – alohida qismlarning umumiy, bir butun, bir butunlikka bog‘lanishini bildiradi.
Xalqaro iqtisodiy integratsiya milliy iqtisodiyotlarning yaqinla- shuvi va o‘zaro moslashuvi, ularning xalqaro miqyosda takror ishlab chiqarish jarayoniga qo‘shilishidir. Xalqaro iqtisodiy integratsiyani alohida milliy iqtisodiyotlar o‘rtasidagi mehnat taqsimotiga asoslangan iqtisodiy birlashuvi jarayoni, chuqur va barqaror munosabatlarni rivojlantirish orqali turli shakl va darajadagi o‘z iqtisodiyotlarini boshqalarga nisbatan baholashlari deb ta’riflash mumkin.
Xalqaro iqtisodiy integratsiya jahon xo‘jaligi rivojida ancha yuqori, samarali va istiqbolli bosqich, iqtisodiy munosabatlarni baynal- milallashtirishda sifat jihatidan yangi va murakkab bosqich hisob- lanadi. Bu bosqich nafaqat milliy iqtisodiyotlarni bir-biriga yaqinlash- tiradi, balki iqtisodiy muammolarni birgalikda hal etishni ham ko‘zda tutadi. Binobarin, iqtisodiy integratsiyani mamlakatlar o‘rtasidagio‘zaro iqtisodiy munosabatlar jarayoni sifatida baholash mumkin. U iqtisodiy mexanizmlarning yaqinlashishiga olib keladi, davlatlararo bitimlar maqomini oladi, uning shartlari davlatlararo tashkilotlar tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Iqtisodiy integratsiya quyidagilarda o‘z ifodasini topadi:
turli mamlakatlar milliy xo‘jaliklari o‘rtasidagi hamkorlik (ularni to‘liq yoki qisman birlashtirish);
Dunyo mamlakatlari o‘rtasida tovarlar, xizmatlar, kapital va mehnat harakati sohasida mavjud to‘siqlarni bartaraf etish;
yagona umumiy bozorni shakllantirish uchun alohida mamla- katlarning har biri bozorlarining yaqinlashuvini ta’minlash;
hamkorlikka kirishgan agentlar o‘rtasidagi farqlarning yirikla- shishi;
milliy iqtisodiyotlarning har birida xorijiy hamkorlarga nisbatan hech qanday kamsitish shaklining yo‘qligi va boshqalar.
Iqtisodiy integratsiya jarayonlari ikki tomonlama – mintaqaviy yoki global asosda kechadi. Hozirgi davrda integratsion birlash- malarning xarakterli xususiyati ularning mintaqaviy darajada rivojlan- ganligidir: umumiy va davlatlararo boshqaruv tizimlariga ega bo‘lgan integral mintaqaviy iqtisodiy majmualarga endilikda asos solinmoqda.
Hozirgi bosqichda barcha xalqaro munosabatlar tizimida chuqur o‘zgarishlar yuz bermoqda. Bu esa globallashuvning muhim xusu- siyatlaridan biri bo‘lib, iqtisodiy integratsiya va globallashuvga olib keluvchi o‘zaro bog‘langan jarayonlar zanjirini quyidagicha ifodalash mumkin Globallashuv zamonaviy jahon boshqaruv tizimining eng muhim xususiyatiga – sayyoramizning rivojlanish yo‘lini belgilab beruvchi eng nufuzli kuchlardan biriga aylandi. Globallashuvning hukmronlik nuqtai nazariga ko‘ra, jamiyatda hech qanday harakat, hech qanday jarayon (iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ijtimoiy va boshqalar)ni to‘liq cheklangan deb hisoblash mumkin emas. Xalqaro munosabatlarning globallashuvi bu – ijtimoiy hayot va xalqaro munosabatlar sohasidagi turli faoliyat sohalarida o‘zaro bog‘liqlik va o‘zaro ta’sirning ortishi- dir. U ijtimoiy hayotning deyarli barcha sohalariga, jumladan, iqtiso- diyot, siyosat, mafkura, ijtimoiy soha, madaniyat, ekologiya, xavfsiz- lik, turmush tarzi va inson mavjudligining jamiki shart-sharoitlariga ta’sir ko‘rsatadi.
“Globallashuv” tushunchasi so‘nggi paytlarda iqtisodiy adabiyot- larda keng tarqalgan bo‘lsa-da, u hali ham konseptual xarakterga ega bo‘lgan amaliy jihatdan ro‘y berishi aniq bo‘lgan uzoq yo‘ldir.
Globallashuv jarayonining iqtisodiy munosabatlardagi o‘ziga xos ko‘rinishi quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
ishlab chiqarishning baynalmilallashuvi (bunda dunyoning ko‘plab mamlakatlaridan ishlab chiqaruvchilarning yakuniy mahsu- lotni yaratishda turli shakl va bosqichlarda ishtirok etishlari kuzatiladi;
mamlakatlar o‘rtasida, birinchi navbatda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya shaklida (tashqi savdo va ishlab chiqarish tezroq o‘sib borayotgan xorijiy mamlakatlardagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar hajmi bilan) xalqaro kapital oqimlarining o‘sishi hisobiga kapitalning baynalmilallashuvini chuqurlashtirish va shu asosda dunyo fond bozorining baynalmilallashuvi;
integral ishlab chiqarish va iste’mol tizimlarida iqtisodiy birliklarni bog‘lovchi ishlab chiqarish vositalari va ilmiy-texnik, texnologik bilimlar almashinuvi, shuningdek, xalqaro ixtisoslashuv va hamkorlik shaklida ishlab chiqarish kuchlarining globallashuvi hamda ishlab chiqarish hamkorligi, ishlab chiqarish resurslarining xalqaro harakati;
xalqaro hamkorlikni ta’minlovchi global material, axborot, tashkiliy va iqtisodiy infratuzilmani shakllantirish;
xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi asosida birjalarning baynalmilallashuvini mustahkamlash, mujassamlashgan tovarlar bo‘yicha xalqaro savdo miqyosini kengaytirish va sifatini oshirish;
xalqaro mehnat migratsiyasining oshishi;
- ishlab chiqarish va iste’molning atrof-muhitga ta’sirida baynal- milallashuvning ortishi.
|
| |